|
Sana: “ ” 201 yil
|
bet | 5/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakMashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Hunarmandchilik mahsulotlarini chetga eksport qilish va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2018-yilda dunyoning 20 dan ortiq davlati (Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Italiya, Angliya, Koreya, Malayziya, Ozarbayjon, Latviya, Finlandiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, Turkmaniston, Eron, AQSH, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Ispaniya)da 113 ta ko‘rgazma va yarmarka o‘tkazildi. Marg‘ilonlik hunarmandlarimiz eng qadimgi matolarimizdan banoras va adraslarni unutilib ketgan «kudin» usulida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida sipohlarning tagiga to‘shalgan gilam farg‘onalik hunarmandlar tomonidan qayta to‘qila boshlandi. Bundan 100 yil ilgari ipakdan to‘qilgan «G‘ajari bo‘g‘jama» Boysun hunarmandlari tomonidan qayta tiklandi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal o‘sishi bilan uzviy bog‘liq.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.Hunarmandlar tomonidan ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qaysi biri davlatga ko‘proq mablag‘ keltiradi, deb o‘ylaysiz?
2. Hunar turlari va hunarmandchilik mahsulotlari haqida boshqotirma tuzing.
V. Mashg‘ulotni yakunlash: to‘garak a’zolarini yutuq va kamchilliklarini muhokama qilish, rag‘batlantirish
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: yangi mavzuni to‘liq takrorlash va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlab kelish.
Maktab MMIBDO‘________ __________________________sana____ ______________ 20__ yil
Sana: “__” ____________ 2023-yil. Sinflar: _____ To‘garak rahbari: M.Rustamova
|
| |