• Tayanch iboralar
  • Rejalashtirish
  • Boshqaruvda strategik va taktik
  • -Mavzu: BANK AXBOROT TIZIMLARI




    Download 3,49 Mb.
    bet75/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    18-Mavzu: BANK AXBOROT TIZIMLARI
    Reja:

    1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

    2. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnik ta’minotini

    3. Bank tizimining modullari va ular orasidagi xisob-kitobni avtomatlashtirish



    Tayanch iboralar: Banklardagi xisob,Banklardagi nazorat, Banklardagi tahlil, Balansli schyot, Kredit, Depozit, Debet, Debitor qarzdorlik,Kreditor qarzdorlik va h.q.



    1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

    Banklardagi xisob va nazoratni amalga oshirish operatsion va buxgalteriya xisoblaridan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank xisobida shaxsiy schetlar bilan aks ettirilgan, xar bir shaxsiy schet esa belgilangan balansli schetning ostida turadi.
    Tahlil bank boshqaruvining xam tashqarisida, xam ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatlarni bilib olishga imkon beradigan vazifalardan iborat bo’ladi. Yirik banklarda ikki mustaqil bo’limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichki xolati tahlilini ta’minlaydi, ikkinchisi esa tashqi muhitni tahlil qiladi.
    Rejalashtirish tahlilning ma’lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo’lgan echimlarni tayyorlaydi. Bunda tashqi o’zaro xamkorlikni rejalashtirish va bankning ichki xolatini rejalashtirish amallari o’zaro uzviy bog’liqdir. Ammo ular tarkibiy bo’linganlar va qisman marketing jarayonida (marketing va bankni rivojlantirish departamentida), qisman rejalashtirish bo’limida (iqtisodiy boshqarish departamentida) amalga oshiriladi. Rejalashtirish bosqichida tayyorlangan echimlarni tartibga solish vazifasi doirasida boshqaruv amalga oshiriladi.
    Boshqaruvda strategik va taktik maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutish lozim. Bank sohasi uchun maqsadlarni boshqaruv pallalarining davriyligi bo’yicha tezkor (bir ish kuni), joriy (oy, chorak) va istiqbolli (yil) davrlariga bo’lish mumkin. Shunday qilib, tezkor, joriy, strategik xisob va rejalashtirish tahlili haqida gapirish mumkin. Tahlil tizimning xaqiqiy xolatini aks ettiruvchi xisob ma’lumotlariga asoslanadi. Bankda boshqaruv ob’ekti bo’lib, alohida bo’linma yoki bitta xisobchining faoliyati yoki bir qator texnologik bosqichlardan iborat bo’lgan alohida bank operatsiyasi xizmat qilishi mumkin.

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




    Download 3,49 Mb.