|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 52/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar6-rasm. Titul slaydi
«Podzagolovok slayda» yozuvini faollashtirib qo‘shimcha ma’lumot-larni kiritish mumkin.
Oynaning yuqori qismida uskunalar to‘plamlarining lentasi joylashgan. Oynaning barcha markaziy qismini joriy slayd egallaydi. Oynaning chap tara-fida taqdimotni tashkil etuvchi slaydlar ro‘yxati joylashgan. Bu maydonni slaydlar paneli yoki slaydlar miniatyurasi yoki hujjatlar to‘plamining strukturasi yoki slaydlar to‘plami deb atasak bo‘ladi.
Slaydlarni qo‘shish: Yangi taqdimot yagona slayddan iborot bo‘ladi. Taqdimotga yangi slayd qo‘shish 2 xil uslubda amalga oshiriladi:
1-uslub: Glavnaya to‘plamida Sozdat slayd(New Slide) bo‘yrug‘i joylashgan hamda ikkitalik tugma bilan yashirin ro‘yxat joylashgan.
Belgining yuqori qismiga murojaat qilinsa, yangi slayd o‘z maketi bilan hosil bo‘ladi.
Belgining quyi qismiga murojaat qilinsa, Microsoft Power Point dasturining bir qancha qurilgan maketlar ro‘yxati bilan qo‘shimcha bo‘yruqlar keltirilgan.
Maket slayda - joriy slayd uchun tavsiya qilingan, aniqlangan element-lar mavjud. Bularga asosiy matn, markerli ro‘yxat va sarlavha, diagrammalar, grafik ob’ektlar, ovozlar, filmlar, rasmlar va hokazolarni aytish mumkin.
Bu jarayonda mavzuga xos bo‘lgan maketlardan biri tanlanadi (3.2 rasm).
7- rasm. Yangi slayd uchun maket tanlash
2-uslub: Slaydni qo‘shish uchun sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, Sozdat slayd bo‘yrug‘ini tanlaymiz. Joriy slayd o‘lchamlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsak qo‘yidagi amallarni bajarimiz.
Glavnaya to‘plamidan Maket (Layout) tugmasi bosilsa, maketlar galeriyasidan kerakli maketni tanlab, uning eskizlariga murojaat qilinadi;
Slaydlar panelidan kontekstli menyu chaqiriladi, Maket bo‘yrug‘iga murojaat qilinadi va kerak bo‘lgan eskiz tanlanadi.
Slaydga ob’ektlarni qo‘yish: Yangi taqdimotning bir nechta slaydlari bo‘lsa, bu slaydlarga kerak bo‘lgan materiallarni joylashtirish amallarini bajarish mumkin.
Maketda matnli va ob’ektli to‘ldiruvchilar mavjud:
tekst;
risunki;
risunok SmartArt;
snimki ekrana;
diagrammi;
tablitsi;
sxemi;
klip multimedia;
kartinki;
filmi;
zvuki.
Matnli to‘ldiruvchilar: matnli slaydlar yoki sarlavha elementlari to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Yozuv qismi faollashtirilganda uning sohasiga zarur bo‘lgan matnlarni kiritish mumkin.
Ob’ektli to‘ldiruvchilar: Ob’ekt belgisi (tablitsa, diagramma, rasm SmartArt, faylidagi rasm, chizmalar, multimedia kliplari) bilan to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Masalan: Slaydga fayllardan bevosita biron bir ko‘rinishni qo‘yish uchun Vstavit risunok iz fayla (Insert Picture from File) belgi ostida dialogli oyna orqali fayllarga murojaat qilinadi. Agar bevosita rasmli ma’lumotlarni qo‘shmoqchi bo‘lsak, Kartinka (ClipArt) bo‘yrug‘i yordamida Microsoft Office kliplar bibliotekasi tarkibidagi mavjud namoyishlarni izlashimiz uchun qo‘shimcha soha ochiladi.
Uskunalar lentasi yordamida slaydga ob’ekt joylashtirish uchun qo‘yidagi amallarni bajarish lozim:
Slaydlar panelidan ob’ekt joylashtirish kerak bo‘lgan slaydni tanlash kerak.
Boshqarish lentasidan Vstavka to‘plam tarkibidagi kerak bo‘lgan ob’ektni qo‘yish uchun bo‘yruqni tanlang:
Agar bevosita matn maydonini slaydga qo‘shish uchun Nadpis (Text Box) elementidan foydalanib, slaydga joylashtirish uchun uning chegara o‘lchamlarini belgilab unga matn, ob’ektlarni kiritish yoki joylashtirish mumkin.
|
| |