|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
|
bet | 49/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar Vstavka (Insert) ya’ni qo‘ymoq menyusi. Bu to‘plamda ob’ektlarni bevosita ishchi oynaga qo‘yish uchun, taqdimotda og‘zaki keltirilayotgan mavzuni yoritishda hamda tenglovchilar uchun esa mavzuni tushunishda oydinlashtirishga imkon beruvchi elementlarni boshqaradi.
To‘plamda keltirilgan elementlarni boshqarish yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:
Slaydga jadvallar qo‘yish Tablitsa (Table) tugmasi orqali amalga oshiriladi.
3-rasm Uskunalar yordamida slaydga tasvir qo‘shish
Uskunalar yordamida slaydga ixtiyoriy fayldan rasm, chizma, fotosurat va boshqa ob’ektlarni qo‘yish mumkin.
Fotoalbom (Photo Album) tugmasi orqali fotoalbom yaratish mumkin. Fotoalbom (Photo Album) tugmasini faollashtirilganda dialogli oyna hosil bo‘lib, qattiq diskdan zarur tasvirni olish, kerakli joyga tartiblash, o‘lchamlarni kiritish va boshqa sozlanmalarni bajarish mumkin.
Tayyor majmuali, SmartArt rasmli yoki diagrammali tipidagi illyustratsiyalarni qo‘shish mumkin.
Taqdimotning faol maydoniga ma’lum yo‘nalishlarni va kerak bo‘lgan belgilarni joylashtirish mumkin.
Sana, vaqt, yozma eslatma va shunga o‘xshash xabar beruvchi matn elementlarni qo‘shish mumkin. Bu o‘z navbatida Tekst (Text) guruhiga birlashtirilgan;
Video (Video) va Zvuk (Audio) buyruqlaridan foydalanib taqdimotga multimediali ob’ektlarni qo‘shish mumkin. Kerak bo‘lganda qattiq diskdagi fayl uchun yo‘nalishlarni ko‘rsatish orqali yoki Office Online resurs yig‘malaridan ob’ektlarni qo‘shish mumkin.
Dizayn (Design) to‘plami. Dizayn (Design) to‘plami - taqdimot slaydlar ustida umumiy qayta qo‘rishga ya’ni slaydlar uchun qabul qilingan umumiy qiyofa, rangli chizmalar va rangli formatga o‘tkazish amallarini bajarishga mo‘ljallangandir.
Bu to‘plamning boshqarish elementlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Microsoft Power Point dastur taqdimot tema (mavzu)siga mos keluvchi mutaxassis rassom va dizaynerlarning ijodi yordamida taqdimotni yaratish mumkin. Temi (Themes) guruhi ro‘yxatining kolleksiya tarkibidagi tema (mavzu)ga mos keluvchi eskizlardan foydalanib taqdimotni tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin. Yangi mavzu belgilangandan so‘ng hujjatga bog‘liq asosiy ya’ni sarlavha, jadval, diagramma, figura va boshqa ob’ekt qismlari o‘zgartiriladi. Rang turkumlari, umumiy fon, ob’ektlar soyasi, matn shrifti va boshqa jihatlarini yagona qiyofada aks ettirish amallari amalga oshiriladi.
Taqdimotni yaratishda uning asosini tashkil etuvchi qo‘rilgan tema (mavzu) lardan foydalaniladi. Buning uchun tanlangan tema (mavzu)ni mavjud yoki yangi unsurlarini ya’ni Sveta (Colors), Shrifti (Fonts), Effekti (Effects), Stili fona (Background Styles) o‘zgartirish kerak. Shundan so‘ng Soxranit tekushuyu temu(Save Current Theme) sohasiga eskizlar ruyxati bilan kiritilib saqlanadi.
Bosmaga tayyorlashda Parametri stranitsi (Page Setup) buyrug‘i yorda-mida slaydlarning o‘ng, chap, yuqori, quyi o‘lchamlari sozlanadi.
Slaydlarni saxifada joylashuvini o‘zgartirish Oriyentatsiya slayda (Slide Orientation) buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi.
Fonlarni boshqarish
|
| |