|
-Mavzu: TAQDIMOTLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
|
bet | 46/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar8-Mavzu: TAQDIMOTLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
Microsoft Power Point dasturi menyulari
Power Point dasturida prezentatsiya yaratish tartibi
Tayanch soʻz va iboralar: Taqdimot. Slayd. Prezentatsiya. Koʻrgazmalar. Animatsiya. Multimedia. Muloqot darchasi. Belgilar. Namoyish. Dizayn. Sarlavxa.
Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
Har qanday mutaxassis oʻzining ish faoliyati davomida hamkasabalariga yoki boshqa mutaxassislarga oʻzining qilayotgan ishi yoki faoliyati xaqida, rejalari va takliflari xaqida soʻzlab berish uchun ma’ruza qilishiga toʻgʻri keladi. Bunday paytlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur boʻladi. Ushbu muammoni xal qilish uchun u qanday dasturviy ta’minot turlaridan foydalanishi mumkin? Matn muxarriri uning barcha muammolarini hal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli echimga olib kelishi mumkinmi?
Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS qobigʻi yordamida yaratilgan boʻlib, dastur prezentatsiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi koʻrgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma’lumotlar bazasi sifatida ham qoʻllash mumkin. Ayrim xollarda esa bu dasturda multimedia vositalarni boshqarish va ularni qoʻllab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Bu erda asosiy tushunchalar: slayd va prezentatsiyalar hisoblanadi.
Slayd – ma’lum bir oʻlchamga ega boʻlgan muloqat varaqalari hisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Prezentatsiya – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya1-PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatori paydo boʻlib, unda yaratilayotgan yoki yaratilgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hosil boʻladi. Bu nomni keyinchalik oʻz hohishingizga koʻra almashtirishingiz mumkin
|
| |