|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 74/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarBoshqaruv hisobining axborotlari mavjud holatni aks ettiruvchi ichki yo‘naltirishga ega. Undan ishlab chiqaruvchi, boshqarish xodimlari, direksiya tomonidan xo‘jalik ichidagi boshqaruv uchun foydalaniladi va ko‘pincha tijorat siri hisoblanadi.
Moliyaviy hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Moliyaviy hisob axborotlaridan tashqi iste’molchi, sarmoyador, kreditor, boshqa tashkilot va korxonalar keng foydalanadilar. U yana boshqaruv xodimlari, moliyachi, korxona hissadori, boshqaruv a’zolariga ham moliyaviy qaror-larni qabul qilish, korxona iqtisodiyotini rejalashtirish va bashoratlash, axborotning iqtisodiy tahlilini olish uchun ham zarurdir.
Moliyaviy hisob barcha uchun umumiy bo‘lgan qoidalar tomonidan tartibga solinadi, bu axborotlarni hamma uchun bir xil va tushunarli bo‘lishini kafolatlaydi. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi mustaqil mutaxassis auditor tomonidan tasdiqlanadi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi — birlamchi ma’lumotlar va birlamchi hujjatlarning bittagina axborot to‘plamiga asoslangan, buxgalteriya hisobi-ning mustaqil, ammo o‘zaro bog‘langan tizimchalaridir. Har bir tizimcha uchun birlamchi ma’lumotlarni alohida yig‘ish maqsadga muvofiq emas. Ular bir-birlari bilan o‘zaro yaqindan bog‘langanlar va axborotlarni o‘zaro almashtirmasalar ham bo‘ladi.
Birlamchi hisob axborotlarni yig‘ish, ro‘yhatga olish, jamlash, saqlash hamda uni bundan keyin ishlab chiqish uchun uzatishdan iborat bo‘ladi. Birlamchi hisobning axborotlari BHATdagi boshqaruv, moliyaviy hamda boshqaruv qarorlarini tayyorlash va ularni qabul qilishda birlamchi axborotlardan foydalanuvchi boshqa tizimchalar uchun teskari aloqani ta’minlaydi.
Shu munosabat bilan yirik korxonalarda BHATni yaratishda ularni birlamchi hisobga asoslangan tizimchalarga ajratish kerak.
Yirik korxonalarda BHAT yordamida hisob axborotlarini ishlab chiqish birlamchi, boshqaruv va moliyaviy hisobning uchta bosqichida olib boriladi (18.3 - rasm). Har bir bosqichda hisob axborotlarini yig‘ish, ro‘yhatga olish, ishlab chiqishning uslubiyotiga muvofiq iqtisodchi, hisobchi, moliyachi va tahlilchilarning o‘zaro bog‘langan AIJ (HAIJ) yaratiladi.
Ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun AIJni bevosita hisobning har xil bosqichlari bo‘yicha mutaxassislarning ish joylarida qo‘llanishi qog‘oz manbalaridan eng kam foydalanishni, axborotlarni ishonchliligi va to‘liqligini ta’minlaydi.
AIJ vazifaviy uchastkalar bo‘yicha tashkil qilingan, ulardan har biri yoki birlamchi hisob (materiallar, tayyor mahsulotlar, tabelli hisob) bilan yoki xo‘jalik operatsiyalari, (moddiy boyliklar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, mehnat va ish haqi, moliyaviy-hisoblash operatsiyalari, tayyor mahsulotlar va ularni sotishning hisobi bo‘yicha) uzluksiz ro‘yhatga olish va ishlab chiqish amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobining belgilangan ob’ektlari bilan, hamda yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish, rejalashtirish va tahlil filish, hamda ichki audit bilan bog‘langan.
Uchastkalarni ajratishda shuni hisobga olish kerakki, har bir uchastka quyidagi talablarga javob berishi kerak:
· o‘zining xo‘jalik operatsiyalari va majmuasiga ega bo‘lishi;
· o‘zining boshqa uchastkalar bilan tugashuvchi schyotlarining ko‘plab rejalariga ega bo‘lishi;
· o‘zining, faqat unta xos bo‘lgan, birlamchi hujjatlar va hisobot shakllariga ega bo‘lishi.
|
| |