|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 11/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yoshlarning sevib kiyadigan kiyimlaridan biri shim hisoblanadi. Shimlar kastumning bir qismi yoki alohida kiyim bo‘lib xizmat qiladi. Shim ish, sport bilan shug‘ullanish va dam olish uchun qulay kiyimdir. Shimning modellari juda xilma-xil. Vazifasiga ko‘ra shimlar kundalik ishda va uyda kiyiladigan, ko‘cha, sport va maxsus ishlarga mo‘ljallangan bo‘ladi (40-rasm). Shimning uzunligi, kengligi urfga asosan o‘zgarib turadi. Shimlar butun uzunasi bo‘ylab keng yoki ma’lum joylari (bo‘ksa, tizza, pochasi) kengaygan bo‘lishi mumkin. Masalan, son qismi kengayib, pocha toraygan shimlar banan shimlar deyiladi. Aksincha, son qismi tor, pocha qismi keng bo‘lsa kengaygan shimlar, baravar kengaysa shalvarlar deyiladi. Boldirgacha uzunlikdagi shim golf, tizzagacha bo‘lsa bermuda, songacha uzunlikda bo‘lsa shortik deyiladi.
|
| |