• Mashg‘ulot jihozi
  • Sana: “ ” 201 yil




    Download 9,16 Mb.
    bet7/69
    Sana19.05.2024
    Hajmi9,16 Mb.
    #243932
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
    Bog'liq
    9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    I II. Yangi mavzu bayoni:
    Buyum shaklining uzviyligi va yaxlitligi kompozitsiyaning asosiy umumlashtiruvchi vositasi hisoblanadi. «Uzviylik»ni yaratgan kompozitsiya shu qadar yaxlitki, uni tashkil etuvchi qismlar tabiiy ravishda shu yaxlit shaklga kiradi, ya’ni u barcha qismlari bilan yaxlit va uyg‘undir. Unga hech narsani qo‘shish, undan hech narsani olib tashlash mumkin emas. Murakkab bo‘lmagan buyum kompozitsiyasining tugalligi shundan iboratki, u butunlay yaxlit hal etilgan va xuddi tabiat tomonidan yaratilganday idrok etiladi. Agar buyum bir necha qismdan iborat bo‘lsa, bu qismlarning har biri yaxlit kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak. Buyum qismlari bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, ana shu o‘xshashlik ularni birlashtiradi, agar qarama-qarshi bo‘lsa, shu qarama-qarshilikning o‘zi birlashtiruvchi asos bo‘lib qoladi. Kompozitsion yaxlitlikni saqlash uchun ba’zan elementlarni guruhlashga, ayrim qismlarni guruhlarga birlashtirishga harakat qilinadi. Bu usul nazariy jihatdan idrok qilish jarayoniga asoslanadi. Odatda, idrok qilish jarayoni ikki asosiy bosqichga tahlil va sintezga bo‘linadi. Odam buyumni avval o‘rganadi tahlil qiladi, so‘ng umumlashtiradi sintezlaydi. Biz zardo‘zlik buyumlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, diqqatimizni, avvalo, bichim, naqsh kompozitsiyalariga, oxirida tikish va bezatish usullari kompozitsiyalariga qaratamiz va ularni o‘zaro uyg‘unlikda ko‘ramiz. Bu uyg‘unlikdan zavqlanamiz, chunki bu
    uyg‘unlikda biz go‘zallikni his etamiz.

    Download 9,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




    Download 9,16 Mb.