|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 53/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarRisunok (Picture) elementi yordamida slaydga belgilangan fayldan suratlar qo‘shish mumkin. Bunda dialogli oyna hosil bo‘lib ko‘rsatilgan fayl tarkibidan suratlarni belgilab Vstavit (Insert) tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Kartinka(ClipArt) elementi yordamida dialogli oyna hosil bo‘lib, bu oynadan Iskat (Search for) elementining maydoni yordamida fayllar qidirilib topiladi. Buning natijasida fayllardan slaydga rasm joylashtiriladi
8-rasm. Taqdimotga matn sohasini joylashtirish
Ixtiyoriy slayddagi ob’ektni o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin:
Ob’ekt faollashtiriladi;
Sichqoncha ko‘rsatkichini ob’ekt chegarasiga keltiriladi, bundan ikki ko‘rsatkich hosil bo‘ladi;
Sichqonchaning chap tugmasini qo‘yib yubormasdan harakatga keltiriladi.
Slaydda ixtiyoriy ob’ektni burish harakatlarni bajarish mumkin:
Ob’ekt faollashtiriladi;
Ob’ekt ramkalarining yuqori qismida yashil tugmacha mavjud. Sichqoncha ko‘rsatkichini yashil tugmachaga keltirib aylanma harakat qilish natijasida;
Ob’ekt sinxronli aylanadi, kerak bo‘lganda tugmacha qo‘yib yuboriladi.
Slaydda ob’ektlarni joylarini o‘zgartirish mumkin:
Ob’ekt faollashtiriladi;
Sichqoncha ko‘rsatkichini ob’ekt chegarasiga keltirilganda krest ko‘rsatkich hosil bo‘ladi;
Sichqonchaning chap tugmasini qo‘yib yubormasdan kerak joyga ko‘chiriladi;
Ob’ekt ko‘chirilgandan so‘ng sichqonchaning tugmachasi qo‘yib yuboriladi.
9- rasm. Sichqoncha yordamida slayddagi ob’ektlarni joylarini o‘zgartirish
Slaydda bir nechta ob’ektlarni joylarini o‘zgartirish va tartiblash mumkin.
Agar biron bir ob’ektni boshqa bir ob’ektga o‘tkazish uchun sichqoncha-ning o‘ng tugmasini bosib kontekstli menyu ro‘yxatidan Na peredniy plan ⇒ Peremestit vpered (Bring to Front ⇒ Bring Forward) tanlanadi;
Agar boshqa ob’ektlardan tashqari belgilangan ob’ektni bosh qismga joylashtirish uchun Na peredniy plan ⇒ Na peredniy plan (Bring to Front ⇒Bring to Front) bo‘yrug‘idan foydalaniladi.
Agar biron bir ob’ektni o‘chirmoqchi bo‘lsak, ob’ektni belgilab olib, Delete bo‘yrug‘i yordamida amalga oshiriladi.
|
| |