|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 79/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarTashqi axborotlar tizimi yordamida tashqi muhitda vujudga keladigan hodisa va vaziyatlar haqida ma’lumotlar olinadigan manbalar va uslubiy yo‘llarga mo‘ljallangan. Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining har xil jihatlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun MATga kerakli ma’lumot-larni shakllantiradi. Ular bozorning tadqiqoti, tovarlarning iste’mol xususiyatlari kabi yo‘nalishlarga tegishlidir. Marketing axborotlarini tahlil qilish tizimi umumiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hamda tendensiyalar-ning tahliliga asoslangan qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlashdan tarkib topgan.
Marketing tadqiqot va tahlillarini o‘tkazish turli iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llashga asoslanadi. Ular orasida quyidagilarni ajratish kerak: asosida ko‘p sonli o‘zaro bog‘langan o‘zgaruvchanlar (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) yotgan ko‘p o‘lchamli usullar; marketing faoliyatini bayon qiluvchi ko‘rsatkichlar guruhlari orasidagi o‘zaro aloqalarni belgilashga imkon beruvchi regression va korrelyatsion usullar; marketing vaziyatiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar; tahliliy karorlarga bo‘ysinmaydigan tahlil qilish usullari; iste’molchi-larning bozor vaziyatlarining o‘zgarishlariga javoblarini stoxastik bayon qilish uchun foydalaniladigan qarorlar qabul qilishning statistik nazariyasi usullari.
Marketing axborotlarini tahlil qilish tizimi sanab o‘tilgan iqtisodiy matematik usullardan foydalanishga suyangan holda quyidagilarni aniq-lashgaimkon beradi:
• asosiy omillarning mahsulotlar sotilishiga (sotish hajmiga) va ularning miqdoriga ta’sirini;
• narxlarni yoki reklama harajatlarining tegishli miqdorida o‘sishida sotish imkoniyatini;
• korxona mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlovchi parametrlarini;
• korxonaning bozordagi faoliyatini baholashni.
Marketing muhiti ob’ektlarining rejaviy parametrlari va haqiqiy holatini taqqoslash jarayonlaridagi tahliliy ma’lumotlari asosida signalli axborotlar shakllanadi. Vujudga kelgan chetga chiqishlarning sabablari belgilangandan keyin ularni bartaraf qilish maqsadida tartibga soluvchi axborotlarda aks ettirilgan tegishli tadbirlar bajariladi. Bunda barcha boshqaruvchi ma’lumotlar korxonaning rahbariyatiga topshiriladi va u tegish-li choralarni ko‘radi. Zamonaviy MATlari aloqaning yangi kommunikatsion tizimlari orqali xorijiy va mamlakatimizning AATga interaktiv kirish imkoniyatiga ega.
|
| |