|
Davomatning pastligi ta’lim sifati bilan bog‘liq
|
bet | 4/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 33,48 Kb. | | #244034 |
Bog'liq Maktabda ko‘p dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishDavomatning pastligi ta’lim sifati bilan bog‘liq
MHTI umumta’lim maktablarida davomatni yaxshilash uchun bir qancha tavsiyalarni taklif etgan.
Unga ko‘ra:
1.Bolalar salomatligiga e’tiborni kuchaytirish, farzandini doimiy ravishda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazuvchi ota-onalar uchun maxsus rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish lozim. Meksikada “Progressa” davlat dasturi doirasida farzandlarini doimiy ravishda tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazgan kam ta’minlangan ota-onalar uchun naqd pul ko‘rinishida nafaqa berilgan.
2.Yuqori sinf o‘quvchilari orasida (10-11-sinf) yil davomida darslarni qoldirmagan kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun maxsus jamg‘arma dasturini joriy etish kerak. Dastur doirasida darslarni qoldirmagan o‘quvchilarga muayyan miqdorda stipendiya to‘lanadi va ushbu mablag‘lar o‘quvchining bankdagi hisobraqamida saqlanadi. To‘plangan mablag‘larni oliy o‘quv yurtlari shartnomalarini to‘lashga, uy-joy sotib olishga va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga sarflash mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘qishni tashlab mehnat bozoriga chiqib ketish va erta homiladorlikning oldini olishga xizmat qiladi.
3.Farzandi besh kun va undan ko‘p vaqt davomida sababsiz darslarni qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalarini jarimaga tortish tizimini joriy etish. Jarima miqdorini BHMning yarmi miqdorida belgilash tavsiya etiladi. To‘plangan mablag‘ maktablarni ta’mirlash va infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi. Buyuk Britaniyada farzandini sababsiz besh kun davomida maktabga yubormagan ota-onalar 80 funt sterling miqdorida jarimaga tortiladi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilari orasida o‘quv yuklamasini pasaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqish kerak.
5. Virus mavsumlarida bolalarni virusga qarshi emlashni kengaytirish kerak.
6. Maktablarda ta’lim sifatini oshirish zarur. Buning uchun esa pedagog xodimlar malakasini oshirish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda ota-onalarning farzand ta’limidagi ishtirokini oshirish kerakligi qayd etiladi. Bu borada ota-onalar majlisida sababsiz ishtirok etmaganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish ham tavsiya qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, PISAʼda ishtirok etgan o‘qituvchilarning bor-yo‘g‘i 24,6 foizi xalqaro va unga tenglashtirilgan mahalliy sertifikatga ega. O‘zbekiston PISAʼda ishtirok etgan davlatlar orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha oxiridan bitta oldingi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, 2022 yilda 294,1 ming nafar o‘qituvchini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ularning 7 foizi , ya’ni 20 ming 300 nafari o‘qituvchilik lavozimiga loyiq emasligi aniqlangan.
Qolaversa, MHTI umumta’lim maktablarining 35,8 foizida oshxona yoki bufet, 5 foizida kutubxona, 21 foizida sport zali yo‘qligini, bor-yo‘g‘i 30 foizi kanalizatsiyaga egaligini eslatgan.
Xulosa
Xulosa sifatida aytish mumkinki, muammoni hal etishdan ko‘ra uni oldini olgan yaxshi, maktabda ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni ta’limga jalb etish, mustaqil hayotga tayyorlashda turli jamoat tashkilotlari, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik ishlarini olib borishi bilan ta’lim xizmatlari bozorida maktablarning sog‘lom raqobatiga zamin yaratiladi. Ta’lim tarbiya jarayoniga o‘quvchilarni qamrab olish, o‘quvchilarning sababsiz dars qoldirishlarini oldini olish yuzasidan mamlakatimiz ta’lim tizimida bir qator chora –tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayni vaqtda tegishli hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo’yilgan. Maktablarda ta’lim sifatini oshirish zarur. Buning uchun esa pedagog xodimlar malakasini oshirish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda ota-onalarning farzand ta’limidagi ishtirokini oshirish bu borada kerak bo‘lsa, ota-onalar majlisida sababsiz ishtirok etmaganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish ham natija beishi mumkin..
Yuqori natijalarga erishishda Oila-maktab –mahalla hamkorliklarini rivojlantirish choralali ko‘rilib, ushbu zanjirning mustaxkamlab borish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib kelmoqda. Xalqimiz va yosh avlodni davlatimizda olib borilyotgan ta’lim siyosatiga bo‘lgan ishonch va hurmat tuyg‘ularini shakillantirish orqali yosh avlodni ta’limga bo‘lgan zamonaviy ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlab borish , ehtiyojlarni qondirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, asosiy maqsadimiz etib belgilanishi zarur.
|
| |