|
Algoritmning xususiyatlari va xossalari
|
bet | 59/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarAlgoritmning xususiyatlari va xossalari
Algoritm quyidagi x u s u s i ya t l a r g a egadir:
1. Aniqliligi, ya’ni turli hisobga olinmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni bajaruvchilar uchun tushunarliligidir. Ushbu xususiyatiga ko‘ra algoritmni bajarish jarayoni o‘z-o‘zidan bajariladigan harakterga ega.
2. Natijaviyligi, ya’ni ma’lum bir oddiy bosqichlarni bosib o‘tgandan so‘ng kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat.
3. Ommaviyligi, ya’ni bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o‘xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi.
4. Diskretlilik, ya’ni algoritmni bir nechta elementar bosqichlarga ajratish imkonini mavjudiligi.
Masalaning algoritmini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
· ma’lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlarni belgilab olish;
· ma’lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlari ketma-ketligini ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish asosida aniqlash;
· har bir bosqich mazmunini izohlash.
Algoritmning beshta asosiy xossasi bor, ya’ni: aniqlik, ommaviylik, diskretlilik, tushunarlilik va natijaviylik.
ANIQLIK XOSSASI. Algoritm bajariladigan amallarning zaruriy ketma-ketligini aniq belgilab beradi. Algoritmning ijrochisiga berilayotgan barcha koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi kerak, chunki koʻrsatmalardagi noaniqliklar moʻljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Bundan tashqari, koʻrsatmalarning qaysi ketma-ketlikda berilishi ham muxim ahamiyatga ega. Demak koʻrsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shartdir.
OMMAVIYLIK XOSSASI. Algoritm biror sinfga tegishli masalalardan boshlangʻich ma’lumotlarning turli birikmalarida har qanday masalani echish uchun xizmat qiladi. Ya’ni xar bir algoritm oʻz mazmuniga koʻra bir turga mansub masalalarning barchasi uchun ham oʻrinli boʻlishi kerak. Masaladagi boshlangʻich ma’lumotlar qanday boʻlishidan qat’iy nazar, algoritm shu xildagi xar qanday masalalarni echishga yaroqli boʻlishi kerak.
NATIJAVIYLIK XOSSASI. Izlanayotgan natijani boshlangʻich ma’lumotlarning ruxsat etilgan qiymatlari uchun chekli sondagi etarlicha sodda qadamlardan keyin olish mumkinligi tushuniladi. Ya’ni xar bir algoritm chekli sondagi qadamlardan soʻng albatta natija berishi shart. Agarda koʻrilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni toʻgʻri algoritm deb atay olmaymiz.
DISKRETLILIK XOSSASI. Uning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib boʻlaklarga boʻlish imkoniyati mavjudligidir, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy koʻrsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Aks xolda, ya’ni jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib boʻlaklarga boʻla olmasak, u xolda uni algoritm deb atay olmaymiz.
TUSHUNARLILIK XOSSASI – Algoritmning ijrochisi har doimo ham inson boʻlavermaydi, shuning uchun ham ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar uning uchun toʻla tushunarli boʻlishi kerak, aks xolda ijrochi berilgan algoritmni toʻla-toʻkis bajara olmaydi. Xar bir ijrochining bajara olishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar yoki buyruqlar majmuasi boʻlib, u ijrochining koʻrsatmalar tizimi deyiladi. Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan xar bir koʻrsatma ijrochining koʻrsatmalar tizimiga tegishli va uning uchun batamom tushunarli boʻlishi kerak.
|
| |