• 15-Mavzu: STATISTIKA AXBOROT TIZIMLARI Reja
  • Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi
  • Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari




    Download 3,49 Mb.
    bet67/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    3. Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari

    Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-q u v v a t l o v c h i t i z i m l a r natijalarini oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun xizmat qiladilar. Ular o‘zlarining bir necha modellari bilan keng analitik imkoniyatlarga egalar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot


    tizimlaridan oladilar. Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan shu
    g‘ullanuvchi menejerlar, mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar. Masalan, texnik jihoz va uskunalarni sotib olgan ma’qulmi yoki ijaraga olgan ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar.Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
    -bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar;
    -modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan qurollanganlar, masalaning qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar;
    -kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar;
    -maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga egadirlar.

    15-Mavzu: STATISTIKA AXBOROT TIZIMLARI
    Reja:

    1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi

    2. Axborot xizmatini ko’rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish

    3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish




    1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi

    Davlat statistikasi — mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bo‘g‘inlaridan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o‘rganish, ularning murakkab o‘zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda milliy iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan baho berishga qaratilgan.
    Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar:
    • milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari hamda ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish;
    • hozirgi sharoitda jamiyat ehtiyojlari va xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarini ishlab chiqish;
    • barcha rasmiy statistik axborotlar to‘liqligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash;
    • milliy iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy (muassasaviy) statistik kuzatishlarini o‘tkazishni ta’minlash;
    • barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, milliy iqtisodiyotning tarmoq, sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma’ruzalarni tarqatish yo‘li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish.
    Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimlarini yaratish uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o‘z faoliyatini O‘zbekistonda hisob va statistika tizimlarida milliy iqtisodiyotni rivoj-lantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi boshqaruv idoralariga milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalari hamda ularga qarashli korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur statistik axborotlarni bergan holda, ularga nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi.
    Boshqaruv ob’ektlari deganda tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Milliy iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari hamda ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv ob’ektlari bo‘ladi.
    Ob’ektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqarish sub’ekti) yaratiladi, u ularni o‘z vaqtida me’yoriy faoliyat yuritishga olib kelishni ta’minlaydi. Boshqaruv idoralari boshqarish ob’ektlariga davlat statistika idoralari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa (vazifalar) va teskari aloqa (hisobot) vositasida ta’sir qiladi.
    Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko‘rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv ob’ektlarining haqikiy holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, mo‘ljallangan harakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi.
    Statistik axborot tizimlari murakkab tizimlarning oldiga qo‘yilgan quyi-dagi barcha talablariga javob beradi:
    • umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o‘zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi;
    • katta o‘lchamlilik;
    • holatning murakkabligi va boshqalar.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga qarovchi davlat statistika idoralari o‘z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyoti va ularni tashkil kilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi — mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Qo‘mita tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jalik korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig‘adi va qayta ishlab chiqadi. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan ob’ekt­lardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalarni bajarishni talab qiladi.
    Bunday katta ishni bajarish uchun qo‘mita axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarmo-g‘iga ega. Unda turli hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llash statistik axborot tizimlariga statistik axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlash-tirish darajasini belgilovchi «inson-mashina» harakterini beradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davlat statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbar-lik amalga oshiriladi. U asosiy hisob-statistika markazi sifatida va O‘zbe-kiston Respublikasi hukumati, respublika vazirlik va qo‘mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan ta’minlaydi.
    Qo‘mita statistik axborotlarni o‘z vaqtida ob’ektiv (to‘g‘ri) va ishonchli ishlab chiqish, ularni ko‘rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy uslubiyot asosida yetkazib berish vazifasi yuklangan.
    Ushbu vazirlik mamlakat hududidagi hisob-statistika ishlari, xususan, statistika bo‘yicha viloyat qo‘mitalari faoliyatini tashkil qilishga rahbarlik qiladi.
    Statistikaning viloyat idoralari korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqotda bo‘lib, ularga hisob va hisobotni tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi va o‘z mintaqasida asosiy axborot manbai bo‘ladi.
    Viloyat qo‘mitalari tarkibiga statistika bo‘yicha tuman (shahar) boshqarmalari (bo‘limlari) — davlat statistika tizimining boshlang‘ich tashkilotlari kiradi. Ular barcha qishloq xo‘jalik, sanoat, qurilish, trans-port, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, tuman yoki shahar maorif va sog‘liqni saqlash idoralari ishi haqidagi axborotlarni yig‘adi va qayta ishlab chiqadi.




    1. Download 3,49 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari

    Download 3,49 Mb.