• 3. Dasturiy ta’minot
  • Obyekt – kompyuter. Elementlar




    Download 3,49 Mb.
    bet65/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    3. Obyekt – kompyuter. Elementlar – displey, tizimli blok,
    klaviatura, prosessor va h.k. Maqsad – ma’lumotlarga ishlov berish.
    4. Obyekt – axborot tizim. Elementlar – kompyuter va
    kommunikasion texnika, dasturiy va axborot ta’minot, personal. Maqsad – professional axborotlarni ishlab chiqish.
    Tizim tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’p maqsadlarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi.Kompyuterning faqat apparat qisminigina tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblashimiz mumkin.
    Har bir tizim 4 asosiy qismdan iborat (2 - rasm):
    - kiritish;
    - ishlov berish;
    - chiqarish;
    - teskari aloqa.


    teskari aloqa


    2- rasm.


    3. Dasturiy ta’minot

    Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.


    Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
    Avvalo ular orasidagi bog‘lanish INTERFEYS deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa — DASTURIY INTERFEYS, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish — APPARAT — DASTURIY INTERFEYS deyiladi.
    Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti — FOYDALANUVCHI INTERFEYSI deyiladi.
    Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
    — TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT;
    — AMALIY DASTURIY TA’MINOT;
    —DASTURLASH TEXNOLOGIYASINING USKUNAVIY VOSITALARI.
    TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT (SISTEM SOFTWARE) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
    AMALIY DASTURIY TA’MINOT (APLICATION PROGRAM PACKAGE) bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
    DASTURLASH TEXNOLOGIYASINING USKUNAVIY VOSITALARI — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan mahsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.





    Download 3,49 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




    Download 3,49 Mb.