• Gipermatnli inqilob
  • Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qoʻyildi.
  • Internet global tarmog’I va WWW




    Download 3,49 Mb.
    bet55/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    2. Internet global tarmog’I va WWW
    1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmoіini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat boʻlib, asosiy tuzilish tomoyili tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli boʻlishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmoіi maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga oʻzgartirdi.
    80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning oʻzaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlanіich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga boʻlindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga moʻljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi.
    Gipermatnli inqilob: 1965 yil Nelson gipermatn soʻzini qoʻlladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil maúlumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva TsERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini oʻzaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qoʻyildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga oʻtib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90 yillar oʻrtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qoʻllanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq qanallarini ortiqcha yuklash va axborotni himoyalash mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha:

    • 1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;

    • 1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;

    • 1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi;

    • 1992 y. - 727000 kompyuter ulandi;

    • 1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi.

    WWW – global gipermatnli tizim bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish Internet orqali bajarilib , uzatish protokoli sifatida HTTP ga asoslangan. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape brauzerini ishlab chiqdi. Internet doiarasida 1981-yilda 213 ta kompyuter qo‘shilgan bo‘lsa, 1992-yilda 727000 ta kompyuter, 2012 yilga kelib Internetda ( CIA World Factbook 2012 ma’lumotlari bo‘yicha) 700 mlndan ortiq kompyuter mavjud edi.

    • Web-server - tarmoqga ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.

    • Biz Internet tarmogidagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.

    • World Wide Web (WWW, Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) - bu kliyent-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.

    • Shunday qilib, Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni yil sayin oshib bormoqda.


    Download 3,49 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




    Download 3,49 Mb.