|
Axborot xizmatini ko’rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish
|
bet | 68/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarAxborot xizmatini ko’rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish
Axborot xizmati ko‘rsatish vazifalarini yechish uchun axborot-kommuni-katsiya texnologiyalarining ikki turi: ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki va tayyor hujjatlar bankidan foydalaniladi.
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik, tashkiliy vositalar yig‘indisi ko‘rinishida amalga oshirilgan va statistika-ning turli sohalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun foydalaniladi. KMB ma-halliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida ishlashda ma’lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega.
Tayyor hujjatlar banki (THB) ba’zi axborotlar va jadvalli statistik materiallarga ega ma’lumotlarning hujjatli grafik bazalarini yaratish uchun qo‘llaniladi. THB turli ob’ektlar uchun ma’lumotlar bazalariga kirishni ta’minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat bo‘ladi.
KMB va THB dasturiy majmualari Excel paketi interfeysiga ega, buning natijasida ularning o‘zaro birga bo‘lishligi ta’minlanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz,
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash birligi quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat bo‘ladi:
• ko‘rsatkich va uning alomati bilan;
• kuzatish ob’ekti bilan;
• tadqiq qilinayotgan ob’ekt bo‘yicha hisobotning davriyligi bilan.
KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma’lumotlar bazalari statistikaning sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida (iqtisodchining AIJda) ishlashi bo‘yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasi beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish ta’minlanadi: dialog usulida so‘rovlar bajariladi va ma’lumotlar to‘plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport vazifalari va eng ko‘p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalaniladi (Lotus, Excel, Word va boshqalar).
KMB Davlat statistika qo‘mitasining HMda sanoat foydalanishida bo‘lib, uning xizmatidan sohaviy boshqaruv xodimlari, O‘zbekiston Respub-likasi Prezidenti Apparati, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining mutaxassislari va boshqalar foydalanadi.
KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi:
• statistik ma’lumotlarning ko‘p sohali tezkor bazasi, ular o‘z ichiga yuzlab ko‘rsatkichlarni, ma’lumotlar bazalarining o‘nlab bo‘limlarini oladi. Ma’lumotlar bazasiga keyingi ikki joriy yil va o‘tgan yillar statistik hisobotlarining ko‘rsatkichlari kiritilgan, o‘tgan yillar uchun ma’lumotlar arxivga joylashtiriladi;
• to‘plamlarni chiqarish va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tartibga soluvchi ishlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan sohaviy MB (sanoat, moliya, savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar);
• muammoli-mo‘ljallangan MB (umuman O‘zbekiston va viloyatlar bo‘yicha iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ta’riflovchi oylar bo‘yicha indikatorlar).
KMB muhitida ma’lumotlar bazasi Davlat statistka qo‘mitasining LHT o‘rnatilgan, shu bois unda boshqaruv mutaxassislari KMB bilan LHT ishchi stansiyasi yordamida ishlash imkoniyatiga ega. Tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish masofadan turgan usulda statistikaning elektron pochtasi vositalarini qo‘llash orqali bajariladigan, ular bir vaqtning o‘zida elektron pochta xizmatlari va «on-line» usulida ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlaydi.
KMB muhitida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash Davlat statistka qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan MB dasturiy muhitida axborot tizimlari faoliyat yuritishining tartibi asosida amalga oshiriladi, u vazifalarni Davlat statistka qo‘mitasi bo‘limlari va HM bo‘limlari o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlaydi.
Respublika darajasida KMB muhitida ma’lumotlar bazasining shaklla-nishi, faollashuvi va faoliyat yuritishi 17.3-rasmda berilgan texnologiya bo‘yicha amalga oshadi.
Ma’lumotlar bazasini faollashtirish (AEIChdan axborotlarni yuklash, ma’lumotlar bazasini olib borish va yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash), ma’lumotlar bazalari to‘plamlarini Davlat statistka qo‘mitasi mahalliy hisoblash tarmoqlariga statistikaning elektron pochtasi orqali uzatish, bu ma’lumot bazalarining o‘z vaqtida yangilanishi, ularning faoliyat yuritishi va tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi ustidan nazoratni MB bosh ma’muri har oyda reja-grafikka ko‘ra amalga oshiradi.
Mintaqaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan mintaqalardagi rahbar va boshqaruv idoralariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish vazifalarini yechish uchun foydalaniladi.
Mintaqaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan foydalanish orqali quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi: sanoat; kapital qurilishi; transport; savdo; moliya va narxlar; mehnat va bandlik; ijtimoiy rivojlanish va turmush tarzi (aholi daromadlari va harajatlari, maishiy xizmat ko‘rsatish); tashqi iqtisodiy aloqalar (xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, qo‘shma korxonalar); yangi iqtisodiy tuzilmalar (birjalar, xususiylashtirish).
KMB muhitida ma’lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya bo‘yicha statistik to‘plam tayyorlash va rahbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi.
KMB dasturiy majmuasi foydalanuvchilarni quyidagi vazifaviy imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:
• tartibga soluvchi so‘rovlarni bajarish;
• jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga solinmaydigan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
• olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joriylarini o‘zgartirish orqali zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan kataklarni shakllantirish;
• hisoblash ko‘rsatkichlarini shakllantirish va olish;
• ma’lumotlarni agregatsiyalash;
• ma’lumotlarni Lotus, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida eksport qilish.
Ma’lumotlar bazalari ma’mur tomonidan ma’lumotlarga murojaat qilishga tegishli parollar va huquqlar o‘rnatilishi tufayli ruhsatsiz kirishdan himoyalangan.
Hozirgi vaqtda Windows NT muhitida SQL Server MBBTdan foydalanish bilan MB ishlab chiqish olib borilmoqda, u KMB barcha vazifalarini bajarishga va respublika, viloyat, hududiy darajadagi foydalanuvchilarga statistik vazifalarni yechishning barcha boshqa axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalari bilan o‘zaro hamkorliqda axborot xizmatlari ko‘rsatish vazifalarini sifatliroq yechishga imkon beradi.
KMB ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, ularning olib borilishi, mintaqaviy darajada tartibga soluvchi ishlarning bajarilishi, tahliliy vazifalarning yechilishi, uzluksiz bo‘lmagan tadqiqotlar o‘tkazish uchun tanlanishlarni shakllantirish, boshqaruv idoralari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. U hududiy taqsimlangan ma’lumotlar bazalari sharoitlarida yaratish va ishlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sifatida ishlab chiqiladi. Ham korxona yoki tashkilot, ham kuzatish ob’ekti (hudud, soha va h.k.) ma’lumotlar bazalarining saqlash ob’ektlari bo‘ladi. Bundan tashqari, KMBning dasturiy ta’minoti statistik axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqish uslubiyotlari o‘zgarishlariga moslashuvchi dasturiy majmua sifatida ishlab chiqiladi.
KMBni ishlab chiqish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari yaratilgan, bu ma’lumotlar bazalarining katta hajmlari bilan ishlash va ma’lumotlarga tezkor murojaat qilishda LHT sharoitlarida axborot ishlab chiqishning yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Tayyor hujjatlar banki (THB). U ko‘p bosqichli taqsimlangan tizimini yaratish uchun mo‘ljallangan, u Davlat statistka qo‘mitasi va uning hududiy idoralari tomonidan hukumatning respublika, viloyat idoralari, davlat statistikasi boshqarmalari hamda statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida statistik materiallar bilan tezkor ta’minlash maqsadida ishlab chiqiladi.
THBda taqdim etilgan axborotlar to‘liq matnli, jadvalli, Windows operatsion tizimiga o‘tish bilan hujjat ko‘rinishida taqdim etish grafik shakliga ega. THBning rubrikatori statistik, iqtisodiy-tahliliy, uslubiy, me’yoriy va boshqa tayyor hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
THB telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatiga ega, bu THBni aloqa kanallari bo‘yicha boshqarishni va uning ma’lumotlar bazalari faollashuvini ta’minlaydi. Foydalanuvchiga respublika (Statistika Qo‘mi-tasi) va mintaqaviy (statistikaning hududiy idoralari) bosqichida foydalanuvchi ma’lumotlar bazalariga masofadan turgan holda kirishni taqdim etadi.
THB SHKda ma’lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor texnologiyasini va axborot-telekommunikatsion uzeldan foydalanishni ta’minlaydi, foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmokda, hamda «on-line» usulida ishlashga imkon beradi. THB bilan ishlashda axborotlarni qidirish ko‘p bosqichli rubrikator bo‘yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi; foydalanuvchi so‘roviga javob berish 1 sekunddan oshmaydi; bundan tashqari saqlanayotgan axborotlarni qisqartirilishining yuqori darajasiga erishiladi.
|
| |