|
- rasm Fayl menyusining Pechat bandi parametrlari
|
bet | 48/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar2- rasm Fayl menyusining Pechat bandi parametrlari
Posledniye(Recent) buyrug‘iga murojaat qilganda oxirgi joriy ish oynasida qilingan taqdimotni ko‘rish;
Sozdat(New) buyrug‘ida tayyor shablonlar yordamida taqdimot yaratish;
Pechat(Print) bo‘limida taqdimotni chop etadi, shuningdek, slaydlarni bosmaga tayyorlaydi (2.4 rasm);
Taqdimotni aniq parametrlari bilan saqlash va Soxranit i otpravit (Save and send) bo‘lim tarkibidagi boshqarish elementlari yordamida amallar bajariladi;
Dasturning imkoniyatlari va materiallari haqida ma’lumot beriladi, hamda Microsoft Power Point dasturining ish yakunlash menyusi mavjud.
Glavnaya (Home), ya’ni asosiy menyu. Bu to‘plamda ob’ektlarni yaratish va formatlash ishlarini amalga oshirish, bundan tashqari slaydlar, bo‘limlar, matnlar, rasmlar, chizmalar, yozmalar va har xil geometrik figuralar ustida amallar bajarish imkoniyatlari mavjud.
Microsoft Power Point dasturi ishga tushirilganda Glavnaya (Home), ya’ni asosiy to‘plam faollashgan holatda bo‘ladi (2.1-rasmga qarang). Bu to‘plam tarkibidagi boshqarish elementlari yordamida quyidagi amallar bajariladi:
Sozdat slayd (New slide) tugmasiga murojaat qilib, yangi slaydni hosil qilish yoki aniq strukturaga slayd qo‘shish, keltirilgan majmuadan mos ravishda maket tayyorlash uchun ishlatiladi.
Bufer obmena (Clipboard) guruh tarkibidagi boshqarish elementlardan foydalanib: ob’ektlarni nusxalash, qo‘yish, qirqish ishlari bajariladi. Ixtiyoriy slaydda matn elementini namuna bo‘yicha tez formatlash ishlarini bajarish mumkin. Uning uchun kerak bo‘lgan fragmentni belgilab, Format po obrazsu (Format Painter) tugmasiga murojaat qilib bajarish mumkin.
Razdeli (Section) tugma yordamida slaydlarni bo‘limlar bo‘yicha tartiblaydi. Dokladning tematik yo‘nalishi bo‘yicha taqdimotning strukturasi yaratiladi.
Matnni formatlash amallarini bajarish: Slaydni mos shriftni o‘rnatish, abzats uchun o‘lchamlarni sozlash, soya, matnga ko‘rk qo‘shish amallarini Shrift (Font) va Abzats (Paragraph) gruppa tarkibidagi elementlar orqali bajariladi.
Slaydga figuralarni joylashtirish: Masalan: uch burchak, aylana, chiziq, ko‘rsatkich, formulalar va belgili shakllar ustida amallar bajarish uchun Risovaniye (Drawing) to‘plamning elementlaridan foydalaniladi. Bu grafikli ob’ektlar ma’ruzachi uchun qulayliklar yaratadi. Ekspress-stili (Quick Styles) tugmasi orqali kerak bo‘lgan figurani tanlash mumkin. Uporyadochit (Arrange) tugmasi yordamida slaydlarga bir nechta figuralarni taqsimlashga, umumiy grafik ob’ektlar uchun qulaylik hosil qilishga va boshqa amallarni bajarishga imkon beradi.
Taqdimotda kerak bo‘lgan slaydlarni qidirish amallarni bajarish mumkin. Nayti (Find) tugma yordamida matnni almashtirish va belgilash amallari bajariladi.
|
| |