|
Marketingning axborot ta’minoti
|
bet | 80/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3. Marketingning axborot ta’minoti
Marketing faoliyatini amalga oshirish tegishli boshqaruv qarorlari uchun zarur turli-tuman axborotlardan foydalanishga asoslanadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun resept: «90% — axborot, 10% — ilhomdir».
Axborot — bu, odamlar muloqotining vositasi, u orqali biz atrof-muhit va unda sodir bo‘layotgan xodisalar haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Axborotlarni abstrakt tushunchalar kategoriyasiga kiritish mumkin, ammo yozish, o‘chirish, uzatish imkoniyati kabi bir qator xususiyatlari uni moddiy ob’ektlarga yaqinlashtiradi. Axborot taqdim etishning har xil shakllariga ega, ko‘pincha bu bosma matn, hujjatlar, jadvallardir. Kibernetik nuqtai-nazaridan «axborot» tushunchasi qandaydir dalil yoki xodisa haqidagi noaniqlikni bartaraf qilish tadbiri sifatida talqin qilinadi va uzatish, saqlash, ishlab chiqishning ob’ekti bo‘luvchi ma’lumotlar majmuasi sifatida taqdim etiladi.
Marketingdagi boshqaruv qarorlari tushunchasi axborot jarayonlari bo‘lgan boshqaruv qarorining mohiyatiga asoslanadi. Marketingda boshqaruv qarorlarining to‘g‘riligi va qimmatlilig‘i ko‘proq darajada 20.3-rasmda ko‘rsatilgan. Boshqaruv jarayonlari axborot ta’minotiga bog‘liqdir.
Marketing faoliyatini boshqarish jarayonlari bosqichlarining o‘zaro aloqalari keltirilgan chizmadan ko‘rinishicha, ularning har birida belgilan-gan axborot shakllantiriladi, u keyingi bosqichni faoliyat yuritishi uchun asos bo‘ladi. Bunda boshqaruv jarayonlarida albatga boshqaruv ob’ektining oldingi boshqaruv ta’siriga javobi haqidagi, yoki kuzatilayottan tizimning holatini vaqt bo‘yicha o‘zgarishi haqidagi axborotlarni uzatilishini ta’minlovchi teskari aloqaning mavjudligini ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, axborot ta’minoti aniq foydalanuvchilarning axborotga ehtiyojini qanoatlantirishning, uni olish, ishlab chiqish, jamlash va foydala-nish uchun qulay ko‘rinishda topshirishning maxsus usullari va vositalarini qo‘llashga asoslangan jarayonidir.
Marketing tadbirlarini bajarish uchun zarur axborotlar majmuasini odatda marketing axborotlar tizimi deb ataladi. Uni shakllanishi va faoliyat yuritish marketingning axborotli ta’minlanishi tizimiga suyanadi.
Qoidaga qo‘ra, rivojlangan MAT o‘z ichiga quyidagi tizimlarni oladi: ichki axborotlar, tashqi axborotlar va marketing tadqiqotlarining axborotlari.
Amalda bu tizimchalar mustaqil axborot tizimlari sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ichki axborot tizimi o‘z ichiga korxonada (firmada) buxgalteriya va statis-tik hisobot, tezkor va joriy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik axborot shaklida vujudga kelgan ma’lumotlarning majmuasini oladi.
Tashqi axborot tizimi korxona, bozor va uning infratuzilmasining holati, haridorlar va yetkazib beruvchilarning holati, raqobatdoshlarning harakatla-ri, bozor mexanizmlarini davlat tomonidan tartibga solish tadbirlari va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi. Bu ma’lumotlar bosib chiqariladigan davriy va maxsus nashrlarda, statistik to‘plamlarda, tijorat tadqiqoti tashkilotlarning bozor holati obzorlarida jamlangan. Ular yana marketing bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmalar va anjumanlarga borish, muzokaralar va ishga doir uchrashuvlar o‘tkazish asosida yig‘iladi.
Marketing tadqiqotlari axborotlar tizimi, marketing faoliyatining aniq yo‘nalishini tadqiqot qilish natijasida olingan axborotlarga asosla-nadi. Ularga odatda tadqiqotlarning bozor va uning raqiblar tomonidan o‘zlashtirilganligi parametrlarining tahlili, sheriklarning ishga doir faolligi, narx-navo siyosati va tovarlarni harakatlantirish usullari, yangi tovarlarga nisbatan reaksiyasi, tendensiyalarini o‘rganish hamda tovarlarni sotilish hajmlarini qisqa va uzoq muddatli bashoratlash kabi turlari kiradi. Marketing tadqiqotlari korxona, firmaning shaxsiy ixtisoslash-tirilgan xizmati tomonidan yoki marketing tadqiqotlari sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan tegishli tijorat tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi.
Shunday qilib, marketing tadhiqotlarining maqsadi korxona rahbariyati tomonidan asoslangan qarorlar qabul qilish uchun kerakli bo‘lgan marketing faoliyatining aniq muammolari bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotlarni olishdir. Bunday ma’lumotlar
|
| |