TURIZM INDUSTRIYASINING TASNIFI




Download 3,8 Mb.
bet6/243
Sana24.03.2017
Hajmi3,8 Mb.
#1185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243

TURIZM INDUSTRIYASINING TASNIFI


1.Tashkillashtirish

    1. Turoperatorlar

    2. Turagentliklar

    3. Kasaba uyushmalari


2. Sug‘urta qilish

    1. Turistning sog‘lig‘ini

    2. Turistning xayotini

    3. Turistning mol-mulkini


3. Xavfsizligini ta’minlash

    1. Chet elda sayyohatlar paytida ta’minlash

    2. Mehmonxonada yashash va ovqatlanish jarayonida



    1. Turistning mol-mulkini qo‘riqlash

    2. Turistlarning jihozlarini qo‘riqlash


4. Mol-mulkini qo‘riqlash




    1. Fillar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi xayvonlarda

    2. Mexanik harakat vositalaridan (velosiped, avtomobil, avtobus, temir yuldan)

    3. Xavoda harakatlanish vosita-laridan (xavo transportidan)

    4. Suv transportidan – sollar, daryo va dengiz suv usti va osti kemalaridan foydalanish


5.Turistlarni tashish transporti



    1. Otellarga, mehmonxonalarga

    2. Motellarga

    3. Pansionatlarga

    4. Kempinglarga

    5. Palatkalarga

    6. Rotellarga

    7. Botellarga

    8. Sanatoriylarga

    9. Flotellarga

    10. Xostellarga

    11. Otel-klublarga

    12. Turbazalarga

    13. Turistlik uylarga

    14. Appartomentlar



6. Turistlarni joylashtirish





    1. Kafelarda

    2. Barlarda

    3. Restoranlarda

    4. Sharq taomlari oshxonalarida

    5. G‘arb taomlari oshxonalarida

    6. Yevropa taomlari oshxonala-rida

    7. Milliy taomlar oshxonala-rida

    8. Pavilonlarda


7. Turistlarni ovqatlantirish






    1. Tarixiy-me’moriy obidalar bilan

    2. Mustaqillik inshootlari bilan

    3. Arxeologik qazilmalar bilan

    4. G‘aroyib voqealardan qolgan qoldiqlar bilan

    5. Ko‘rkam bog‘lar bilan

    6. Xushmanzara tog‘lar bilan

    7. Orombaxsh suv havzalari bilan





8. Turistlarni sayohat joylari bilan tanishtirish



    1. Har xil sport inshootlarida

    2. Kinoteatrlarda

    3. Teatrlarda

    4. Konsertlarda

    5. Har xil tinch-osuda joylarda


9.Turistlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish




Bu mexmonxonalar va joylashti-rish vositalari, transport vosita-lari, umumiy ovkatlanish ob’ekt-lari, kungil ochish ob’ektlari va vositalari, bilim orttirish, davo-lash, soglomlashtirish, sportga doir, diniy – marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshka maksadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistlik - ekskursiya va gid-tarji-monlik xizmat-larini taklif kiluvchi tashkilotlar majmuidir.




10. Turizm industriyasi




11. Turoperatorlar

Turoperatorlar turistlik mahsulotni shakllantirishini uni bozor tomon haraktaini, shuningdek, realizatsiya qilinishini taminlovchi yuridik shaxsdir.




Bu iste’molchiga - turistga yoki mijozlarga ayrim turistlik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshi-ruvchi korxona yoki jismoniy shaxsdir


12. Turistlik agentliklar (turagent)



- transfer, kup xollarda avtobus, turistlarni junatish joyidagi asosiy tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mexmonxonaga eltish hamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;

- borishlari kerak bulgan uzok masofalarga eltish;

- avtobus va temir yul turlarida marshrut buyicha olib yurish, bunda tashish boskichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi buladi, tashish vositalari esa, kupincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayoxatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin;


13. Transport xo‘jaligi





14. Mehmonxona

xo‘jaligi


Joylashtirish vositalari va tizimi, ya’ni asosiy vositalar - bular vaktincha kelib ketuvchilarga (mijozlarga) turli darajada xizmat kursatish bilan boglik xolda ularni kabul kilish va tunashlarini tashkil etish buyicha maxsus moslashtirilgan turli xildagi va kurinishdagi (chayladan tortib to ulkan mexmonxonalargacha bulgan) binolardir

Mexmondustlikning (mexmon kabul kilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistlik markaz xujaligining eng kuchli tizmidir va turizm iktisodiyotining muxim tarkibiy kismidir


Tayanch iboralar: Turizm industriyasi, turoperator, turagentliklar, transport va mehmonxona xo‘jaligi, ovqatlanish xo‘jaligi, pansion, yarimpansion, turistlarni joylashtirish, turistlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turistlarni sayohat joylari bilan tanishtirish, tashish vositalari.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


  1. Turizmni tashkillashtiruvchi tashkilotlarga nimalar kiradi?

  2. Turizm sohasida turoperator qanday vazifani bajaradi?

  3. Turagentliklar haqida nimalarni bilasiz?

  4. Transport xo‘jaligiga nimalar kiradi?

  5. Mehmonxona xo‘jaligiga nimalar kiradi?

  6. Turistlarni tashish vositalari deganda nimani tushunasiz?

  7. Turistlarni ovqatlantirish nimadan iborat?

  8. Turizm industriyasi deganida nimani tushunasiz?

5. TURIZM TURLARI VA ASOSIY KO‘RINISHLARI
Reja:

    1. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari.

    2. Harakatlarning turlariga nisbatan turizm marshrutlarining tasnifi

    3. Turizm turlarining ko‘rinishlari.

    4. Qishloq turizmining rivojlanishi

    5. Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari


5.1. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari.
Turizmning aktiv va passiv turlarga bo‘linishining asosiy mazmuni, odamning turizm jarayonida harakatlanishi va mijozining turlarini aniqlash bilan belgilanadi. Katta jismoniy kuch talab qilinadigan va hamma turistlar qatlamiga ham to‘g‘ri keladigan turizmning aktiv turlariga - dam olish va sayyohat, vaqti chog‘lik, sport kabilar kiradi.

Turizmning passiv turiga turistlik sayyohlikning tinchroq va kam kuch sarf qilinadigan, jismoniy zuriqishga xos bo‘lmagan turi kiradi. Bu tur bir maromda dam olishga moslashgan shaxslarga mo‘ljallangan, tanishish turizmi bo‘lib, davolovchi harakterdagi sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlardan iborat, ya’ni turli sanatoriy va kurortlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Bunday turdagi turizm ko‘proq yosh farzandli oilalarga, katta yoshdagi turistlarga va nafaqaxurlarga tegishlidir.

Aktiv turizmga har - xil sarguzashtli sayohatlarni kiritish mumkin: sarguzashtli turizm (adventure tour), ekzotik joylarga, vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi. Odatda bu ekzotik va ekologik jihatdan toza tabiiy rezervatsiyalar, g‘arb sayyohatlari, noan’anaviy transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan, biron-bir qolipga tushmagan turizmdir. Ba’zi holatlarda bu xildagi turizm jiddiy jismoniy zuriqishlar (yextgeme tour) bilan bog‘liq bo‘ladi, turistdan mustahkam sog‘liq va dovyuraklik talab qilinadi. Masalan, Koloradaning toshqin daryolarida shishirilgan qayiqlarda sayr qilish, Shimoldagi mamalakatlarda itlar tortadigan chanalarda va tog‘-chang‘i kurortlaridagi dam olish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ularda qatnashish uchun turistlar oldindan ma’lum ko‘nikmaga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak. Bu xildagi turizm sport turizmiga yaqin hisoblanadi, unda yo‘laklar yaxshi tayyorlangan, yo‘l ko‘rsatuvchi yordamida xavf minimum darajaga tushirilgan, oraliq lagerlar turistlik anjomlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Aktiv turizmga: halokatlar sodir bo‘lgan joylarga qilinadigan sayohat (zilzilalar, suv toshqinlari, vulqonlarning otilishi, texnogen xalokatlar, vertolyotdan Chernobil AES ni tomosha qilish va ekstremal hodisalar) kiradi. Yevropadagi ba’zi turistlar qamoqlarda o‘tirgan kishilarning kameralariga kirib, 1-3 kun davomida jinoyatchilar boshidan kechirgan kechinmalarni boshlaridan o‘tkazishni xush ko‘radilar. Buning uchun turistlar kuniga 120 dollar to‘lashga ham rozi bo‘ladilar.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda aksariyat turfirmalar shakllantiradigan turistlik turlarning xillari quyidagi 5.1. diagrammada ifodalangan.



Diagramma 5.1.
O‘zbekiston turizm tarmog‘idagi turistlik turlarning umumiy hajimdagi ulushlari
*DTJ- Bojxona statistikasiga ko‘ra doimiy turar joyi O‘zbekiston bo‘lgan fuqarolar
5.2. Harakatlarning turlariga nisbatan turizm marshrutlarining tasnifi
Harakatlarning turlariga nisbatan turizm marshrutlarning tasnifini quyidagi holda o‘rganish mumkin:

Piyoda – (walking or hiking tour) – turistlik yo‘nalishlari. Traking tour - piyoda yo‘nalish yoki sayr qilish turizmidir. Odatda yo‘nalishning uzunligi 2–6 km.dan xattoki 20-50 km.gacha cho‘zilishi mumkin.

Hayvonlar bilan harakatlanadigai marshrutlar (fil, tuya, eshak, ot, itlarda). Norse riding tour - ot bilan sayr qilish turistilik marshruti keng tarqalgan. Turistlar texnika vositalari bilan borish qiyin bo‘lgan tabiatning diqqatga sazovor joylariga ana shu vositalar yordamida borishlari mumkin.

Temiryo‘l turistlik marshruti – (rail adenture tour) – bunda turistlar safar davomida ko‘pgina joy va mintaqalar bilan tanishadilar, bu davrda ular vagonlarning juda ham qulay kupelarida yashaydilar, ko‘chib yuruvchi restoranlarda ovqatlanadilar. Harakatlanishning asosiy qismi kechasi amalga oshiriladi, kunduzi esa turistlik dasturida kuzda tutilgan markaziy mahalliy diqqatga sazovor joylarni, muzeylarni va boshqa ob’ektlarni ziyorat qilishadilar. Rossiyada katta shaharlar bo‘ylab temir yo‘l turistlik marshruti keng tarqalgan (Sankt-Peterburg – Novgorod – Pskov – Moskva yoki Sankt-Peterburg – Omsk – Irkutsk). O‘zbekistondagi temiryo‘l tizimidagi islohatlar natijasida, Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva – Shahrisabz shaharlariga tez yurar poyezdlarda sayohatlarni amalga yo‘lga qo‘yildi. Turistlik poyezdi tarkibiga yotoq vagonlaridan tashqari vagon – restoran, vagon- klub, vagon - dushlar ham kirishi mumkin.

Avtobusli marshrutlar, bunda turistlar mamlakatlarni, butun turistlik destinatsiyalarni bir punktdan ikkinchi punktga harakatlanib kesib o‘tadilar, umuman turistlar avtobuslarda juda oz uxlaydilar, asosan uxlash uchun qimmat bo‘lmagan mehmonxona yoki otellar kuzda tutiladi, ammo bugungi kunda maxsus yotoqli avtobuslar ham mavjud.

Shaxsiy yoki ijaradagi avtomobillardagi turizm (self drive itinerarries) o‘z mashinasidan ajralmagan holda sayohat qiladigan turistlar guruhi ham mavjud. Ular bir qancha tranzit vizalar olib, murakkab marshrutlar bo‘ylab bir necha mamlakatlarni kesib o‘tishadi, ayrim vaqtlarda ular mashinalari orqasida ko‘chib yuruvchi uylarni sudrab yuradilar, unda ular taom tayyorlashadilar, ovqatlanishadilar va tunashadilar. Bunday turistlar uchun maxsus avtokempinglar va karvonlar uchun to‘xtash joylari o‘rnatiladi. Self drive tour – turizm, bunda turist avtomobilni ijaraga olishi yoki kelishilgan marshrut bo‘yicha o‘zining shaxsiy mashinasida harakatlanishi mumkin. Turistlik agentlar kempinglarda turar joylar, otellar, oziq-ovqatlar buyuradilar, haritalar yetkazib beradilar, bir qancha qulay va qiziqarli safar marshrutlarini taklif etadilar, transport sug‘urtalarini rasmiylash-tiradilar.

Suvda sayohat qilish marshrutlari – (water tour) shulardan eng ko‘p tarqalgani suv sayyohligi - boat tour - qayiqlarning har - xil turlarida, yaxtalarda, poroxod-kemalarda sayr qilib, dam olishni o‘z ichiga oladi.

Havo orqali tashish turizmi. Tashishning kattagina qismini havo orqali tashishlar tashkil etib, ular uzoq masofalarga tashishga asosiy e’tiborni qaratadi. Bundan tashqari qit’alararo, okeanlar orqali tashish ham kiradi. Yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yuqori tezlikka ega va xavfsiz havo laynerlarining yaratilishi bilan turistlarni qit’alararo tashish oshib ketdi. Turistlarni tashishda mavjud marshrutlar bilan bir qatorda «charter» yo‘nalishlari ham amalga oshiriladi. Tashish tizimida mahalliy aviatsiyaning ham roli katta, unda mamlakat ichidagi ko‘pgina marshrutlar va uzoq masofaga cho‘zilgan hududlarda turistlarni samolyotlarda tashish ko‘zda tutiladi.

Ko‘pgina turistlik safarlar turli xil transport vositalar orqali amalga oshiriladi. Turistlarni uzoq masofalarga tashishda ko‘pincha havo transporti vositalaridan foydalaniladi. Turistlar uzoq masofadagi dam olish joylariga borishda vaqtni tejash maqsadida samolyotlardan foydalanadilar.

Dastlab La-Mansh bo‘g‘ozidan sayyohlik avtomashinasi Stena Link nomli dengiz solida olib o‘tiladi, so‘ngra temir yo‘l platformalariga yuklab belgilangan manzilga yetkaziladi. Turistlarning o‘zlari shu poyezdning yotoq kupelariga joylashadilar. Avtomashinalarni joyida ijaraga olish ham keng tarqalgan. Xizmatning shunday turistlik paketlari mavjudki, ular samolyotlarda tashish va avtomashinalarni aeroportning o‘zida ijaraga berishni – (fly/ drive tour) o‘z ichiga oladilar, avtomobillarni ijaraga berish – (rent a car) ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Rossiyada ham avtomobillarni ijaraga berish firmalari mavjud, ammo ular faqat chet elliklarga beradilar.
5.3. Turizm turlarining ko‘rinishlari
Turistlik oqimlarning yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «Kiruvchi» va «Chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi.

Talab nuqtai nazaridan turizmning uchta turini ko‘rsatish mumkin: ichki, kiruvchi va chiquvchi turizm. Geografik prinsip asosida turizm sohasining tasniflanishi bo‘yicha xalqaro, milliy va mamlakat chegarasidagi ichki turizm turlari mavjud.





Rasm 5.1. Turizmning turlari bo‘yicha tasniflanishi

Hozirgi kunda Rossiyada 10 nafar chiquvchi turistga, 1 nafar ichki turist to‘g‘ri keladi.

2008 yilda O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har 6 nafar chiquvchi turistga, 1 nafar ichki turist to‘g‘ri keladi.

Turizm bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha qo‘yidagi proporsiya tavsiya qilinadi:


1 ta kiruvchi turist- 1 ta chiquvchi turist- 4 ta ichki turist.
Bu proporsiya BTT tavsiyalari bo‘yicha eng optimal nisbat hisoblanadi, uni amalga oshirish uchun turistlik faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonunlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi 5-jadvalda ko‘rsatilgan:



Jadval 5.1.
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari (rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobida)


Ko‘rsat-gichlar

Jami

2008 yil

Shu jumladan safar maqsadlari bo‘yicha

Tadbir korlik (xizmat doira-sida)

O‘qish

Ish-lash

Turist lik

Qarin-doshlar-ga tashrif

Davo-lanish

DTJ*

Tijo-rat

Kirish

933358

61911

6958

21552

122380

621313

31793

32485

34966

Shu jumladan:

SNG dav-latlaridan

771334

46568

5593

14119

55283

576697

30451

25863

16760

Boshqa chet el davlatlaridan

162024

15343

1365

7433

67097

44616

1342

6622

18206

Chiqish

633305

45893

4946

28212

86665

97582

5863

345730

18414

Shu jumladan:

SNG dav-latlariga

479976

30358

3741

20517

38115

87698

4668

289526

5353

Boshqa chet el davlatlariga

153329

15535

1205

7695

48550

9884

1195

56204

13061

Manbaa: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona kumitasi ma’lumotlari asosida

*DTJ- Bojxona statistikasiga ko‘ra doimiy turar joyi O‘zbekiston bo‘lgan fuqarolar
Ushbu jadvalda ko‘rsatilganidek, boshqa chet el davlatlaridan turistlar oqimining kirishini ta’minlab beruvchi asosiy mamlakatlarga quyidagilar kiradi: Avstraliya, Avstriya, Yaponiya, Angliya, Afg‘oniston, Belgiya, Albaniya, Olmoniya, Turkiya, Koreya, Gresiya, Isroil, Yaponiya, Fransiya, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Malayziya, Xorvatiya, BAA (Birlashgan Arab Amirligi) va boshqalar. Jadvalda ko‘rsatilganidek, 2008 yilda chiqish turizmi 633305 turistlarni tashkil etgan bo‘lsa, kirish turizmi esa 933358 tursitlarni tashkil etigan, bu hol respublikadagi turizm eksporti solmog‘ining ko‘payishini ko‘rsatadi. Demak, turizm eksportidan respublika byujdetiga kirib keluvchi mablag‘ chikuvchi turizmga nisbatan oshib ketmoqda. Bu xolni O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishidagi ijobiy ko‘rsatkich deb baholash mumkin.

Turizmning xilma - xilligi uning bosh maqsadiga bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi:



  1. Dam olish yoki rohatlanish, ko‘ngil ochar tur - rleasure tour, delights tour. Bu turistlik dam olish va turistlikning keng tarqalgan turidir;

  2. Dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadidagi kurort- resort or health resort or resort-spa.

Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm - health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa - sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar sog‘lomlashtiruvchi - davolovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurortlarda) olib boriladi. Turistlik prospektlarda ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish maqsadlariga qarab, kempinglarda mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingurgutvodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydilar. Mashhur chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan - Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, Visbaden va Baden-Baden (Germaniya); Bad-Ishl, Bad-Gastayn va Baden-bey-Vin (Avstriya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya) Termal buloqlarining kattagina qismi Gresiya va Vengriyada taniqlidir.

O‘zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan holda, Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», «Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Nagorniy», Buxorodagi «Moxi-xossa» va Toshkent viloyatida joylashgan «Chinobod» hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash hamda dam olish imkoniyatiga ega bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud.



Ko‘ngil ochar turlar– (entertainment) turizm dasturlarida ma’lum ma’noda turistlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. «Turistning yaxshi ko‘ngil ochishi» uchun xizmatlarning barcha qirralarini ochishda yordam beradi. Bu faol o‘yinlar (golf, kriket, kegli), otlarda sayr qilmoq, attraksionlarga borish (tematik bog‘lar, masalan, Disneylend, Delfi kari, zooparklar), restoranlar, dangsinglar, disko klublar, magazinlar, kazino va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Xorij mutaxassislarining fikricha, 110 dan ortiq keng qo‘llaniladigan turizm amaliyotidagi ko‘ngil ochar turlar mavjud.

Familiarization trip yoki famtrip, ya’ni tanishtiruvchi, reklama safari. Marshrutni qaytadan batafsil ishlash va uning shartlari bilan tanishish uchun reklamali sayohatlarga asosan turli dilerlar va turoperatorlar yoki turistlik agentliklar ishchilari borishadilar. Ular butun marshrutni to‘laligicha bosib o‘tishadi va yashash sharoitlarini, ekskursiya dasturlarini, ovqatlanish asosini, transferni, madaniy va ko‘ngil ochar dasturlarni aniqlashadilar. Ularni mahalliy sharoitlar, udumlar, meditsina va sug‘urta xizmatlari, jinoiy holatlar va boshqa kritik holatlarda davlat organlari bilan birgalikda olib boriladigan ishlar haqida to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar. Qoida bo‘yicha tanishtiruvchi turizmga ma’lum chegirmalar beriladi yoki bunday turizm to‘laligicha qatnashuvchi kompaniya tomonidan to‘lanadi. Ba’zi mamlakatlar, masalan, Isroil qabul qilish bo‘yicha turistlik faoliyatni faol qo‘llab-quvvatlab, tanishtirish bilan bog‘liq safarlarni davlat byudjetidan dotatsiyalaydi.

O‘rganuvchi turizm - sonnoisscur tour. Turizm markazlariga biror narsa o‘rganish uchun borishdan iborat. Bular dunyoga mashhur Nyu- York (har yili 32 mln turist bu yerga o‘rganish maqsadida borishadi), Parij, Madrid, Rim, Peterburg, Qoxira, Singapur, Gongkong, Rio-de-Janero va shu kabi shaharlardir. Turistlarning qiziqish ob’ekti bo‘lib qadimgi joylar, muzeylar, haykallar, shaharlarning chiroyli landshaftlari xizmat qiladi.


Download 3,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Download 3,8 Mb.