Samarqand qishloq xo’jaligi instituti




Download 184.5 Kb.
bet22/34
Sana24.03.2017
Hajmi184.5 Kb.
#1398
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Terining maydoni: Keng maydonga ega bo’lgan terilardan anchagina ko’proq charm mahsulotlari olish mumkin, chunki bunday terilarni bichishda (ishlatilganda) maydoni keng bo’lganligi sababli, qiytimga ham kam chiqadi. Qo’y, echki, cho’chqa va bo’g’i terilarini qabul qilish va narx to’lash ularning maydoniga qarab aniqlanadi. Terining maydoni hayvonning turi zoti, jinsi, yoshi oziqlantirish va boqish sharoitiga bog’liq. Bundan tashqari terining maydoni ularning konservalashga qarab ham o’zgaradi. Tuzsiz konservalanganda terining maydoni o’rtacha 10 % ga, tuzlab quritilganda 6% ga qisqaradi. Qo’y va echki terilarining maydoni kvadrat disemetrlarda (terining enini bo’yiga ko’paytirish yo’li bilan, teri bo’yining yuqorigi qirrasida, quyrug’idan dumining asosigacha, jaydari , dumbali qo’y terilarini terilarini bo’ynini yuqorigi qirg’og’idan, orqangi oyoqlarining ) biriktiruvchi pastki cho’kmasigacha, enini esa oldingi oyoqlarini pastki cho’kmasidan 3-4 sm pastidan o’lchanadi.

Cho’chqa terilarini bo’yini eniga ko’paytirish yo’li bilan o’lchanadi. Terisini uzunligini, bo’ynining yuqori qismidan, orqangi oyoqlarining pastki cho’kmasigacha, enini esa oldingi oyoqlarining cho’kmasidan 8-10 sm pastidan o’lchanadi. Cho’chqa terilarini yaxlit bel qismini (krupe) desimetr kvadratlarda umurtqa pog’onasi chizig’i bo’ylab yuqorigi qirrasidan to pastigacha, enida esa yaxlit bel qismini teng o’rtasidan o’lchanadi. Terining eni va bo’yini o’lchaganda o,5 dan va undan ortig’i .

Qo’y va echki terilari tarang tortib quritilganda 10% maydonidan tashlab qabul qilinadi. Terining maydoni kengligini o’lchash uchun metr yoki desimetrlarga bo’lib ko’rsatilgan rishotkalarda ( planjet) ya’ni yupqa taxta yoki organik shishani ichki tarafidan 1x1 dm2 qilib to’rda chiziqlar o’tkazsa bo’ladi. .

Rejalagichni umumiy o’lchami 12x12 dm2 dan iborat. Rejalagichni o’ng tarafidan tik tushirilgan yon tomonidan va pastki qismidan o’tgan 0,5 dm2dan hoshiya qoldirilgan. Terini rejalagichga o’lchaganda, to’qima tarafini yuqoriga qilib shunday qo’yiladikim, teri uzunligini pastki nazorat nuqtasi rejalagichni etak qismini pastki qirg’og’i bilan ustma-ust tushsin, terining kengligini ung tomonini nazorat nuqtasi rejalagichni o’ng qirg’og’i bilan ustma-ust qo’yiladi. Terining maydonini, teri chap tomoni tanasidagi nazorat nuqtasini kesib o’tgan aylanmalarni tutashgan joyi standart (nazorat) nuqtasida joylashgan rejalagich raqami bilan belgilanadi, rejalagichdan foydalanish, qo’shimcha hisob kitoblar qilish uchun zaruriyat tug’dirilmaydi. Rejalagich teri maydonini tez va aniq belgilab beradi.





Download 184.5 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Download 184.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand qishloq xo’jaligi instituti

Download 184.5 Kb.