• Tayanch so‘z va iboralar
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 3,49 Mb.
    bet40/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    1. Giperssilka (Ctrl + K) - Matnning bir qismidan boshqa bir web sahifaga, rasmga, elektron pochta manziliga yoki biror-bir dasturga tez o’tishni o’rnatish.
    2. Zakladka - Matnning shu joyini bitta nom berib belgilab qo’yish.
    3. Dobavit perekrestnuyu ssilku – Sahifadagi matnning bir qismidan boshqa matn qismiga tez o’tishni o’rnatish.

    7-Mavzu: ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
    Reja:

    1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha

    2. MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish

    3. MS Excelda diagrammalar hosil qilish



    Tayanch so‘z va iboralar: Jadval, Elektron , Excel, ishchi varaq, ustun, satr, katakcha, diapazon, formula, murakkab formula,massivli formula, funksiya, diagramma, summa, guruhlash, tartiblash, filtrlash.



    1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha

    Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir. Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar.
    Uning yordamida turli ro‘yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‘rash natija-lari va savdo korxonasi holati haqida ma’lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta ishlanadi, uchyotlar yuritiladi.
    Excel jadval ustunlari va satrlari bo‘yicha yig‘indini hisoblaydi, foizlarni, o‘rta arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin.
    Jadval – har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o‘rni bilan aniqlanadigan ma’lumotlar majmuasidir.
    Jadval bir necha ustunlar va qatorlardan iborat bo‘lib, ular kesishgan joy kataklardan iborat. Kataklarga, jadvalning bir katagini boshqa katakga bog‘liqligini aniqlaydigan belgilar , matnlar va formular yoziladi.
    Elektron jadval – jadval shaklida ifodalangan ma’lumotlarga ishlov berishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar majmuasi. Elektron jadval bilan ishlash quyidagilarga imkon beradi:

    • xilma xil ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim qilish;

    • jadval kataklaridagi yozuvlarni o‘zgartirish;

    • Vertikal va gorizontal yo‘nalish bo‘yicha raqamlar qiymatlarining yig‘indisini avtomatik tarzda hisoblash , kataklardagi yozuvlar o‘zgarganda qayta hisoblash;

    • Argumentlari katakdagi yozuv bo‘lgan funksiyalar qiymatini aniqlash.

    Jadvallarni shakllantirish turlicha bo‘lishi mumkin, ma’lumotlarni formatlash imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o‘zgartirish, alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma’lumotlari bo‘yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo‘shish mumkin.


    Dasturning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval ma’lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik funksiyalarning o‘zi ikki yuzdan ortiq.
    Excel dasturida obyekt sifatida quyidagi elementlarni bilishimiz shart:

    • Excel ilovasi;

    • Ishchi kitob;

    • Ishchi varaq;

    • Diapazon yoki varaqdagi jadval;

    • Katak;

    • Diagramma varag ‘idagi diagramma;

    • Diagrammadagi qator;

    • Diagrammadagi alohidagi ma’lumot.




    Download 3,49 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 3,49 Mb.