• Moliyaviy dasturlar guruhi
  • Tahliliy tadqiqotlar
  • Tizimli dasturiy ta’minot tushunchasi
  • TARMOQ OPERATSION TIZIMI. — YORDAMCHI(XIZMAT KO‘RSATUVCHI) DASTURIY TA’MINOTGA
  • Alomatlarni bilib olish dasturlari




    Download 3,49 Mb.
    bet23/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Alomatlarni bilib olish dasturlari — bu, alomatlar kodlaridagi harflar va raqamlarning grafik tasvirlarini tarjima qilish uchun mo‘ljal-langan. U skaner bilan birgalikda ishlatiladi.
    Ushbu turdagi paketlar odatda foydalanuvchining ishini yengillashti-ruvchi va bilib olish ehtimolini oshiruvchi turli vositalarni o‘z ichiga oladi.
    Moliyaviy dasturlar guruhi har xil paketlar bilan taqdim etilgan: yozuv daftarchasi va moliyaviy operatsiyalar yozuvi (pul mablag‘larining balansi, zayomlar va kreditlar bo‘yicha foizli to‘lovlarni aniqlash, pul kiritmalarining vaqtincha tuzilmalari va h. k.) ko‘rinishidagi ishga doir yozuvlarni olib borish uchun.
    Tahliliy tadqiqotlar uchun o‘zini yaxshi tavsiya etgan StatGraphics, Systat va «Statistik-Konsultant» statistika paketlaridan foydalaniladi. Ammo tijorat firmalarida bu paketlarni tadbiq etilishi tegishli yuksak tayyorlangan mutaxassislar yo‘qligi, paketlarning yuqori narxlari va eng oddiy, ammo eng ko‘p foydalaniladigan statistik hisoblashlarni o‘tka­zish mumkin bo‘lgan jadvalli protsessorlarning keng tadbiq etilishi tufayli to‘xtab qolmoqda.



    1. Tizimli dasturiy ta’minot tushunchasi

    Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
    — kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
    — kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
    Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
    ASOSIY DASTURIY TA’MINOT (BASE SOFTWARE) — bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
    Ularga quyidagilar kiradi:
    OPERATSION TIZIM (OT);
    TARMOQ OPERATSION TIZIMI.
    YORDAMCHI(XIZMAT KO‘RSATUVCHI) DASTURIY TA’MINOTGA asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashhis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
    Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.

    Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli dasturiy ta’minot apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida komp’yuterning bir qismi deb hisoblaydilar.
    Tizimli dastur ta’minoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
    1. Operatsion tizimlar

    • Bir vazifali, bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan

    • Ko‘p vazifali, bir paytda ko‘p foydalanuvchiga mo‘ljallangan

    • Tarmoqdagi

    2. Servis dasturlar

    • Qobiqlar

    • Utilitalar

    • Antivirus (g‘ayrivirus) vositalar

    • Arxivatorlar

    3. Dasturlash tillari translyatorlari (tarjimonlari)

    • Translyator-kompilyatorlar

    • Translyator-interpritatorlar

    • Assemblerlar

    4. Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari

    • Test dasturlari

    • Maxsus nazorat dasturlari

    Hozirgi kunda yana bir tushuncha kiritilgan, bu ham bo‘lsa, dasturiy mahsulot – bu ma’lum bir ommaviy masalani hal qilishga mo‘ljallangan dastur-lar to‘plamidir. Dasturiy mahsulot boshqa mahsulotlarga o‘xshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda dasturiy ta’minot va dasturiy mahsulot tushun-chalari sinonim hisoblanadi. Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kom-pyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg‘armasidan iborat.
    Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo‘lish mumkin:

    • foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;

    • ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchilar;

    • ma’lumotni qayta ishlovchilar;

    • disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;

    • virusga qarshi vositalar.

    OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib,har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi.OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi.
    Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi:

    • disklarga xizmat ko‘rsatish;

    • fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);

    • arxivni yaratish va yangilash;

    • turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;

    • kompyuterni virusdan himoya qilish.

    Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi.
    Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umu-man hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalari-ning jamlanmasi tushuniladi.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash.




    1. Download 3,49 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alomatlarni bilib olish dasturlari

    Download 3,49 Mb.