Vibrometr doirasi va tebranishni o‘lchash prinsiplarini tahlil qilish




Download 2,26 Mb.
bet1/14
Sana21.09.2024
Hajmi2,26 Mb.
#271859
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Vibrometr doirasi va tebranishni o‘lchash prinsiplari





MUNDARЕJA
KIRISH
I.TEXNOLOGIK QISM

    1. Vibrometr doirasi va tebranishni o‘lchash prinsiplarini tahlil qilish

    2. Tebranish o‘lchagich operatsiyasining blok diagrammasi va algoritmini ishlab chiqish ……………………………………………………………….…

    1. Tebranish parametrlarini o`lchash va nazorat qilish tizimlarining prinspial-elektrik sxemasining tavsifi.……………………….……………………….

    2. Mexanik parametrlarni nazorat qilish. Siljishni o’lchash

II.HISOBIY QISM
2.1 Texnologik jarayonni avtomatlashtirish rostlagich sintezi …………………

    1. Obyektning uzatish funktsiyasini anilash……………………………………..

    2. Texnologik jarayonni avtomatlashtirish konturi hisobi ………………………

2.4 O'lchov vositasining VIBROTEST-MG4 jarayonlar bilan bog`liqlik tavsifi…
III.MAHSULOT SIFATI VA ISHLAB CHIQARISHNING METROLOGIK TA`MINOTINI BAHOLASH

    1. Tebranishni o‘lchash qurilmasi VIBROTEST-MG4…………………………

    2. O‘lchov asbobining tavsifi……………………………………………………

    3. Dasturiy ta’minot …………………………………………………………….

    4. Metrologik va texnik xarakteristikalari……………………………………….

    5. Qiyoslash amalining bajarilishi……………………………………………….



KIRISH
Ilm-fan, adabiyot, san'at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbari ushbu sohalar vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ular oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qildi. Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratildi. Yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani bu borada muhim yangilik bo‘ldi. "Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma'rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz". deb o’z ma’ruzasida bayon etdi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni samarali amalga oshirish hamda Respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda “Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri alohida o’ringa ega. Mustaqillik yillarida “Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati” davlat korxonasi dunyoning ilg’or kon-metallurgiya sanoati kompaniyalari qatoridan munosib o’rin egallab, mintaqadagi eng yirik va ishonchli sanoat gigantlarini biriga aylandi. Ko’p millatli navoiy shahri aholisining fidokorona mehnati bilan hududda faoliyat ko’rsatayotgan metallurgiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va marralar respublikamizning umumiy taraqqiyot sur’atlarini oshirishda katta hissa bo’lib qo’shilmoqda. O’zbekiston budjetining 10 foizi, viloyat budjetining 70 foizidan ortig’i Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobiga to’g’ri keladi. Kombinat oltin ishlab chiqarishda dunyoda 10-o’rinda turadi. Butun jahon bo’yicha oltin ishlab chiqarish ko’rsatkichi pasayib borayotgan bir paytda 2026-yilga borib oltin ishlab chiqarishni 30 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Har yili mamlakatimizda zamonaviy ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan yangi ishlab chiqarish korxonalarida ishga tushirilmoqda. Ushbu obyektlarda sanoat, texnika xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mamlakati huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi sanoat va radiatsiya xavfsizligi kon munosabatlari, respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi yer qo’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalarni ekspertizasidan o’tkazish qoidasi, ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi to’g’risidagi nizom shular jumlasidandir. Ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida Senat tomonidan 2018-yil 3-yanvarda ma’qullangan bir necha moddalar mavjud bo’lib, shular jumlasiga quyidagi kiradi:
3-modda. Sanoat xavfsizligi Avariya va noxush hodisa. Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir. Ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlari va ishlab chiqarish obyektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo’lmaydigan portlash va xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
O’zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlanishiga qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlarning 7% dan ko’prog’ini bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori edi. Shunga qaramasdan respublikada mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishi hajmi qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa hududlaridan, masalan, G’arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to’g’ri kelinardi. O’zbekistonning mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460 ming tonnani, shu jumladan azotli o’g’itlarga – 2032 ming tonnani tashkil qilgan. Buxoro viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so’ng O’zbekistonda mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishini ko’paytirish istiqbollari ochildi. Buxoro konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi – azotli o’g’it ishlab chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga yordam berdi. Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida tabiiy gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab chiqarilishi sexlari guruhi, ammiali selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi bo’yicha kimyo kombinati quriishining dastlabki sharti hisoblangan.
Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi
Navoiy kimyo kombinatini loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi ishlab chiqarilishida Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat bosh loyihalovchisi azot sanoati davlat instituti (ASDI) bo’lgan,1970 yildan boshlab esa – ASDI Chirchiq filiali.
Oxirgi yillarda isitish tizimlarning samaradorligining oshirilishi ikki
yo’nalishda olib borilmoqda. Birinchidan yangi innovatsiya va tuzilishini
modernizatsiyalash ishlari natijasida qizdirish qozonlarning FIK, hamda energetic tejamkorligi oshiriladi. Besh-o’n yillar oldin ishlatilgan qozonlarga nisbatan zamonaviy qozonlar unumdorli, ixcham va ishlatishda qo’layroqdir.
Samaradorlikni oshiruvchi ikkinchi yo’nalishi – qurilishda ishlatiladigan issiqlikni saqlovchi qoplama materiallarini mukamallashtirish ishlari hisoblanadi. Mikroelektronikani rivojlanishi natijasida, isitish tizimlarning samaradorligini oshiruvchi kompyuterli boshqarish tizimlaridan foydalanish imkoniyati sodir bo’ldi. Binolarni isitish - qurilish texnikasining asosiy bo'limlaridan biridir. Isitish tizimlari va asboblarining montaj qilinishi bino qurilishining boshlanishi bilan bir vaqtda, birgalikda bajariladi, chunki uning elementlari loyibalash-tirish davrida xonalarning ichki me'moriy ko'rkiga jilo berish interyer - dizayn jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirilib, qurilish konstruksiyasi bilan uyg'unlashgan holda olib boriladi.




    1. Download 2,26 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vibrometr doirasi va tebranishni o‘lchash prinsiplarini tahlil qilish

Download 2,26 Mb.