|
-rasm. Microsoft Power Point dasturining Dizayn menyusi
|
bet | 50/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar4-rasm. Microsoft Power Point dasturining Dizayn menyusi
Perexodi (Transitions) ya’ni O‘tish menyusi. Bu to‘plamda effektlarni sozlash, slaydlarni ketma ket namoyishini ta’-minlovchi uskunalari mavjud bo‘lib, kuzatuvchilarni e’tiborini egallash uchun kerak bo‘lgan imkoniyatlar bor.
Bu to‘plamning boshqarish elementlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Perexod k etomu slaydu (Transition to This Slide), ya’ni bu slaydga o‘tish guruhida mavjud bo‘lgan effektlarni tanlashimiz mumkin. Oldingi slaydni keyingisi bilan almashtirish, slaydlar aro mavjud figuralarni va kadrlarni almashtirish amallarini bajarish mumkin. Barcha effektlar kolleksiyasini namoyon qilish uchun tugmadan foydalaniladi. Kolleksiya tarkibidagi effektlarni tanlab joriy slaydga yoki Primenit ko vsem (Apply To All), ya’ni barchasi uchun qabul qilinsin tugmasi orqali barcha slaydlarga joylashtirish mumkin.
Parametri effektov (Effect Options), ya’ni effektlar parametri tugmasidan foydalanib, tanlangan effektlar o‘lchamlarini ko‘rish, hamda o‘rnatish mumkin.
Slaydga tovushli fayllarni o‘rnatish uchun yashirin buyruqlar ro‘y-xatidan Zvuk(Sound), ya’ni tovush buyrug‘idan foydalaniladi.
5-rasm. O‘tish to‘plamdagi effektlar kolleksiyasi
Bu buyruqdan foydalanib, Microsoft Officening kolleksiyasidan tovush effektlari ro‘yxatini chaqirish mumkin.
Dlitelnost (Duration) buyrug‘i yordamida namoyishdagi slayd effektlarining o‘tish davomiyligini sozlash mumkin, buning uchun o‘tish davomiyligini o‘zgartiruvchi qiymatlarni (ko‘paytiruvchi) va (kamaytiruvchi) tugmalari yordamida amalga oshiriladi.
Slaydlarni namoyishi vaqtida ularni ketma-ket almashinib kelishini quyidagi usullar yordamida amalga oshirish mumkin: Po shelchku (On Mouse Click) buyrug‘iga faollashtirish belgisini o‘rnatish natijasida, namoyish vaqtida slaydlarni ketma-ket almashinib kelishi sichqoncha qurilma tugmasini bosish orqali bajariladi. Agar Posle (After) buyrug‘iga faollashtirish belgisini o‘rnatish natijasida, namoyish vaqtida slaydlarni ketma-ket almashinib kelishi avtomatik holda bajariladi.
|
| |