|
-Mavzu: BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARI
|
bet | 71/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar17-Mavzu: BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARI
Reja:
Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarning umumiy ta’rifi.
Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari.
Yirik korxonalar hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarning umumiy ta’rifi.
Milliy iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobning xalqaro tizimlariga o‘tishi amalga oshirmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o‘zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag‘lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb atash ham mumkin.
Yangi usullarni egallashni axborot tizimlarini takomillashtirishmay va zamonaviy SHKsiz tasavvur etish mumkin emas. Har qanday iqtisodiy ob’ektni boshqarish faoliyatining asosini murakkab qurilishga ega bo‘lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi va korxona, tashkilot, firmaning ko‘lamiga bog‘liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya, faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal kilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayonlarida buxgalteriya hisobi katta rol o‘ynaydi, bu yerda barcha axborotlarning 60%ga yaqini jamlangan.
Har bir vazifaviy tizim boshqaruvning belgilangan vazifalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan vazifalar va axborotlar majmuasining o‘z tarkibiga ega. Masalan, moddiy texnik ta’minotning vazifaviy tizimchasida materiallarga ehtiyojni hisoblash, yetkazib beruvchilar bilan sifatnomalarni bajarilishi, zaxiralar me’yorlarini aniqlash bo‘yicha vazifalar majmuasini ajratish mumkin.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig‘ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqishharajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo‘ljallash an’anaviy ravishda hisobni qo‘lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o‘z qo‘llani-shini topgan.
SHKlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o‘rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo‘ldi.
|
| |