• Go‘zal tog‘li mavzelarga sayohat
  • Safari Safary tour
  • Urushlar va tarixiy janglar bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari va ularning avlodlari uchun uyushtirilgan turizm
  • Turizm bozorida Rojdestvo
  • . Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari
  • Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar
  • 6. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
  • 6.1.Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish
  • 6.2. Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish
  • «Turistlik sayohati» xizmatini loyihalashtirishning natijasi quyidagi turistlik korxonasining texnologik hujjatlari hisoblanadi
  • «Turistlik safari» xizmatini loyihalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1.8 Mb.
    bet7/24
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24

    5.4. Qishloq turizmining rivojlanishi
    Qishloq turizmi - farm tour, riral tour. Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo‘lib, doimo dala xovlilarini yoki boshqa joylarni ko‘p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o‘ziga xos tomonlari shundaki, masalan, Sitsiliyaning agrar viloyatlarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kambag‘al turistlar yoki studentlarni ish haqi to‘lamasdan, boshpana va ovqat uchun ishga yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plyajlarda cho‘milishi, muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi mumkin.

    Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo turizm xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi.

    Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, shunga qaramay turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi aholinig samimiyligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z xalqining va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta olib kirishlari va shu daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatbaho turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

    Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:



    • qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga qaramay, oilasining an’analariga qarab amalga oshiriladi;

    • vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab;

    • tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadida;

    • ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanishi mumkinligi uchun;

    • qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real imkoniyatlar borligi uchun;

    • boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun.

    Qishloqda dam olish - bu tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida shahar sharoitida yig‘ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o‘zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va yashash madaniyati, qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, tabiat bergan in’omlarni to‘plash va qolaversa, dam olishning arzonligidan iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi o‘z harakteriga ko‘ra ekologik turizmning bir ko‘rinishiga kiradi.

    Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli kunlardagi xordiq olishlarini to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta bo‘lmagan uylarni, qishloqlardagi katta bo‘lmagan xonalarni, kottejlarni, tabiat manzaralari chiroyli bo‘lgan joylarni ijaraga olish yo‘li bilan.

    Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga muvofiqdir, bu - turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga, ularning urf-odatlari va qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada ishlashga imkon beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi, lekin fermerlar uchun qo‘shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha zaruriy narsalar yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham daromad ko‘radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kamharajat turizm turi deyish mumkin.

    Go‘zal tog‘li mavzelarga sayohat, tog‘larda sayr qilish, guzal joylarni tomosha qilish va h.k. Turistlar e’tiborini quyidagi ajoyib joylar lol qoldiradi. Grand Kanon, Tosh barmoqlar vodiysi (Avstraliya). Ulkan sharsharalar (Niagara, Viktoriya). Turistlar uchun ularni tomosha qiladigan maydonchalar, moslamalar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda bunday go‘zal joylar asosan, Surxandaryonning Saraosiyo tog‘li hududlari, Jizzaxning Zomin tog‘ manzaralari, Toshkent viloyatidagi Chotqol tog‘ tizmalari, hamda Qashqadaryodagi Kitob xalqaro geografik kengliklarida joylashgan.

    Safari Safary tour, qo‘riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, fotoovchilik, Keniya yoki JAR qo‘riqxonalariga sayr, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda ko‘rish maqsadidagi sayrlar.

    Tabiat kuyniga yoki qo‘riqxonadagi e’tiborga loyiq yerlarga jip mashinalarida (Jip-Safary) sayohat. Sayohat davomida turistlar o‘tirgan jiplardan tashqari kuzatuvchi mashinalar kalonnasi bo‘lib, ular oziq - ovqat, palatkalar, yoqilg‘i va shu kabilar bilan yuklanadi. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko‘rish, balki tog‘li hududda avtomobil boshqarish, tusiqlarni yengib o‘tish, lager hayotiga o‘rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o‘rgatadi.



    Urushlar va tarixiy janglar bo‘lgan joylarga urush ishtirokchilari va ularning avlodlari uchun uyushtirilgan turizm. Ular o‘z ichiga kuyidaglarni oladi: harbiy ob’ekt va poligonlar, harbiy texnikada sayr, tanklar, kiruvchi samolyotlar, harbiy qurollardan foydalanish, harbiy o‘quv mashqlari, kosmik kemalar uchirishni tomosha qilish kabilar. Bularni- military tour,-deb ataladi. Shuningdek bu sayohatlarga yana konslagerlar va qamoqxonalarga tashriflar kiradi.

    Qumsash turizmi – bu asosan qarindosh yoki do‘stlarini ziyorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan kishilar bilan bog‘liq. Ko‘chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‘linadi:

    • majburiy ko‘chganlar, o‘zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki siyosiy sabablariga ko‘ra tashlab ketganlar.

    • o‘z xohishlari bo‘yicha ko‘chganlar – o‘z yurtlarini yaxshi hayot izlab tashlab ketganlar.

    Majburiy ko‘chganlar - sayyoramizda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aholi migratsiyasi iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta’sirida bo‘ladi. Ming yillar oldin Norvegiyaliklar va Irlandiyaliklar, Islandiya va Grilandiyaga ko‘chgan edilar. Tarixda Angliyadan Amerika qit’asiga diniy qarashlari tufayli ko‘chganlar haqida ham ma’lumotlar bor. Jahon urushlari sanoqsiz kulfatlar va yangi qochoqlar tulqinini vujudga keltirdi, ularga urushdan qochganlar va asrlar kirib, o‘z vatanlariga qaytishdan xavfsirab boshqa yerlarga ko‘chganlar.

    Keyingi turdagi ko‘chganlarga Volga buyi nemislarini kiritish mumkin. Bu yerda ular rus shohlari tomonidan yashashga taklif qilingan, 200 yildan keyin esa kommunistlar ularni vatan xoini deb Qozog‘istonga ko‘chirishgan, qayta ko‘rish va ittifoqning birligini yo‘qolishi, ular hayotini yanada qiyinlashtirdi, faqatgina 300 yil o‘tib ular o‘zlarining vatani - Germaniyaga (minglab aholi) qaytib kelishmoqda.

    Qumsash turizmga yaqqol misol bo‘lib, O‘zbekistonda Sobiq ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh urug‘lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qrim-tatar, zakavkaz xalqlari, nemislar va boshqa millatga mansub bo‘lgan aholini ko‘rsatishimiz mumkin.

    Diniy ziyorat – (religious or piligrim tour) diniy maqsaddagi sayohat va sayrlardan iborat. Diniy maqsaddagi ziyorat tarixiy sayohat bo‘lib, uning ildizlari tarixga boradi. Bu kabi turistlarning birinchilari o‘rta asr ibodatchilaridir. Bu xildagi sayr diniy ishonch, o‘z va o‘zga dinlarga qiziqish asosida vujudga keladi.

    Dunyodagi ko‘p odamlar Makkai Mukarramaga, muqaddas yer bo‘lgan Vatikan ibodatxonalariga va boshqa joylarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. O‘zbekistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqanddagi, Buxorodagi, Xorazmdagi va boshqa viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‘la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan Imom al-Buxoriy ziyoratgohi diniy turizmni rivojlantirishda muhim o‘ringa egadir.



    Turizm bozorida Rojdestvo va boshqa bayramlarni nishonlash uchun, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa davlatlariga sayr qilishadigan xizmatlar mavjud. Turistlar ichida ayniqsa Finlyandiyaning qutb chegarasida joylashgan Rovaniymiga, Santa Klaus vataniga sayohat mashhur bo‘lib bormoqda. Bu yerda bolalar va kattalar uchun tantanalar o‘tkaziladi. Laplandiyada zamonaviy aeroport qurilib, u yerga xatto samolyotlar ham qatnaydi. Mehmonlar uchun Santa Klaus va gnomlar ishtirokida tomoshalar uyushtiriladi, Santa Klaus qishlog‘ida supermarket, g‘orlarda bolalar tomoshagohlari qurilgan.

    Marosim turizmi – (ritual tour) odatda qarindoshlarning qabrlari yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan joylarga uyushtiriladi. Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qilish marosim turizmining asosini tashkil etadi. Ko‘pgina turistlar tarixiy yurtlarga aynan qarindoshlarini kabrlarini ziyorat qilishga boradilar. Yana bir marosim turizmi – bu yaqin orada janglar bo‘lib o‘tib, shu janglarda halok bo‘lgan askar va zobitlar qabrini ziyorat qilish uchun uyushtiriladigan sayohatdir. Respublikamizda bu turdagi turizm bilan «Nuroniy», «Shaxidlar xotirasi», «Oltin meros» jamg‘armalari shunday ezgu ishlar bilan shug‘ullanadilar.


      1. . Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari

    Klubli dam olish tizimi jahon turizm biznesida tez o‘sib borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi, u jahonning 81 mamlakatida o‘z rivojiga ega, mazkur tizimda ishlovchi 4500 dan ziyod kurort – turmajmualar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dam olishning bu turi dam olishni tashkil etish, yashash va ovqatlanishni erkin tanlash xususiyati tufayli G‘arb davlatlarida ulkan ommaviylik bilan foydalaniladi. Hozirgi vazifa shundan iboratki, dam olishni bu to‘rini ommabop, qiziqarli va ochiq bo‘lishni ta’minlashdan iborat. Klubli dam olishni farqli tomonlaridan biri shundaki, turistlar nomerda emas, balki jihozlangan oshxonalarga ega bo‘lgan shinam, dang‘illama uy, koshonalarda (apartament) dam oladilar. Bu oshxonada shoshmasdan nonushta tayyorlashni va ayvonda kofe ichishni xush ko‘radiganlar uchun juda qulay hamda zavqli hisoblanadi. Agar sizni yosh farzandingiz bo‘lsa yoki siz parhezda bo‘lsangiz mazkur usul eng maqbul, yaxshi variant hisoblanadi. Bu yerda nafaqatgina oddiy tungi nonushta qilish, balki qo‘shimcha to‘lov evaziga tamaddi qilishning ma’lum turi: pansion (ta’minot) yoki yarim pansionlarni olish mumkin bo‘lgan restoran va qaxvaxonalar ham mavjud.

    Apartament (dang‘illama uy, koshona) lar studiyadan (bu kattagina xona), jihozlangan oshxonalardan tortib to bir, ikki, uch kishilik tunash joylariga ega bo‘lgan apartamentlar kabi bir necha turlarga bo‘linganligi sababli kichik oilalar ham klubda shinam joylashishlari mumkin.

    Haqiqatda – bu turistlar o‘z uylariga tashrif buyurganidek obod, shinam har tomonlama qulay kvartira hisoblanadi. Kvartiradan yagona farqli jihati u saroyda yoki otelda joylashgan bo‘lishi mumkin. Klub – bu faqatgina klub a’zolari va ularning mehmonlari dam oladigan yopiq hudud hisoblanadi.

    Bu yerdagi barcha dam oluvchilar klubli dam olishni imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtiriladigan uchrashuvda ishtirok etishi zarur. Butun dam olish davomida har bir oila juftligiga ularni klubga kelish payti dan boshlab to ketish vaqtigacha dam olish sifatini nazorat qiluvchi va turli-tuman sayohat (ekskursiya) dasturini taklif etuvchi gid (ekskursiya boshlovchisi) biriktiriladi.

    Dam olish klubi – turizm industriyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblangan, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi klub a’zolarini dam olishni tashkil etish maqsadida yaratilgan tijorat yoki notijorat tashkilotdir.

    Klubli dam olish – klub tomonidan belgilangan muddatlarda va qo‘yilgan shartlar asosida klubga tegishli bo‘lgan joylashtirish dam olish joylarida dam olishning bir turidir.

    Bo‘lingan vaqt tartibida klubli dam olish (taymsher) – davomiyligi bir haftadan kam bo‘lmagan muddatda har yilning ma’lum davrida klubda dam olish.

    Klubda dam olish huquqi – turizm mahsulotining turlaridan biri bo‘lib hisoblangan ma’lum vaqt davomida dam olish klubi xizmatidan va joylashish vositalaridan foydalanish uchun oldindan to‘langan huquqlar.

    Dam olish klub a’zosi – klub tomonidan aniqlanadigan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan, dam olish klubi a’zolik reestiriga qayd qilingan huquqiy yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Sotuvchi – shaxsiy tadbirqorlar yoki huquqiy shaxslar, jumladan, tadbirqorlik faoliyati doirasida klubli dam olishga xuddi turagent sifatida huquqli sotishni amalga oshiruvchi dam olish klublaridir.

    Sotishning tashkilotchisi tadbirqorlik faoliyati doirasida uni sotishdan tashqari, qonunda ta’qiqlanmagan istalgan usulda klubda dam olish huquqini bozorga chiquvchi xususiy ) tadbirqor yoki huquqiy shaxs hisoblanadi; haridor – maqsadi foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan klubda dam olish huquqini harid qiluvchi yoki harid qilish niyatida bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxsdir. Sotuvchi va haridor o‘rtasidagi munosabatlar mos ravishdagi shartnoma bilan tartibga solinadi.

    Klubda dam olish huquqini sotish maqsadlarida tuzilgan klub shartnomaga (bundan keyin – klubda dam olish shartnomasi) rus tilida rasmiylashtiriladi yoki haridorni talabiga ko‘ra u yashaydigan hudud respublikasidagi davlat tilida rasmiylashtiriladi. Agar dam olish klubini a’zosi klubda dam olish shartnomasi tuzilgandan keyin chet el davlati hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan shartnoma bilan birga sotuvchi dam olish klubi qayd qilingan hududda belgilangan tartibda davlatni rasman tiliga tarjima qilib, qonuniylashtirib (rasmiylashtirib) berishi kerak.

    Klubda dam olish shartnomasi uning a’zolariga qabul qilinadigan dam olish klubi tomonidan ko‘rsatiladigan joylashuv vositalari va xizmatlari bilan tanishtirilgandan keyingina tuzilishi zarur. Joylashuv vositalari bilan tanishish maqsadlarida tashrif buyurish harajatlari klubli dam olish shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab qoplanadi. Ko‘rsatilgan harajatlar miqdori (razmeri) sotuvchi va haridor o‘rtasida oldindan kelishiladi.

    Joylashish vositalari bilan haridorni oldindan tanishtirish faqatgina u yerga haridorni tashrifdan voz kechgan holatlarda ruxsat etiladi. Bu to‘g‘risida klubda dam olish shartnomasida mos ravishdagi yozuvlar qayd etiladi yoki klubda dam olish shartnomasi qonunga mos ravishda belgilangan qoidalar bo‘yicha kimoshdi savdolarini tashkil etish yo‘li bilan klubda dam olish huquqini ulgurji bozorini shakllantiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar orqali tuziladi.

    Klubda dam olish shartnomasini tuzishdan oldin sotuvchi oldindan haridorga taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘ldirish huquqiga ega. Sotuvchi va sotish tashkilotchisi haridorga ham yozma shaklda ham og‘zaki shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarni ishonchliligini qonunlarga mosligi (muvofiq kelishi) ustida javobgardirlar.

    Agar sotuvchi klubda dam olish shartnomasini tuzishda dam olish klubi bo‘lmasa, haridorga ko‘rsatilgan shartnoma tuzish huquqini sotuvchiga beruvchi hujjatlar nusxasini berishga majbur. Dam olish klubi va ko‘rsatilgan klub a’zosi o‘rtasidagi munosabatlar dam olish klubi a’zolarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi klub a’zosi va dam olish klubi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni haridorga berishi zarur. Bu to‘g‘rida klubda dam olish shartnomasida tegishli mos ravishda yozuvlar qayd etiladi.


    Tayanch iboralar: Aktiv va passiv turizm, turistlik marshrutlar, sarguzashtli sayyohlik, temiryo‘l sayyohligi marshruti, avtobusli marshrutlar, sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm, o‘rganuvchi turizm, qishloq turizmi, safari tur, marosim turizmi, qumsash turizmi, diniy turizm, klubli dam olish.

    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:


    1. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlarining farqi nimadan iborat?

    2. Harakatlarning turlariga nisbatan sayyohlik marshrutlar tasnifi qanday ko‘rinishlarga ega?

    3. Turizm turlarining tasnifi buyicha qanday turlarni bilasiz?

    4. Qishloq turizmining rivojlanishi nimaga bog‘liq ?

    5. Diniy turizmning hozirgi ko‘rinishi nimadan iborat?

    6. Klubli dam olishni egallash tizimi va uning turlari nimalardan iborat?

    7. O‘zbekiston turizm tarmog‘idagi turistlik turlarning umumiy hajmidagi ulushlarida qaysi turlar katta ahamiyatga ega?


    6. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
    Reja:

      1. Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish

      2. Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish

      3. Turmahsulotni hisoblash jarayoni

      4. Turistlik marshrutini ishlab chiqish bosqichlari

      5. Turistlik sayohatining yo‘llanmasi va texnologik haritasini tuzish

      6. Turistlik korxonaning yuklama grafigi va marshrutini tuzish


    6.1.Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish
    O‘zbekistonda turistlik xizmatlarini shakllantirish Davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Turistlik xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.

    Turistlik muassasasining rahbariyati muayyan xizmatni yo‘lga qo‘yish tartibi va jarayonini, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish usullarini belgilaydi va xizmatlarni loyihalashtirish jarayonini har bir qatnashchisi mas’uliyatini belgilaydi.

    Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


    1. Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash;

    2. Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologiyalarini belgilash;

    3. Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish;

    4. Sifat nazorati metodlarini belgilash;

    5. Loyiha tahlili

    6. Loyiha tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

    Xizmatning har bir tavsifi ist’emolchi va ijrochi uchun imkoniyat darajasida ahamiyatli bo‘lishi shart. Xizmatning muayyan tavsifi tegishli xizmat turlariga belgilangan davlat standarti talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.

    Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni batafsil yorituvchi hujjatlar quyidagilarni qamrab olishi shart:



    • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, shakli va usullari bayoni;

    • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifinining mazmuni;

    • foydalaniladigan uskunalarning turiga, miqdoriga va qabul qilish qobiliyatiga talablar;

    • zarur xizmatchilar soni va ularning kasbiy malakasi darajasini;

    • buyurtmalar va xizmatlarning shartnomaviy ta’minoti;

    • kafolatlar;

    • zaruriy kelishuvlar (rekratsion zaxiralar mulkdorlari, sanitariya – epidemiologiya va yong‘in xavfsizligi, DAN va boshqa organlar bilan).

    Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan aniq talablar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.

    Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisob-kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida texnologik harita tuziladi.

    Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab o‘zgarishi mumkin. Turistlik xizmatni loyihalashtirishning natijasi texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va b.)

    Sifat nazoratiga doir hujjatlarda turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish yuzasidan nazorat qilish shakllari, usullari va tashkil etilishi, ularning loyihalashtirilgan tavsiflariga mos tarzda kelishini ta’minlash maqsadida belgilanishi lozim.

    Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat:


    • xizmatlar tavsifiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining muhim jihatlarini belgilash;

    • xizmatlar tavsifini tahrir etish usullarini belgilash;

    • nazoratdagi tavsiflarni baholash usullarini belgilash.

    Loyiha tahlili loyihalashitirishning yakuniy bosqichi bo‘lib, uning maqsadlari quyidagilardan iborat:

    • loyihalashtirilayotgan xizmat tavsifi turistlar sog‘lig‘i va hayoti hamda atrof-muhit havfsizligini ta’minlaydi;

    • turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni loyihalashtirilgan tavsiflarga mos kelishi;

    • sifat nazorati usullari xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifini ob’ektiv baholanishini ta’minlaydi.

    Loyiha tahlili turistlik korxonasining tegishli faoliyatni amalga oshiruvchi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

    Loyihani tasdiqlash loyiha yaratishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

    Turistlik xizmatlarini loyihalash va xizmat ko‘rsatish jarayoni buyurtmachi bilan kelishilgan holda turistlik korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

    Loyihani o‘zgartirish asosli holatda buyurtmachi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin va turistlik korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

    Ayrim turistlik xizmatlarini loyihalashtirishni turistlik sayohati misolida ko‘rib chiqamiz:

    «Turistlik sayohati» xizmatini loyihalashtirish tartibi ikki bosqichni nazarda tutadi:



    1. Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq «Turistlik sayohati»ga qo‘shiladigan har bir xizmatni loyihalashtirish;

    2. «Turistlik sayohati» xizmatini yaxlit loyihalashtirish.

    Turistlik korxonasi amalga oshiradigan turni loyihalashtirish turistlik korxonasi imkoniyatlarini sayyohlar ehtiyoji bilan kelishuvni nazarda tutadi.

    «Turistlik sayohati» xizmatining qisqacha bayoni aholining sayohatlar turi va shakliga bo‘lgan ehtiyoji hamda muayyan hududdagi rekreatsion imkoniyatlarni o‘rganish asosida tuziladi. Xizmatning qisqacha bayoni turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturining loyihasida aniqlanadi.



    6.2. Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish
    Xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi:

    • sayohat marshruti;

    • xizmatlar ijrochisi bo‘lgan – turistlik korxonalar ro‘yxati;

    • xizmatlar ijrochisi bo‘lgan har bir korxona taqdim etadigan turlar vaqti;

    • ekskursiyalar va qadamjo ob’ektlar tarkibi;

    • sayyohlar sayri va safarlar ro‘yxati;

    • dam olish tadbirlar majmuasi;

    • marshrutning har bir punktida to‘xtash vaqti;

    • sayohatda qatnashayotgan sayyohlar soni;

    • ichki marshrut yuk tashuvidagi transportlar turi;

    • turizm bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchi, ekskursovod, gid-tarjimon, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi personalga va ularni zaruriy qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj;

    • transport vositalari;

    • reklama, axborot va kartog‘rafik materiallar shaklini tayyorlash, turistlik yo‘llanmalari uchun axborot varaqalarida sayohat tavsifi.

    «Turistlik sayohati» xizmatini loyihalashtirishning natijasi quyidagi turistlik korxonasining texnologik hujjatlari hisoblanadi:

    • turistlik sayohatining texnologik haritasi (5-ilova);

    • turistlik korxonasining yuklanish grafigi (6-ilova);

    • iste’molchiga taqdim etiladigan turistlik yo‘llanmasining axborot varaqasi (7-ilova).

    «Turistlik safari» xizmatini loyihalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:

    • turistlik safari kechadigan hudud va marshrutni ekspeditsion tekshiruvini o‘tkazish;

    • turistlik safar yo‘lidagi (trassadagi) joylashtirish va uskunalar, turar joylar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash;

    • zaruriy turistlik jihozlari, uskunalarni va transport vositalarini sonini hisob-kitob qilish;

    • turizm bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchilar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi personalga bo‘lgan talabni aniqlash hamda ularning tayyorgarligini tashkil etish;

    • safar yo‘li bayonnomasi ko‘rsatilgan reklama – axborot materiallarini tayyorlash;

    • «turistlik safar» xizmati xavfsizligi bo‘yicha choralarni belgilash.

    Safar yo‘lini ishlab chiqish hududlar bo‘yicha mo‘tadil iqlim sharoiti, ekologik va sanitariya me’yor va talablariga javob beradigan, amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tarzda (SSBT, tabiat muhofazasi sohasi standartlariga mos keladigan), hamda aniq turizm turi rivojining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

    «Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning hujjatli asosi marshrutning ekspeditsion tekshiruvi va sayyohlar xohishini sotsiolagik o‘rganish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi (8-ilova)

    «Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning natijasi uning yo‘l pasporti hisoblanadi (9-ilova).

    Turistlik safarining yo‘l pasporti quyidagi tashkilotlar bilan kelishiladi:



    • sanitariya – epidemologiya xizmati organlari;

    • transport vositalari harakatini nazorat qiluvchi boshqa tashkilotlar (DAN, suv inspeksiyasi va b.);

    • er maydoni boshqaruvi organlari (mulkdorlar) bilan, agar ular hududidan turistlik safari yo‘li o‘tgan bo‘lsa.

    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24


    Download 1.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 1.8 Mb.