• Namunalar tarkibidagi BaC1 2 ∙2H 2 O miqdorini aniqlash
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Qo‘shimcha
  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti




    Download 97.91 Kb.
    bet4/4
    Sana14.11.2020
    Hajmi97.91 Kb.
    #12455
    1   2   3   4

    F — qayta hisoblash faktori.

    Ushbu formuladan hamda 2-misolda keltirilgan ma`lumotlardan foydalanib, BaC12∙2H2O tarkibidagi bariyning foiz miqdorini hisoblab topish mumkin:



    Demak, tayyor formuladan foydalanilganda hisoblash ancha osonlashadi.

    Tahlil natijalarini laboratoriya jurnaliga tartib bilan, tahlil qachon o`tkazilgani, sanasi, analizning nomi, aniqlash uslubi, o`lchash va tarozida tortish natijalari, tahlil natijalarini hisoblashni yozib borish kerak.

    Namunalar tarkibidagi BaC12∙2H2O miqdorini aniqlash

    Tarkibida BaC12∙2H2O bo`lgan tuzdan namuna olinadi va u suvda eritiladi.

    So`ngra Ba2+ ioni BaSO4 holida cho`kmaga tushiriladi:

    BaC12∙2H2O + H2SO4 →BaSO4↓ + 2H2O + 2HC1

    Hosil bo`lgan bariy sulfat cho`kmasi tortma tahlilda cho`kmalarga qo`yiladigan

    talablarga to`liq javob beradi, ya`ni u havoda barqaror va eng kam eruvchan, tuzning tarkibi kimyoviy formulasiga to`la mos keladi.Shuning uchun tahlil jarayonida yirik kristallar olishga qaratilgan tadbirlar ko`riladi.



    a) Tortim olish va uni eritish. Bariy sulfatning kristall holatdagi cho`kmasi massasi taxminan 0,5 gr bo`lgani ma`qul. Cho`ktirish jarayonida 1 mol BaC12∙2H2O (244,3 gr) dan 1 mol BaSO4 (233,4 gr) hosil bo`ladi. Ikkala tuzning molekulyar massasi deyarli bir xil bo`lgani sababli 0,5 gr BaSO4 hosil qilish uchuntaxminan shuncha BaC12∙2H2O olish kerak.

    Texno-kimyoviy tarozida taxminan 0,5 gr namuna olib soat oynasiga solinadi va oyna bilan birgalikda analitik tarozida tor­tiladi. Tortim 200 — 300 ml sig`imli kimyoviy stakanga solinadi, soat oynasi esa analitik tarozida qayta tortiladi. Tortish natijalarining farqi tortim massasi miqdorini ko`rsatadi.

    Olingan namuna 90— 110 ml distillangan suvda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda eritiladi. So`ngra kolloid eritma hosil bo`lishining oldini olish maqsadida eritmaga 2 — 3 ml 2 N HC1 eritmasidan qo`shiladi.

    b)Cho`ktirish. Bu jarayonda sulfat kislotaning 2 N konsentratsiyali eritmasi ishlatiladi. Ba2+ ionlarining to`liq cho`kishi uchun kerakli H2SO4 miqdori hisoblab topiladi.
    Cho`ktiruvchi reaktiv hisoblab topilganidan ko`ra taxminan 1,5 — 2 marta ko`proq olinadi. Tahlil qilinadigan eritma deyarli qaynaguncha qizdiriladi(qaynamasligi kerak). Boshqa stakanda taxminan 30 ml distillangan suv olinadi va unga 5 ml 2N H2SO4 eritmasidan qo`shib qaynaguncha qizdiriladi. Keyin tahlil qilinadigan bariy xloridning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda tomchilatib isitilgan sulfat kislota eritmasidan qo`shiladi. Aralashtirish paytida shisha tayoqcha stakan tubiga va devorlariga tegmasligi kerak, aks holda stakan devorlarida kristallanish markazlari hosil bo`lib, devorlarga cho`kma qattiq yopishib qolishi mumkin. So`ngra eritmali stakan isitilgan suv hammomida qoldiriladi.

    Cho`kma ustidagi eritma tingach, Ba2+ ionlari to`liq cho`kkanligi tekshirib ko`riladi. Buning uchun stakan devori bo`ylab erit­maga 2—3 tomchi sulfat kislota tomiziladi. Kislota tomchisi tushgan joyda loyqalanish hosil bo`lmasa cho`kish jarayonii nihoyasiga yetgan bo`ladi.

    Tayoqchani stakandan olmagan holda chang tushmasligi uchun ustiga bir varaq qog`oz yopiladi va cho`kmani «yetiltirish» uchun keyingi mashg`ulotgacha qoldiriladi.

    c) Filtirlash va cho`kmani yuvish. Filtrlash uchun qalin filtr (ko`k lentali) olib, voronkaga joylanadi va cho`kma ustidagi tiniq suyuqlikni dekantatsiya qilishga kirishiladi. Voronka shtativ halqasiga o`rnatiladi, tagiga toza stakan qo`yiladi va cho`kma shisha tayoqcha yordamida ehtiyotlik bilan suyuqlikdan ajratiladi. Agar filtrat loyqa bo`lsa, huddi o`sha filtr orqali yana filtrlanadi. Filtratning tiniqligiga ishonch hosil qilingach, u to`kib tashlanadi va cho`kmani yuvishga kirishiladi.

    Yuvish suyuqligi tayyorlash uchun stakanda 200 — 250 ml distillangan suv isitib unga 4 — 5 tomchi 2 N H2SO4, eritmasidan qo`shiladi.

    Stakandagi cho`kma ustiga 20 — 30 ml yuvish suyuqligidan quyilib, tayoqcha bilan aralashtiriladi va cho`kma tindiriladn. Yuvish xlor ionlari batamom yuqolguncha, ya`ni chayindi suvning AgNO3 ta`sirida loyqalanishi to`xtaguncha bir necha marta takrorlanadi.

    Shundan so`ng cho`kmaning hammasi filtrga o`tkaziladi. Filtrda cho`kma ortiqcha SO42- ionlarini yo`qotish uchun distillangan suv bilan yuviladi. Probirkada yig`ilgan filtrat BaCl2 qo`shilganda loyqalanishdan to`xtaguncha yuvish davom ettiriladi.



    d) Cho`kmani quritish va qizdirish. Cho`kmali voronka ustini qog`oz bilan berkitib, cho`kmali filtrni temperaturasi 100—105°C bo`lgan quritish shkafiga qo`yiladi. So`ngra filtr cho`kma bilan birgalikda, ehtiyotlik bilan avvaldan doimiy massaga keltirib qo`yilgan tigelga solinadi. Ichiga cho`kmali filtr joylashtirilgan tigel mo`rili shkafda elektr plitkada qizdiriladi.So`ngra tigel qisqich yordamida mufel pechga joylashtiriladi va 25—30 minut davomida qizdiriladi. Tigel eksikatorda xona tempeturasiga qadar sovitiladi va analitik tarozida tortiladi.

    Qizdirish va tortish cho`kmali tigel massasi o`zgarmasdan qolguncha takrorlanadi.

    Cho`kmali filtr qizdirilganda filtrning kulga aylanishidan hosil bo`lgan ko`mir hisobiga BaSO4 qaytarilib BaS hosil bo`ladi:

    BaSO4 + 2C = BaS + 2CO2

    ammo BaS yuqori temperaturada havo kislorodi ta`sirida oksidlanadi:

    BaS + 2O2 = BaSO4



    Cho`kmali tigelning massasi doimiy qiymatga erishishi yuqoridagi jarayonlarning tugaganligini va bariy sulfat tarkibida bariy sulfid qolmaganligini ko`rsatadi.

    e) Hisoblash.Tortish jarayonlaridagi hamma natijalar laboratoriya daftariga yoziladi va namunadagi bariy xlorid miqdori hisoblab topiladi.

    Hajmiy tahlil haqida tushuncha

    Titrimetrik tahlilda turli tipdagi kimyoviy reaksiyalar qo`llaniladi. Reaksiya turiga muvofiq, ravishda hajmiy tahlil usullari ham bir necha guruhga bo`linadi: 1) ionlarning o`zaro ta`siriga asoslangan usullar; 2) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan usullar; 3) kompleks hosil bo`lishiga asoslangan usullar.

    Birinchi guruhga neytrallash va cho`ktirish, ikkinchi guruhga turli oksidlanish-qaytarilish, uchinchi guruhga elektrolitlar eritmasida kompleks birikmalar hosil bo`lish reaksiyalari kiradi. Neytrallash usuli neytrallanish reaksiyalariga asoslangan. Ularni umumiy ko`rinshda quyidagicha ifodalash mumkin:

    Kislota+ ishqor = tuz +suv

    yoki

    H++OH-=H2O

    Bu usul eritmalardagi kislota yoki ishqorlar konsentratsiyalarini aniqlashda ko`p qo`llaniladi. Shuningdek, eritmadagi gidrolizlanuvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda ham neytrallash usulidan foydalanish mumkin. Eritmadagi ishqorlar yoki suvdagi eritmalarda gidrolizlanishi natijasida ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standart ishchi eritmalar sifatida kislota eritmasi ishlatiladi. Ushbu tipdagi aniqlashlar atsidimetriya (lotincha acidum — kislota) deb ataladi.

    Kislotalarning konsentratsiyasini yoki gidrolizlanish tufayli kislotali muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standart ishchi eritmalar sifatida ishqorlar eritmasi ishlatiladi. Bunday jarayonlar alkalimetriya (lotincha alkali — ishqor) deb ataladi. Neytrallash usulida ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indi­kator rangining o`zgarishidan foydalanish mumkin. Indikatorlardan fenolftalein, lakmus, metiloranj, metil qizil ko`p qo`llaniladi.Cho`ktirish usulida aniqlanadigan ion standart ishchi eritma bilan ta`sirlashib, qiyin eruvchan birikma hosil qilib cho`kmaga tushadi. Cho`kma hosil bo`lish jarayonida muhit o`zgaradi, bundan foydalanib ekvivalent nuqtani aniqlash imkoni tug`iladi. Masalan, titrimetrik tahlilda Cl- ionlarini aniqlashda tekshirilayotgan erit­mani AgNO3 eritmasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida K2CrO4 tuzi eritmasi qo`shiladi. Tekshirilayotgan eritmadagi Cl- ion lari AgCl holida cho`kmaga to`liq o`tgandan keyin qo`shilgan AgNO3 qizil-g`isht rangli Ag2CrO4 cho`kmasini hosil qiladi, Ag2CrO4 cho`kmasi ho­sil bo`la boshlashi sezilgan zahoti titrlashni to`xtatish kerak.

    Titrimetrik cho`ktirish usullari ham turlicha nomlanadi. Bunda qanday standart ishchi eritma ishlatilganligi asos qilib olina­di. Masalan, ana shu maqsadda AgNO3 eritmasidan foydalanilsa argentometriya yoki ishchi eritma sifatida NH4SCN eritmasidan foydalanilsa rodanometriya usuli deb ataladi.

    Kompleks hosil bo`lishiga asoslangan titrimetrik usul kam ionlanuvchi kompleks birikmalarning hosil bo`lishiga asoslangan. Titrimetrik usul yordamida turli kationlarni (Mg2+, Ca2+, Zn2+, Hg2+, Al3+, Cu2+, Co2+, Ni2+, Mo6+) va anionlarni (CN-, F-, Cl-) aniqlash mumkin, bunda ushbu ionlarning kompleks birikmalar ho­sil qilish xususiyatlaridan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda ion­larning organik moddalar (komp-leksonlar) bilan ta`sirlashuviga asoslangan titrimetrik tahlil usullari keng qo`llanilmoqda.

    Oksidlanish- qaytarilish usullari tekshirilayotgan eritmadagi ionlar bilan standart ishchi eritma tarkibidagi ionlar orasida sodir bo`ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslanadi.

    Eritma tarkibidagi aniqlanayotgan ionning xususiyatiga qarab miqdoriy aniqlashlarda standart ishchi eritma sifatida qaytaruvchi ionlar (Fe2+, C2O42-, NO2-va boshqalar) yoki oksidlovchi ionlar (Cr2O72- , MnO4-, ClO3-, Fe3+ va boshqalar) mavjud bo`lgan tuzlar eritmasidan foydalaniladi. Ayrim oksidlanish-qaytarilish usullarini nomlashda tahlilda qanday standart ishchi eritma ishlatilganligiga asoslaniladi.

    Miqdoriy tahlilda permanganatometriya, yodometriya, xromatometriya kabi oksid-lanish-qaytarilish usullari ko`p qo`llaniladi.

    Permanganatometriya. Bu usulda standart ishchi eritma sifatida KMnO4, eritmasi ishlatiladi. U reaksiyalarda oksidlovchi vazifasini o`taydi.

    Yodometriya. Erkin yod J2 kimyoviy reaksiyalarda oksidlov­chi, J- ioni esa qaytaruvchi sifatida ishtirok etadi. Yodometriya usulida indikator sifatida kraxmaldan foydalaniladi.

    Xromatometriya. Bu usul aniqlanayotgan ionni yoki elementni K2Cr2O7 ning standart ishchi eritmasi bilan oksidlanishiga asoslangan.

    Oksidlanish-qaytarilish usullaridan bromatometriyada KBrO3, vanadatometriyada NH4VO3 oksidlovchilar sifatida ishlatiladi.

    Qaysi usulda tahlil o`tkazilmasin: 1) standart (ya`ni, titri aniq.) Ishchi eritma tayyorlashga; 2) mos keluvchi indikator tanlashga; 3) o`zaro ta`sirlashuvchi eritmalarning hajmini to`g`ri o`lchashga e`tibor berish zarur
    Nazorat savollari

    1. Anionlarning analitik guruhlarga sinflanishi?

    2. I-III analitik guruh anionlari?

    3. Shu gurux kationlarining asosiy birikmalarini korsatining?

    4. Miqdoriy va tortma analiz qanday bajariladi?

    5.Hajmiy analizning o’tkazilishi?



    Test savollari

    1. SO42- anionini aniqlash uchun qaysi tuz eritmalaridan foydalanish mumkin.

    + BaCl2, Pb(NO3)2, Ca(NO3)2

    - BaCl2, Pb(NO3)2, Na(NO3)2 ,

    - BaCl2 , Pb(NO3)2 , K(NO3)

    - Ba Cl2 , Pb(NO 3)2 , LiNO3



    2. SO42- anionini aniqlash uchun qaysi moddadan foydalanish mumkin.

    + Na2C6O6



    • NaHC4H4O6

    • C9H6NOH

    • (C6 H5)2NH

    3. SO42- anionini aniqlash uchun qaysi moddadan foydalanish mumkin.

    + AgNO3



    • NaNO3

    • KNO3

    • LiNO3

    1. SO32- anionini aniqlashda kislotadan foydalanilsa qanday jarayon kuzatiladi.

    + gaz chiqadi

    • cho’kma tushadi

    • eritma pushti rangga o’tadi

    • eritma to’q ko’k rangga buyaladi.

    1. SO2-3 anionini HCl bilan aniqlanganda hosil buladigan gaz, aynan SO2 ekanligini aniqlovchi ryani kursating.

    + SO2+J2+H2O→HJ+H2SO4

    • SO2 +2NaOH →Na2 SO3+H2O

    • SO2 +H2O→H2SO3

    • SO2+Na2 CO3→Na2SO3+CO2

    1. AgNO3+Na2S2O3→Ag 2S2O3+ NaNO3 Ushbu reaksiyadagi oq cho’kma ma’lum vaqtdan keyin qanday rangga o’zgaradi va bu qaysi modda.

    + Qo’ng’ir rangga Ag2S

    • Yashil rangga Ag2S

    • Yashil rangga Ag2SO4

    • Qo’ng’ir rangga Ag2SO4

    1. CO2-3 anionini kislota bilan aniqlashda hosil bo’layotgan gaz aynan CO2 gazi ekanligini aniqlovchi reaksiyani ko’rsating.

    + CO2+Ca(OH)2→CaCO3↓+H2O

    • CO2 + NaOH→NaCO3↓+H2O

    • CO2+KOH→K2CO3↓+H2O

    • CO2+Na2O→Na2 OQ CO3

    1. PO43- anionini BaCl2 bilan aniqlashda muhit ammiakli (NH3) bo’lsa reaksiya qanday boradi.

    + 2Na2HPO 4+ 3BaCl2 +2NH4 OH→Ba3(PO4)2 +4NaCl+ 2NH4 Cl +2H2O

    • Na2HPO4+ MgCl2 + NH 4OH → MgNH4 PO4 + 2Na Cl + H2O

    • 2Na3PO4 + 3BaCl2 → Ba3(PO4)2+ 6NaCl

    • 2CaHPO4+ 3BaCl2 + 2NH4 OH → Ba3(PO4)2 + 2CaCl2 + 2NH4Cl + 2H2O

    1. SiO32- anionini qaysi reagent bilan sariq cho’kmani hosil qiladi.

    + AgNO3

    • BaCl2

    • K2SO4

    • Na3PO4

    1. SiO32- anioniga xos reaksiyani ko’rsating.

    + Na2SiO3 +BaCl2 → BaSiO3↓+ NaCl

    • Na2SiO3 + 2KCl→ K2SiO3↓+ 2NaCl

    • CaSiO3 + BaCl2 → BaSiO3 ↓+ CaCl2

    • Ca SiO3 + 2KCl→ K2SiO3+ CaCl2

    1. B4O72- anioniga xos reaksiyani ko’rsating.

    + H3BO3 + C2H5OH→(C2H5O)3B↓+ 3H2 O

    • H3BO3 + NaOH→ Na3BO3↓ + H2O

    • H3BO3 + KOH → K3BO3↓ + H2O

    • H3BO3 + LiOH → Li3BO3↓+ H2O

    1. Cl2 moddasini aniqlash reaksiyasini ko’rsating.

    + Cl2+ KJ → J2 + KCl

    • KCl + AgNO3 → AgCl↓+ KNO3

    • 16HCl + 2KM nO4 → 5Cl2↑ + 2KCl + MnCl2 + 8H2O

    • KCl + Na2CO3→ KCO3 + NaCl

    1. Cl ­­− anioniga xos reaksiyani ko’rsating

    + KCl + AgNO3 → AgCl + KNO3

    • CL 2 + KJ → J2 + KCL

    • KCl + NaNO3 → NaCl+ KNO3

    • KCl + H2SO4 → K2SO4 + HCl

    1. Br anioniga xos reaksiyani ko’rsating .

    + 6KBr2+ K2Cr2O 7 + 7H2SO 4 → 3Br2 + 4K2SO4 + Cr2(SO4)3 + 7H2O

    • NaBr + HCl → NaCl + HBr

    • 2KBr + Ca(NO3)2 → CaBr2 + 2KNO 3

    • KBr + NaNO3 → NaBr + KNO3

    1. J- anioniga xos reaksiyani ko’rsating

    + 2 KJ + Pb(NO3)2 → PbJ2↓ + 2KNO3

    • 2 KJ + Ca(NO3)2 → CaBr 2 + 2KNO3 (rang o’zgaradi)

    • KJ + H2S O4 →K2SO4 + HJ (rang o’zgaradi)

    • KJ + NaOH →NaJ+ KOH (rang o’zgaradi).

    1. Janionini CuSO4 bilan aniqlashdagi reaksiyasini ko’rsating.

    + NaJ + CuSO 4 → J2 + Cu2J2↓ + Na2SO4

    • 2 KJ + Ca(NO3)2 → CaJ2 + 2KNO 3 (rang o’zgaradi).

    • J2 + 2KCl →2KJ + Cl2

    • 2NaJ + CuSO4 → Na2SO4 + CuJ2 (rang o’zgaradi).

    1. Janionini quyidagi qaysi reagent bilan aniqlash mumkin.

    + AgNO 3

    • KNO 3

    • Ca(NO3)2

    • NaNO3

    1. S2- ni quyidagi qaysi reagent bilan aniqlash mumkin va qanday rangdagi cho’kma hosil bo’ladi.

    + AgNO3

    • Ca(NO3)2

    • KNO3

    • NaNO3

    1. S2- anionini kislota bilan aniqlaganimizda chiqayotgan gaz H2S ekanligini qanday aniqlaymiz.

    + Pb(CH3COO)2 eritmasi bilan ho’llangan filtr qog’oz yordamida

    • CH3COOK eritmasi

    • CH3COONa

    • CH3COOH

    1. Qaysi modda S2- anionini aniqlash uchun ishlatiladi.

    + Na2[Fe(CN)5NO]

    • K4[Fe(CN)6]

    • K3[Fe(CN)6]

    • K2[HgJ4].

    1. NO3- anionini Cu metali bilan kislotali muhitda aniqlanganda qanday rangdagi gaz ajralib chiqadi.

    + dastlab NO keyin qo’ng’ir rangdagi NO2

    • dastlab NO2 keyin qo’ng’ir rangdagi NO

    • dastlab N2O keyin qo’ng’ir rangdagi NO2

    • dastlab N2 keyin qo’ng’ir rangdagi NO



    1. NO2- anionini qaysi reaksiya orqali aniqlaymiz.

    + 5KNO2+ 2KMnO4 + 3H2SO4 → 5KNO3 + K2SO4 + 2MnSO 4 + 3H2O

    • KNO2+ MnSO4 → Mn(NO2)2 + K2SO4

    • 2KNO2 + Na2SO4→ 2NaNO2+ K2SO4

    • 2KNO2+ CaCl2→ Ca(NO2)2+ 2KCl


    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Asosiy adabiyotlar.

    1.Nazarov SH.N., Aminov Z.A. «Analitik ximiya» «O‘qituvchi»T. Darslik. 1998 y.

    2. Z.Aminov, X.Mamadiyarova, S.Musaeva, G.Xodjayorova “Analitik, fizkolloid va biologik kimyodan laboratoriya mashgʻulotlari”. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. Choʻlpon nashriyoti 2018 y

    3. Z.Aminov, X.Mamadiyarova, Z.Saidmurodova “Kimyodan laboratoriya mashgʻulotlari”. Oʻquv qoʻllanma 2016 y

    4. Nazarov Sh.N. «Fizik va kolloid ximiya» Toshkent 2004 –y.
    Xorijiy adabiyot

    1.Fundamentals of Analytical Chemistry Douglas A. Skoog Stanford University Donald M. West San Jose State University F. James Holler University of Kentucky Stanley R. Crouch Michigan State University ninth Edition Brooks/Cole 20 Davis Drive Belmont, CA 94002-3098 USA 1-12 pg Darslik
    Qo‘shimcha adabiyotlar.

    1.Mirziyoev Sh.M. -«Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz» Toshkent. «O‘zbekiston» 2017 y.



    2.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    3.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.

    4.Mirziyoev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son Farmoni. Toshkent, 2017.

    5.Mirziyoev Sh.M. “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli Qarori. Toshkent, 2017.

    6.Karimov I.A. - «O‘zbekiston XIX- asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» T. «O‘zbekiston» 1997 y.

    7.Tog‘aev K.T., Tog‘aeva F.F. «Analitik va fizik - kolloid ximiyadan
    laboratoriya amaliy mashg‘uloti». Samarqand. Uslubiy ko’rsatma. 1997 y.
    Internet saytlari:

    1.www.ximik.ru

    2.www.chemistry.su

    3.www.ziyonet.uz

    4.www. /biochemistry/

    5.www. Yahyoo. Com; /science/ biochemistry/






    Download 97.91 Kb.
    1   2   3   4




    Download 97.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

    Download 97.91 Kb.