|
Bolalar nima sabab dars qoldiryapti?
|
bet | 3/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 33,48 Kb. | | #244034 |
Bog'liq Maktabda ko‘p dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishBolalar nima sabab dars qoldiryapti?
Mamlakatning 14 ta hududida 2 ming nafar ota-onalar ishtirokida o‘tgan so‘rovnomada o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablar aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra, respondentlarning 75,4 foizi betob bo‘lib qolish, 8,9 foizi ota-onasiga ishlarda yordam berishi, 3,1 foizi ota-onasi ishga chiqishi kerakligi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaraydigan boshqa odam yo‘qligi, 1,7 foizi xususiy o‘qituvchi/repetitor bilan o‘qishi, 1,1 foizi maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi vajlari tufayli farzandi dars qoldirishini ma’lum qilgan. So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 8,5 foizi esa farzandi nima sababdan dars qoldirganini bilmasligini bildirgan.
Ota-onalarning 76,9 foizi farzandi so‘nggi bir oy davomida umuman dars qoldirmaganini bildirgan, 15,6 foizi esa 1-2 kun, 7,4 foizi 3-4 kun dars qoldirganini aytgan.
PISA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o‘quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan, PISAʼda ishtirok etgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich 10,3 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalar orasida ko‘proq qizlarga nisbatan.
Dars qoldirishning asosiy sabablari sifatida esa betob bo‘lib qolish (56,5 foiz), oila a’zosiga g‘amxo‘rlik qilish (22,7 foiz), oilaviy ishlarda yordam berish (17,6 foiz), maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaslik (17,4 foiz), zerikish (17,4 foiz), uyga pul olib kelish uchun ish topish kerakligi (13,2 foiz), transport muammosi tufayli maktabga bora olmaslik (10,7 foiz) va homilador bo‘lib qolish (7,1 foiz) ko‘rsatilgan.
Xalqaro tadqiqotlarda ko‘rinib qolgan “ko‘zbo‘yamachilik”
MHTIning ta’kidlashicha, o‘quvchilar orasida a’lo baholarga o‘qiydiganlar ulushi 52,3 foizni, to‘rtga o‘qiydiganlar 36,4 foizni, uch bahoga o‘qiydiganlar 10,3 foizni tashkil etadi.
Hududlar kesimida a’lo baholarga o‘qiydiganlarning yuqori ulushi Andijon (59,4 foiz) va Navoiy (57,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng past baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar ulushi esa Toshkent shahri (15,4 foiz), Farg‘ona (12,8 foiz), Sirdaryo (12,5 foiz) va Xorazm (12,4 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Institut o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘layotgan predmetlari matematika, texnologiya, o‘qish, chet tili, tabiiy fanlar va tasviriy san’at ekanini, eng osonlari esa musiqa, jismoniy tarbiya, chizmachilik bo‘lganini qo‘shimcha qiladi.
e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 88,7 foizi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydi, lekin Xalqaro baholash testlari natijasi buning aksini ko‘rsatgan. 2021 yilda o‘tkazilgan xalqaro PIRLS testida mahalliy o‘quvchilar dunyodagi o‘rtacha 500 ko‘rsatkichidan past natija, 437 olgan.
2022 yilda maktablarda 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA testlari natijasiga ko‘ra, o‘quvchilarimiz 81 ta mamlakat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida eng oxiridan bitta oldingi o‘rinni, 80-o‘rinni egallagan.
|
| |