|
I bob. Giperfaol bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashhis qilishning nazariy-metodologik tamoyillari
|
bet | 1/5 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 76,94 Kb. | | #274702 |
Bog'liq giperfaol bolalar
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.BOB. GIPERFAOL BO‘LGAN BOLALARNI PSIXOLOGO-PEDAGOGIK TASHHIS QILISHNING NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI…………………………………………………………………12
1.1.Bolalarda giperfaol tashhisi haqida zamonaviy tasavvurlar…………………..12
1.2. Bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologikpedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari………………………………………………..20
II.BOB. GIPERFAOL BOLAGA TA’LIM BERISHDA PSIXOLOGLARNING AHAMIYAT BERISHI KERAK BO’LGAN JIHATLAR………………………………………………………………………25
2.1. Psixologlar giperfaol bolalarga bo’lgan tasnifi………………………………25
2.2. Maktab psixologining giperfaol bolalar bilan ishlashining o'ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….28
XULOSA…………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..…30
KIRISH
O‘zbekistonda yuz berayotgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar imkoniyatlari cheklangan, alohida yordamga muxtoj shaxslaming ijtimoiylashuvi jarayonini sifatli takomillashtirishga qaratilgan innovatsion ta’lim dasturlari va texnologiyalami tatbiq etishning metodologik va nazariy asoslarini ishlab chiqishning dolzarbligini ko‘rsatadi. Respublikamizda psixik-jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan yoki ijtimoiy o‘ziga xosligidan qat’iy nazar barcha bolalar ta’lim va tarbiya olishlari uchun qulay sharoitlarni yaratilishi kafili hisoblangan 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari” kabi Qonunlarida jamiyatda sog'lom turmush tarzini yai\ada shakllantirish, aholi sihat salomotligini yanada mustaxkamlashga qaratilgan aniq chora -tadbirlar kompleksini ishlab chiqarish va ma’naviy jihatdan boy yosh avlodni tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitni belgilab berilgan. Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni ta’lim-tarbiyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qancha ishlar olib borildi va borilmoqda. Bu kabi ishlarning barchasi alohida yordamga muhtoj, rivojlanishida muammolari bo‘Igan bolalarni, o'smirlami hayotga, mehnatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda alohida yordamga muhtoj bolalarni ta’limga jalb etish, ulaming ta’limdagi imkoniyatlarini aniqlash ishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagogik-psixologik tashxis ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bu toifadagi bolalami maktab ta’limini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Pedagogik-psixologik diagnostika” darsligi pedagogika universitetlari, institutlarining defektologiya ta’lim yo'nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. 0 ‘quv qo‘llanmasining asosiy maqsadi - talabalami bolalar rivojlanishidagi nuqsonlami pedagogik- psixologik 3 diagnostikasining nazariy asoslari bilan tanishtirish va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘rganishga bo‘lgan turli yondashishlami va yo‘llami ko‘rsatishdir. Darslikda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologikpedagogik o‘rganishning xususiyatlarini aks ettiradigan ma’Iumotlar, shuningdek psixologik-pedagogik tashxis qilish metodlari va metodikalarining tavsifi yoritilgan. Darslikning mazmuni bakalavriat bo'yicha defektologiya ta’lim yo'nalishining Davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablariga mos keladi. Darslik so‘zboshi, 8 ta bob va ilovadan iborat. Birinchi bobda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik tashxis qilishning metodologik tamoyillari yoritilgan. Unda bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar toifalari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish vazifalari berilgan. Darslikning ikkinchi bobida aqli zaiflik tushunchasi, aqli zaiflikning klinik tavsifi va differensial diagnostikasi berilgan. Uchinchi bobda TPPK ishining mazmuni va uni tashkil etish yoMlari, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlami psixologik-pedagogik o‘rganish metodlari yoritilgan. To‘rtinchi bobda turli yosh bosqichida (ilk, maktabgacha, maktab, o ‘smir) yoshidagi bolalarni psixologik-pedagogik o‘rganish xususiyatlari bayon etilgan. . Darslikning beshinchi, oltinchi, etinchi, sakkizinchi bobida sensor nuqsonga ega bo‘lgan, tayanch-harakatida nuqsoni bo‘Igan hamda rivojlanishida murakkab nuqsoni bo‘Igan bolalarni psixologikpedagogik tekshirish usullari yoritilgan. Psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiyaviy jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish, korreksiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik vositalardan to‘g‘ri foydalanish, psixik va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan (aqli zaif, kar, zaif eshituvchi, nutkida nuksoni bo‘lgan, ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi) bolalarni o'xshash holatlardan farqlash; bolalarni tegishli maxsus muassasalarga to‘g‘ri yo‘naltirish; bolalaming nuqsonlari tuzilishini bilish va hissiy-irodaviy doiralari, individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda pedagogik ta’siming samarali 4 metodlarini va usullari bilish malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikdan foydalanishda pedagogik jarayonda juda ko‘p sub’ektiv omillar mavjudligi tufayli xolislik tamoyili alohida o‘rin tutadi. Hech qaysi bir bola qayta takrorlanmaydi. Bir bolaga nisbatan yaxshi bo‘Igan narsa boshqasiga mos kelmaydi. Bunday holatda haqiqatni izlash, maksimal vijdonlilik, ma’suliyatlilik zarur. Aks holda, bir xil masalalarda bir-biriga o‘xshamaydigan mutlaqo boshqa pedagogik tushunchalar va pedagogik tavsiyalar olinadi. Bu masala ayniqsa rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalami o‘rganishda, ulaming ta’limdagi extiyojlarini kafolatlashga qaratilgan ishlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |