|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish
|
bet | 69/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarAxborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish
Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda yo‘lga qo‘yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishini doimiy va har tomonlama o‘rganiladi.
Tahliliy majmualarda qo‘llaniladigan ADP tarkibiga «Olimp» (statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi) va «Mezozavr» (vaqtli qatorlar statistik tahlili tizimi) va boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi.
«Olimp» amaliy dasturlar paketi. «Olimp» paketi ma’lumotlarni statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. «Olimp» standart konfiguratsiyali SHKda va WINDOWS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistika sohasidagi ekspertlar foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda «Olimp» statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash uchun mo‘ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir.
ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi:
• MNCALC elektron jadvali;
• AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqiqotlar so‘rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi.
«Olimp» ADP ma’lumotlarning statistik taxlil qilinishi va bashoratlanishi bo‘yicha tadqiqotlarning dastlabki ma’lumotlarini kiritish, ularni tekshirish va ko‘zdan o‘tkazishdan boshlab to amaliy statistika zamonaviy usullarining keng majmuasi asosida hisoblash va natijalarni tahlil qilishni o‘tkazish bilan tugovchi to‘liq davriyligini tashkil qilishga imkon beradi.
Vazifaviy nuqtai nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar muharriri, ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida aks ettirish vositalari va o‘zgartirish utilitalari hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari.
Ma’lumotlar muharriri dastlabki ma’lumotlarni kiritish, ko‘rib chiqish va tahrir qilishni (shu jumladan operator tomonidan amalga oshiriladigan kuzatishlarni) ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni grafik usulida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga imkon beradi.
Ma’lumotlarni o‘zgartirish utilitalari ma’lumotlarning arifmetik o‘zgarishlarini, navlarga ajratishning har xil turlarini (shu jumladan bir necha o‘zgarishlar banki), ma’lumotlarni agregatsiyalash (bitta alomat bo‘yicha tanlab olishni) bajaradi.
«Olimp» ADP dasturlari bilan statistik tahlilning quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regression, disperssion, diskriminantli, omilli va komponentli qatorlar bog‘liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar.
Dinamik ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi:
• dinamik regressiyaning modellari;
• chizikli regressiya asosida bashoratlash modellari;
• garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari.
Yuqorida sanab o‘tilgan modellarning har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu modelni ta’riflovchi parametrlar majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondoshish kiritilgan imkoniyatlarni asta-sekin o‘zlashti-rishga va u bilan ishlashni yengillashtirishga imkon beradi.
Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xusu-siy korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko‘pliqdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi.
Regression tahlil asosida bog‘liqliklar: to‘g‘ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan shakllarini belgilash vazifasi yechiladi.
Komponentli va omilli tahlillar — ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtai nazaridan o‘zi-ni oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o‘zgarshlar orasidagi tarkibiy bog‘liqlikni aniqlash uchun hizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo‘lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o‘zgaruvchanlarni komponentli tahlilga nisbatan o‘zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo‘ladi. Umumiy omillar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash omilli tahlil vazifalaridandir.
|
| |