|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 56/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3.Web-dizayn va brauzerlar
Axborot texnologiyalari va Internet rivoj topib borayotgan bugungi kunda ulardagi axborot hajmi ham axborotlarni boshqarish strukturalari ham ancha murakkablashdi. Butun dunyo “axborot omboriga” aylangan Internetda har soniyada minglab yangi web-sahifalar va web-saytlar paydo bo`lmoqda.
Har bir web-sayt o`zining ma`lumotlar hajmi, tuzilish strukturasi va dizayniga egadir. Bunday saytlarni tuzishda turli usullar mavjud bo`lib ular o`zlarining imkoniyatlari va qulayliklari bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bugungi kunda web – saytlarni tuzish va kontentlarni boshqarishda ikki usulni alohida takidlab o`tish mumkin. Ulardan biri hozirda judayam ommalashgan Portal texnologiyasi, ikkinchi texnologiya bu web – dizayn sohasidagi yangi va ancha istiqbolli Mashup texnologiyadir.
Bugungi kunda web-saytlarni tuzishda ananaviy va keng tarqalgan texnologiya bu — Portal texnologiyasidir. Bu texnologiyani rivojlanishi uchun juda ko`p izlanishlar amalga oshirilgan. Bu izlanishlar natijasida Portal texnologiyasining keng yoyilishiga erishildi. Shunga qaramay web – sayt yaratishning Portal modeli bir qancha kamchiliklarga ega.
Portal texnologiyasida web-sayt tuzish va uni Internetga joylashtirish uchun ko`p vaqt va mablag` talab etiladi. Masalan, biror tashkilotning web – saytini tuzish uchun ushbu sohada yetarlicha bilimga ega bo`lgan mutaxasisga murojaat etish kerak. U web – saytni ma`lum muddatda tayyor holatga keltiradi, uni Internetga joylashtiradi, bu orada ancha vaqt, mehnat va mablag` sarflanadi. Saytni Internetga joylashtirgandan keyin uni boshqaruvchi administrator kerak bo`ladi, buning uchun yangi ishchi kuchi kerak bo`ladi, agar sayt judayam murakkab bo`lsa bu ishlarni bir shaxs emas, balki guruh bo`lib amalga oshiriladi. Bu guruhning har bir a`zosini oylik maosh bilan ta`minlash kerak bo`ladi. Portal texnologiyada tuzilgan web – saytlarni o`zgartirish ham murakkab jarayon hisoblanadi, bundan tashqari ushbu saytdagi ma`lumotlarni yangilab turish zarur.
Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, "vebni ko‘zdan kechiruvchi”, "vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa "brauzer” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham "brauzer” so‘zini ishlataqoldik. Turk tilida "Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. "web” so‘zi esa "World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Veb brauzerlarning qisqacha tarixi
Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‘lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‘ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ brauzerlar mavjud.
|
| |