• Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
  • Dars qoldirish ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
  • Maktablarda davomatning pasayish tendensiyasi ketyaptimi
  • Mavzuga oid adabiyotlar tahlili




    Download 33,48 Kb.
    bet2/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi33,48 Kb.
    #244034
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maktabda ko‘p dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish

    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



    1. O‘zbekiston Respublikasi kontutsiyasi 01.05.2023-yildagi 77-modda

    2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 01.04.1995-yildagi, 47-modda

    3. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son, 51-moddasi

    4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta’limi Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qarori. 2024-yil 28- fevral dagi 04-27-110-son

    5. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida davomat bilan bog‘liq holatni o‘rganish bo‘yicha tahlillari. 


    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida davomat bilan bog‘liq holatni o‘rgandi hamda o‘z tahlillari.

    Dars qoldirish ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi 
    Dastlab institut yaqinda e’lon qilingan PISA (Programme for International Student Assessment), ya’ni o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur natijalariga e’tibor qaratgan. Unga ko‘ra, darslarga uzoq muddat qatnashmaslik ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 
    Misol uchun, uzoq vaqt davomida dars qoldirgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darslarda muntazam qatnashgan tengdoshlariga nisbatan matematikadan o‘rtacha 35 ball, o‘rta sinfdagilar (5-9-sinflar) 41 ball va yuqori sinfdagilar (10-11-sinflar) 59 ball past natija ko‘rsatgan. 
    Qayd etilishicha, tahlil natijalari yuqori sinflarda davomatning past bo‘lishi o‘quvchilarning bilim darajasi pasayishiga ko‘proq ta’sir qilishini isbotlagan. 
    Maktablarda davomatning pasayish tendensiyasi ketyaptimi? 
    e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan, 2023 yilga kelib, 82,5 foizga tushgan. Qayd etilishicha, davomatning eng past ko‘rsatkichlari yuqori sinf, ya’ni 10-11-sinf o‘quvchilari orasida kuzatilgan, 78,4 foizni tashkil etgan. 
    Institut ularning OTMga kirish uchun qo‘shimcha darslarga qatnashi buning asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. MHTI o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 16-17 yoshli farzandi bo‘lgan ota-onalarning 87 foizi farzandi qo‘shimcha darslarga qatnashini bildirgan. 
    Hududlar bo‘yicha davomatning eng past ko‘rsatkichlari 57,8 foiz bilan Toshkent shahri, 76,9 foiz bilan Jizzax, 75,8 foiz bilan Toshkent va 79,8 foiz bilan Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa 89,1 foiz bilan Buxoro, 88,3 foiz bilan Surxondaryo va 88,2 foiz bilan Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lgan. 
    Predmetlar kesimida davomat masalasi ko‘tarilsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past ko‘rsatkichlar o‘zbek tili va matematika fanlariga to‘g‘ri keladi. O‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past raqamlari qayd etilgan. 

    Download 33,48 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 33,48 Kb.