• Boshqaruvni shtabli usulda tashkil qilish
  • 2.Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnik ta’minotini
  • Bankning boshqaruv tuzilmasi




    Download 3,49 Mb.
    bet76/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Bankning boshqaruv tuzilmasi turli xil usullarda tashkil qilingan bo’lishi mumkin. Bu ko’proq bankning kattaligi, ko’rsatilayotgan xizmatlar turlari, mijozlarning va bank tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning soniga bog’liq. Boshqaruvning eng oddiy tuzilmasi to’g’ri chiziqlidir, bunda bank boshqaruviga bo’limlar bevosita buysunadilar. Bu boshqaruv usuli bankni samarali va to’g’ridan-to’g’ri boshqarishning muqarrar, yaqqol va ko’zga ko’rinadigan tuzilishini beradi. Bunda boshqaruv vazifalari boshqarma va bo’linmalar rahbarlari orasida taqsimlanadi.
    Boshqaruvni shtabli usulda tashkil qilish murakkabroq bo’ladi, bunda boshqaruvda bajarilayotgan boshqaruv vazifalarining bir turligi tamoili bo’yicha bo’limlar ularni birlashtiruvchi departametlarga buysunadilar. Masalan, marketing departamenti, valyuta operatsiyalari departamenti va boshqalar. Shtablar o’rtasidagi boshqaruv vazifalarining taqsimlanishi yuqori bosqichda sodir bo’ladi. Boshqaruvni bunday tashkil qilishda bir tomondan, boshqaruv muammolarini ko’p sonli mutaxassislar orasida taqsimlashga, boshqa tomondan xodimlarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga imkon yaratiladi va natijada boshqaruv sifati ancha oshadi.

    2.Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining texnik ta’minotini
    BankAATni texnik ta’minlash jarayonlarida bank tex­nologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishlari kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositala­ri, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo‘llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
    Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmlarini filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o‘sishi banklarning qudratliroq kampyuterlarni va rivojlanganroq texnik ta’minlanishlarni harid qilishga majbur qiladi. Tarmoqli bank texnologiyalari keng tarqalgan. Tarmoqli park borgan sari turli-tuman bo‘lib qolmoqda. Banklararo telekommunikatsiya vositalarini jadal rivojlanishini ham ta’qidlash kerak.
    «Mijoz-server» arxitekturasi banklarning axbo­rot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo‘ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ish­lab chiqishni mijoz (ishchi stansiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompiyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so‘rovlar-ning maxsus tiliga ega kasbiy MBBTda amalga oshiriladi.
    «Mijoz-server» texnologiyasining amalga oshirilish variantlaridan biri uning uch bosqichli arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijozqismi (ishchi stansiya), qo‘llanishlar serveri va ma’lumotlar baza-sining serveri mavjud bo‘lishi kerak. Mi­joz qismida foydalanuvchi bilan o‘zarohamkorlik (foydalanish interfeys) tashkil qilinadi. Qo‘llanishlar serveri mijoz qismi uchun biznes tadbirlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasining serveri mi­joz rolini bajaruvchi biznes tadbirlarga xizmat ko‘rsatadi. Bunday arxitekturaning egiluvchanligi mustaqil foydalanish va barcha uchta bosqichlarda hisoblash va dasturiy resurslarni almashishdadir.
    Texnik yechimlarning ishonchliligi va voz kechishga barqarorligini oshirish uchun bank AATexda serverlarni guruhlarga (klasterlarga) birlashti-rish qo‘llaniladi. Bunday mablag‘lar va yuklamalar serverlar (tizim uzellari) o‘rtasida taqsimlanadi, foydalanuvchi qan­day aniq server bilan ishlayotganini bilmaydi, texnik vositalardan foydalanish esa samaraliroq bo‘ladi.
    Bankning avtomatlashtirilgan texnologiyalarida telekommunikatsion arxitektura texnik ta’minlash tizimchalarining majmuasi va tuzilishini belgilaydi, ular BankAATning barcha qo‘llanishlari (modullari) modullar uchun o‘zaro hamkorlikning har hil turlarini ta’minlaydi.
    ABTni yaratish jarayonlarida arxitekturaning imkoniyatlari uning biznes jarayonlari tomonidan belgilanadigan ishning talablari va shartlari bilan muvofiqlashtiriladi. Bankning tash­qi moliyaviy va axborot tuzilmalari, hisoblash kli­ring palatalari va markazlari, birjalar, uzoqlashtirilgan mijozlar va boshqa banklar bilan o‘zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.
    Bank biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minlanishi o‘zining korporativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan quriladi. Joriy bosqichda amaliy o‘zaro hamkorliqda andozalar yo‘qligi uchun bankning tashqi tashki-lotlar bilan aloqasi shlyuzlar, masalan, pochta, teleks va boshqa firmalarning AIJ orqali amalga oshiriladi.



    Download 3,49 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




    Download 3,49 Mb.