|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 34/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3. Videlit – Hujjatdagi matn yoki ob`ektni belgilash. Bu buyruqni tanlaganimizdan so’ng ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu yerda:
Videlit vse (Ctrl + A) – hujjatdagi barcha matn va ob`ektlarni belgilash.
Vibor ob’ektov – ob`ektlarni tanlab olish.
Videlit tekst, imeyushiy takoy je format – Faqatgina bir xil formatdagi matnlarni belgilab olish.
«Vstavka» qo’shimcha oynasi. «Stranitsi» guruhi
1. Titulnaya stranitsa – hujjatga tayyor sarlavhali sahifani qo’yish.
2. Pustaya stranitsa – Kursor turgan varaqdan so’ng yangi, toza varaq qo’yish
3. Razriv stranitsi (Ctrl + Enter) – Dastur tomonidan avtomatik tarzda sahifalarga ajratilish (yangi sahifaga, abzasga, satrga, ustunga majburiy o’tish joyini belgilash).
3. Matnga jadvallar, rasmlar va diagrammalarni joylashtirish
«Tablitsa» guruhi
Word matn muharririning asosiy imkoniyatlardan biri - bu jadvallar bilan ishlash imkoniyatidir. Word jadvallari - rezina jadvallari deb nomlanadi, chunki ular ma'lumotlarga ko’ra o’ng va pastki tomonga cho’zilishi mumkin. Jadvallar ustunlar, satrlar va xonalardan iborat bo’ladi. Shulardan asosiy e'tiborni ustunlarga qaratishimiz kerak. Chunki agar ustunlar sonida biz adashsak, u holda jadvalimiz yoki sahifaga sig’masligi yoki juda kichik bo’lishi mumkin. Jadval satrlari esa matn satrlariga o’xshash holda bitta sahifadan ikkinchiga o’tish imkoniyati bor.
1. Tablitsa – Hujjatga jadval qo’yish yoki hujjatga jadval chizish. Bu buyruq ustiga bosganingizda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
-Vstavit tablitsu... – Hujjatga jadval qo’yish
-Narisovat tablitsu – Hujjatda jadval chegaralarini chizish.
-Preobrazovat v tablitsu... – jadvalning ko’rinishini tanlash.
|
| |