|
Iqtisodiy masalalarni ShK da yechish bosqichlari
|
bet | 58/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarIqtisodiy masalalarni ShK da yechish bosqichlari
Kompyuterda io‘tisodiy masalalar echishni tashkil etishning asosiy bosqichlari.
Faraz qiling, siz biror bir tashkilotda ishlayapsiz. Sizni direktor oʻz huzuriga chaqirdi va oʻz boʻlimingizdagi barcha ishlarni kompyuter asosida bajarishga oʻtishingiz kerakligini aytdi va bu topshiriq albatta bajarilishi lozimligini tushuntirdi. Siz bu ishni bajarishni nimadan boshlar edingiz?
Iqtisodiy masalalarni kompyuterda echishga tayyorlash uchun avvalo qaysi ishlarni bajarish kerak? Bu bajarilishi kerak boʻlgan ishlarni rejalashtirishda qanday bosqichlardan oʻtish maqsadga muvofiq boʻladi?
Masalani informatsion texnologiyalar talabi asosida avtomatlashtirilgan koʻrinishga oʻtkazib echishning bir qancha bosqichlari mavjud. Shuning uchun ham har qanday boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimsida (BAS) iqtisodiy masalalar echishni amalga oshirish bosqichma-bosqich qilib amalga oshiriladi. Odatda 3 ta asosiy bosqich mavjud: bular loyixa oldi bosqichi, asosiy bosqich, ya’ni ishchi hamda texnik loyixalarni bajarish va nihoyat, amaliyotga tadbiq etish bosqichlaridir.
1. LOYIXA OLDI bosqichi oʻz navbatida avtomatlashtirilgan ob’ektning axborotlar tizimsini oʻrganish, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanib berishni va yaratilayotgan BASning amalga oshiradigan texnik vazifalarini ishlab chiqish jarayonlarini qamrab oladi.
2. ASOSIY BOSQICh BASning texnik hamda ishchi loyihalarini yaratishdan, ularni amaliy sinovlardan oʻtkazishdan iboratdir.
3. AMALIY TADBIQ ETISh BOSQIChI yaratilgan BASning aniq axborotlar asosida ishlab chiqilgan masalalar dasturlarini buyurtmachilar ishtirokida sinovdan oʻtkazishdir. Demak, bunda asosiy maqsad butun BAS-ni tajriba oʻtkazib, ekspluatatsiya qilish va uning xaqiqiy samaradorlik darajasini aniqlashdir.
Masalani EHMda echishga tayyorlashning asosiy bosqichlarida yoki u yoki bu masalani EHMda echishda tegishli axborotlar dastur yordamida arifmetik va mantiqiy qayta ishlanadi. Lekin masalani EHMda bevosita echishdan oldin, odatda, bir qancha bosqichlardan iborat boʻlgan tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Bu ish ancha mashaqqatliroqdir va shuning uchun ham katta mexnat talab qiladi. Bunda odatda quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
1) masalaning qoʻyilishi va ushbu masalani kompyuterda echishdan qoʻyilgan pirovard maqsadning aniqlanilishi;
2) masalani matematik jixatdan ifodalash yoki uning tegishli koʻrinishdagi matematik modelini tuzish;
3) masalaning kompyuter dasturviy-texnik vositalari yordamida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan eng qulay echish usulini tanlash;
4) masalani echishning tanlangan matematik yoki boshqa bir usul asosida echilish algoritmini ishlab chiqish;
5) tuzilgan algoritm asosida va tanlangan dasturlash tili yordamida masalaning dasturini (dastursini) tuzish;
6) masala echilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar massivini tayyorlash va ularning tarkibini aniqlash;
7) dasturni kompyuter hotirasiga kiritish va uni sozlashni amalga oshirish;
8) masalani bevosita EHMda echish va olingan natijalarni
tahlil qilish, dasturdan foydalanish uchun koʻrsatmalar yozish.
Iqtisodiy masalalarni kompyuterda echishga tayyorlash bosqichlarining asosiy elementlariga tavsif.
1. Masalaning qoʻyilishi va maqsadning aniqlanilishi
Dastavval EHMda echilishi kerak boʻlgan masala qoʻyiladi. Bu ish iqtisodiyot yoki istalgan soxaning malakali va katta tajribaga ega boʻlgan mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda iqtisodiy masalaning echilishi uchun kerak boʻlgan boshlangʻich ma’lumotlarning tarkibi va xarakteri aniqlanadi, ya’ni, kirish va chiqish ma’lumot massivlarining koʻrinishi, rekvizitlari, tuzilishi, tarkibi, xajmi, ularning kim tomonidan va qachon taqdim etilishi, kompyuter ma’lumot tashuvchilariga koʻchirilish tartibi oʻrganilib, yozma ravishda hujjatlashtiriladi. Undan soʻng iqtisodiy masalani echishning umumiy yoʻli tanlanadi ya’ni, qanday ketma-ket operatsiyalar tarkibi umuman masalaning echilishiga olib kelishi aniqlanadi. Masala echilish aniq boʻlgan va tushunarli kichiq masalalarga ajratiladi, ularni echish ketma-ketligi aniqlanadi va hokazo. Bu bosqich juda ham mas’uliyatli va koʻp mehnat hamda bilim talab qiladigan bosqich boʻlib, koʻpincha bir necha haftadan bir necha oygacha vaqt talab qilishi mumkin.
Agarda bu bosqichda kerakli ma’lumotlarning tarkibi, ularning tuzilishi, iqtisodiy jixatdan ifodalanishi aniqlansa va koʻrsatkichlar orasidagi bogʻlanishlarning aniq ifodalanishi amalga oshirilsa, iqtisodiy masala qoʻyilgan hisoblanadi.
Masala qoʻyilish jarayonini amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
Iqtisodiy masalani kompyuterda echishda koʻzda tutilgan maqsad nima va u qanday qilib amalga oshirilishi moʻljallanilayapti;
Ushbu masalani echishdan olinadigan iqtisodiy samara nimalardan iborat (moddiy, ma’naviy yoki boshqa turdagi) va unga qanday qilib erishiladi;
Masalani echish uchun ishlatiladigan kirish ma’lumotlari nimalardan iborat va ular qanday qilib kompyuter ma’lumot tashuvchilariga oʻtkaziladi;
Masalaning echilishi natijasida xosil boʻladigan natijaviy ma’lumotlar nimalardan iborat va ular qanday koʻrinishda ifoda etilishi rejalashtirilgan;
Masala qoʻyilishida ishlatiladigan iqtisodiy terminlar tushunarlimi va ular ushbu masalani echishda qanday talqin qilingan;
Kirish va chiqish informatsion massivlari etarlimi yoki ularning ortiqchalari ham bormi;
Agarda masalani echish uchun ma’lumotlar etmasa, ularni qanday qilib va qaerdan topish yoki olish mumkin;
Kirish va chiqish ma’lumotlarining aniqligi qanday usullar bilan nazorat qilinadi va bu bilan bogʻliq hujjatlardagi noaniqligini qanday qilib aniqlash va tuzatish mumkin;
Qanday echim eng yaxshi yoki optimal echim deb hisoblanilishi kerak va uni qanday qilib aniqlagan maqsadga muvofiq;
Bulardan tashqari ushbu bosqichda xar bir iqtisodiy masala uchun uning mohiyatiga va uni kompyuterda echishdan qoʻyilgan maqsadga koʻra yana bir qancha muammolarni ham xal qilib olish mumkin.
|
| |