|
-Mavzu: MATN AXBOROTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
|
bet | 27/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar6-Mavzu: MATN AXBOROTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha
MS Word dasturining asosiy elementlari
Matnga jadvallar, rasmlar va diagrammalarni joylashtirish
Tayanch so’z va iboralar: Microsoft Word, fayl, vstavka, vid, ssilka, diagramma va h.k
1.Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha
Bugungi kunda matnli hujjatlarni tayyorlashda ommabop bo‘lgan dastur Microsoft Word dasturi bo‘lib, u matn protsessori deb ham ataladi. Haqiqatdan ushbu dastur o‘zining juda keng imkoniyatlari tufayli o‘z sinfining matn protsessorlari orasida foydalanuvchi standartga aylandi.
Word protsessorining asosiy vazifasi matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlashdir. Ammo shu bilan birga Word amaliy dasturlar paketi hujjatga grafik ob’ektlar, jadvallar, diagrammalar giperbog‘lovlar joylashtirish kabi keng imkoniyatlarga ega. Word amaliy dasturlar paketi o‘zidagi ko‘rsatkichlar, mundarijalar, kolontitullar yaratish vositalari mavjud bo‘lganligi tufayli katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlashda qulaylik yaratadi.
Odatda Word AMALIY DASTURLAR PAKETIni ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi» bandidan Microsoft Word nomli qismi yuklatiladi.
Word AMALIY DASTURLAR PAKETIi ishga tushganda ekranda hujjatning bo‘sh varag‘iga ega bo‘lgan ishchi oynasi namoyon bo‘ladi. Yangi ilk hujjat «Dokument1» deb nomlanadi va foydalanuvchiga havola etiladi.
MS Office amaliy dasturlar paketiga kiruvchi barcha amaliy dasturlardagi kabi Microsoft Word dasturida ham tizimli menyular to‘plami mavjud bo‘lib, u oltita buyruqni bajaradi
Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi:
· Fayl
· Pravka
· Vid
· Vstavka
· Format
· Servis
· Tablitsa
· Okno
· Spravka
Word amaliy dasturlar paketida menyular bilan ma’lum amallarni bajarish noqulaylik keltirib chiqaradi, shuning uchun Word dasturi ko‘p ishlatiladigan amallarni tugmachalar shaklida panellarda aks ettirgan. Panellar ham vazifasiga ko‘ra turli xil bo‘lib, eng asosiy panellar: «Standartnaya» va «Formatirovaniye» panellari hisoblanadi. Ushbu panellarda ishlash jarayonida zarur bo‘lgan asosiy tugmalar joylashgan. Bundan tashqari rasm va chizmalar chizish, varaqqa tayyor rasmlarni joylashtirish imkoniyatini beruvchi «Risovaniye» paneli – ekranning pastki qismida joylashgan.
|
| |