|
-Mavzu: SOLIQ AXBOROT TIZIMLARI
|
bet | 70/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar16-Mavzu: SOLIQ AXBOROT TIZIMLARI
Reja:
Soliq tizimi faoliyatining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanishi
Soliq tizimi boshqaruvining axborot tizimlari
Soliq axborot tizimlari
Tayanch so‘z va iboralar: Davlat soliq qo‘mitasi funksiyalari; Soliq tashki-lotlarida avtomatlashtirilgan axborot tizimi; Soliq tizimining struk-turasi; Taxlil bo‘limi AIJ; Kadrlar bo‘limi AIJ; Boqimonda bo‘limi AIJ; Buxgalteriya bo‘limi AIJ; Huquqiy bo‘lim va jismoniy bo‘limlarning AIJ;
Soliq tizimi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oladigan daromadlardan davlat soliq idoralari (organlari) undiradigan soliqlar majmui, shuningdek soliq solish usullari va qoidalaridir.
Davlat soliq organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni ta’minlash, soliq majburiyatlarni bajarishda soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;
Soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
Soliq solish sub’ektlari va ob’ektlarini to‘la va o‘z vaqtida hisobga olishni ta’minlash;
Soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash, va oldini olish va bartaraf qilish;
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish kilishlarining hammasini muvofiqlashtirish;
Jismoniy va yuridik shaxslarni, byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lovchilarni, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarni hisobga olishning to‘laqonli bazasini yaratish;
Yagona telekommunikatsiya tizimini yaratish;
Tashkiliy va kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va kuchaytirish;
Me’eriy –huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Belgilangan bashorat ko‘rsatkichlarga muvofiq byudjetga to‘lovlarning to‘liq tushishini ta’minlash;
Soliq tizimining unumdorligini va samaradorligini oshirish, salbiy ta’sir va xatar darajasini pasaytirish;
Davlat soliq xizmati organlari ishining samarali bo‘lishi uchun davlat soliq ko‘mitasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq to‘lovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;
Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika ta’minoti, materiallar va uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlanish va moddiy-texnika ta’minoti maxsus fondini to‘g‘ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi.
Soliqlar va soliq to‘lovchilarning hisobga olishlarining yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy – texnikaviy ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi va xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Tuman soliq inspeksiyasining rahbariyati asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni:
Boshliq,
Boshliq muovini,
Boshliq muovini,
Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis,
Nazorat qilish bo‘yicha Viloyat Davlat Solik Inspektori,
Ijro nazorati bo‘yicha mutaxassis.
Bundan tashqari har bir bo‘limda nazorat ishlari bo‘yicha boshliq va boshliq o‘rinbosarlari mavjud.
Tuman Davlat Solik Inspeksiyasida boshqaruvchilarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Davlat soliq inspeksiyasining faoliyatini boshqarish;
O‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qaror va Farmoishlari va yuqori soliq organlari, buyruq va ko‘rsatmalari asosida va ularni bajara borib, davlat soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ijro etishlari shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatma va tavsiyalar beradi;
Jinoiy protsessual majmuasiga muvofiq, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i surishtiruv organining rahbari hisoblanadi, surishturuvchining qarorlarini tasdiqlaydi;
Davlat soliq inspeksiyasi xodimlarini o‘z vakolati o‘z doirasida lavozimiga tayinlaydi, lavozimni o‘zgartiradi, lavozimdan ozod qiladi;
Alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarga faxriy unvon va mukofotlar, soliq idoralari xodimlari uchun xukumat tomonidan belgilangan maxsus shaxsiy unvonlar berishga tavsiya qiladi;
Berilgan vakolatlar doirasida boshqa qonuniy huquqlarga ham ega.
|
| |