• Tayanch so’z va iboralar
  • Marketing axborotlarining manbalari va oqimlari
  • Korxonada marketiig boshqaruvining axborot tizimlari
  • -Mavzu: MARKETING AXBOROT TIZIMLARI




    Download 3,49 Mb.
    bet78/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    19-Mavzu: MARKETING AXBOROT TIZIMLARI
    Reja:



    1. Marketing axborotlarining manbalari va oqimlari

    2. Korxonada marketiig boshqaruvining axborot tizimlari

    3. Marketingning axborot ta’minoti



    Tayanch so’z va iboralar: Marketing , demografik, ichki axborotlar tizim, tashqi axborotlar tizim, ma’lumotnomaviy axborot, tavsiyaviy axborot, me’yoriy axborot, signalli axborot



    1. Marketing axborotlarining manbalari va oqimlari

    Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish va saqlash tizimida axborot-larni yig‘ish boshqa marketing operatsiyalari orasida katta o‘rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo‘yicha turli-tuman manbalar bilai bog‘liqdir. Marketing faoliyati doirasida joriy kuzatishga kirishdan avval tadqiqotlarning maqsadini aniqlash va vazifalarning doirasini belgilash (ulardan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni jamlash o‘tkaziladi), ya’ni kuzatish ob’ektining holati va rivojlanishini aks ettiruvchi axborotlarni xususiyatlarini ham o‘rganishning chuqurligini belgilash zarur.
    Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish tamoyili sifatida tashkil qilinadi. Shuning uchun ham iste’molchilarning talablarini qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har taraflama o‘rganish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi (20.1-rasm):
    • tovarlar va xizmatlar bozori;
    • tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
    • ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog‘liq tashqi makromuhit.
    Bunda tovarlar va xizmatlar bozori haqidagi axborot axborotlarning boshqa turiga nisbatan ustunlik qiladi va barcha marketing tadqiqotlarining maqsadiy yo‘naltirilganligini belgilab beradi. Odatda bozor sig‘imi, uni segmentlarga bo‘linishi, narxni tashkil qilish tizimi, tovarlarning iste’mol xususiyatlari, o‘xshash tovarlar, sotishni rag‘batlantirish usullari, raqobat-dagilar faoliyati, tovarning iste’molchilari, sotish kanallari haqidagi axborotlar tahlil qilinadi.
    So‘rov varaqchalari, ko‘rgazmalar, seminarlar, reklama prospektlari, xalqaro, umumdavlat va soha ko‘lamidagi davriy yoki maxsus nashrlar, statistik to‘plamlar, tijorat sharhlari, mavzuli ma’lumotnomalar, ma’lumotlarning ixtisoslashtirilgan bazalari va banklarning materiallari bunday ma’lumot-larning manbalari bo‘lishi mumkin.
    Korxona imkoniyatlarini ichki ishlab chiqish resurs imkoniyatlarining bozor so‘rovlariga mosligini baholash marketing tadqiqotlarining tashkiliy qismi bo‘ladi. Bu yo‘nalishda axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqish quyidagi-larni kuzda tutadi: korxona ishlab chiqarish quvvatining hisobi va tahlilini, uning moddiy-texnik bazasini baholashni, tovar navlarini hisobga olishni, mahsulotning har bir turining ulushini va korxona ishining foydaliligini baholashni, tovarlarning texnik darajasini baholashni, ishlab chiqarish harajatlarining hisobini, tovarlarni ishlab chiqarish bahosini belgilashni, ilmiy-texnik va xodimlar tarkibini belgilashni. Buxgalteriya balansi, moliya hisobotlari, ishlab chiqarish rejalari, texnologik kartalar, texnik ixtisoslashishlar, shartli farmoyishlar va boshqalar ma’lumotlarning manbalari bo‘lib xizmat qiladilar.
    Bozorning holati va tovarlar xizmatlarini ishlab chiqarish haqidagi axborotlar korxona rahbariyati tomonidan raqobatdagi korxonalarga nisbatan qulayroq iqtisodiy sifatlarni yaratishga yo‘naltirilgan korxonaning keyingi faoliyatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
    Korxonaning ishlab chiqarish bozor faoliyati tashqi muhitning doimiy ta’sirini boshidan kechiradi. Bunda, shu narsa juda muhimki, korxonani tashqi muhit sharoitlariga moslashishga majbur qilgan holda, o‘zi­ning tabiatiga ko‘ra marketing tadbirlarining ta’siriga bo‘ysunadi.
    Tashqi mikromuhitning omillariga quyidagilar kiradi:
    •  demografik — aholining tarkibi bo‘yicha, shahar va qishloq aholisining nisbati, migratsiya, ma’lumot darajasi va h. k.;,
    •  iqtisodiy — xo‘jalikning tarkibiy tuzilishi, moliyaviy tizimning holati, infilyatsiya darajasi, pul birligini konvertatsiyalash, aholining harid qilish qobiliyati;
    •  tabiiy — iqlim, xom-ashyo resurslarining mavjudligi, energiya manbalari, atrof-muhitning ifloslanishi;
    •  ilmiy-texnik — yangi texnologiyalarni tadbiq etishga va uning zaminida mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga imkon beruvchi ilmiy-texnik taraqqiyotning darajasi, ishlab chiqarish va iste’mol sohasidagi andozalar, samarali marketing faoliyatining o‘tkazilishi;
    •  siyosiy — ijtimoiy-siyosiy tizim, siyosiy kuchlar va ijtimoiy harakatlarning joylashtirilishi, qonunchilik tizimining xususiyatlari va uning bajarilishi;
    •  madaniy — madaniy boyliklar, an’analar, odatlar, diniy qarashlar.


    2. Korxonada marketiig boshqaruvining axborot tizimlari
    Korxonaning marketing faoliyatida turli-tuman va hajmi bo‘yicha yetarlicha katta bo‘lgan axborotlardan foydalanishning zaruriyati, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonlarida ularni olish, ishlab chiqish va tahlil qilishni tashkil qilishga tizimli yondashishni talab qiladi. Shu munosabat bilan marketing axborot tizimlari (MAT) muammo sohasining butun tarkibiy qismlarini butligi va o‘zaro bog‘liqligi asosida qurilishi kerak. Unga hisoblash va axborot texnikasining zamonaviy vositalarini qo‘llash bilan erishiladi.
    MATning muammo sohasi o‘z ichiga ichki va tashqi axborotlar, marketing tadqiqotlari va axborotlar tahlilining natijalari tizimini oladi (20.2-rasm).Ichki axborotlar tizimi korxona faoliyati va holatining har xil tomon-larini aks ettiruvchi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Buyurtmanomalar, buyurtma-lar, shartnomalar va hisobotlarning ma’lumotlarini shunday ma’lumotlarga kiritish mumkin. Ichki axborotlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan marketing qarorlarini ishlab chiqilishini osonlashtirishi mumkin, ammo boshqa axborotlardan ajralgan holda foydalanilmaydi, chunki ko‘pgina kerakli ma’lumotlarga ega emas.

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: MARKETING AXBOROT TIZIMLARI

    Download 3,49 Mb.