|
Yirik korxonalar hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari
|
bet | 73/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3.Yirik korxonalar hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari
Yirik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish muammosi hozirgi zamonning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu hammadan avval katta hajmdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlab chiqarish, ularni tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘z vaqtida ratsional foydalanishdan iborat.
Katta hisoblash mashinalari davrida yirik sanoat korxonalari uchun birinchi buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) yaratilgan. Bunday hisoblash axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlashti-rishga imkon bergan. Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar, hamda SHKlar-ning paydo bo‘lishi bu sinfdagi hisoblash vositalarining deyarli to‘liq yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hisob axborotlarini markazlashmagan holda ishlab chiqish keng tarqaldi. SHKdan foydalanish axborot manbalarini vositachilar (hisoblash markazlari, korxonalarning axborotlarini tayyorlash bo‘yicha bo‘limlari va boshqalarni) chetlab o‘tgan holda, ushbu axborotning foydalanuvchisi hisobiga yaqinlashtirdi, hamda SHK zaminida hisobchining avtomatlashtirilgan ish joyini (HAIJ) yaratishga olib keldi. Hisob axborotlarini ishlab chiqarishning barcha tadbirlarini bevosita ish joyida avtomatlashtirishning imkoniyati paydo bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda BHATning yangi iste’molchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtirish, balki korxonalarni boshqarishning samaradorligini oshirish, moliyaviy muvozanatni saqlab qolish, barqaror foyda olish imkoniyati muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalarning BHATi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• buxgalteriya hisobi, rejalashtirish, korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili, hamda ichki audit vazifalarining butun majmuasini avtomatlashtirilgan holda yechimini;
• korxonadagi ishlarning joriy holati haqida tezkor, doimo o‘zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o‘z resurslaridan samarali foydalanishga harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, tovarlar va boshqa mablag‘larning harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zararlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan yirik savdo uylari uchun ham, hamda katta hajmdagi mablag‘larning doimiy harakati sodir bo‘ladigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e’tibor tezkor tahliliy hisoblarni va kiritilgan moliyaviy resurslardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni olishga qaratilishi kerak;
• birlashtirilgan holda ham boshqarish, ham umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni olish imkoniyati. Yirik korxonalar filiallar va uzoq masofadan omborlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, bunday korxonaning mablag‘lari mulkdorlar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday tizimlardan markazdan turib tezkor boshqarish uchun ma’lumotlarni almashtirishni amalga oshirish imkoniyatiga ega uzoqlashtirilgan ish joylarining mavjudligi muhimdir.
Ushbu talablarga javob beruvchi yirik korxonalar BHATni markazlash-tirilgan boshqaruvga ega tarmoqda hisob xodimlarining AIJ majmuasi asosida yaratish maqsadga muvofiqdir.
Xorijiy va mamlakatimizning ushbu sohaga tegishli nazariyasi va amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, yirik korxona-larda buxgalteriya hisobi boshqaruviniig ikki darajali,— tizim boshqaruvi va moliyaviy hisob bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunda axborotlar faqat foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangandir.
Boshqaruv hisob tannarx ko‘rsatkichlari, bo‘linmalarning harajatlari bilan ish olib boradi, javobgar shaxslar, faoliyat sektorlari, boshqa bo‘lin-malar bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalarning natijalarini aniqlaydi. Smeta, me’yornoma, kalkulyatsiya, harajat va natijalarning muvofiq nisbatlar — boshqaruv hisobining ob’ektidir. Uning tahliliy ma’lumotlaridan operatsiya, bo‘lim, brigada va bo‘linmalarni boshqarishda keng foydlaniladi.
|
| |