|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari
|
bet | 9/69 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 9,16 Mb. | | #243932 |
Bog'liq 9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garakO‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Uzviy kompozitsiyaning eng muhim sifati uning qismlarining bir-biriga bo‘ysunishidir. Bu sifat murakkabroq
kompozitsiyalarga xosdir. Zardo‘zlik kompozitsiyalari ana shunday murakkab kompozitsiyalardan bo‘lib, bu kompozitsiya bichim kompozitsiyasi, naqshlar kompozitsiyasi, tikish va bezatish usullari kompozitsiyalarining o‘zaro uyg‘unligidan iborat. Bu murakkab kompozitsiyada tikish va bezatish kompozitsiyalari naqsh kompozitsiyalariga, naqsh kompozitsiyalari esa bichim kompozitsiyalariga bo‘ysunadi, lekin ular butun kompozitsiyaning «o‘zida tugallangan» mustaqil qismlardir (3 8-rasm). Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash uchun bizga hunarmandchilik mahsulotlari kerak bo‘ladi (39-rasm). Mustaqil ish: 39-rasmda ko‘rsatilgan zardo‘zlik mahsulotlariga ta’rif bering. Tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi, naqsh kompozitsiyalarining tuzilishi qay darajada to‘g‘ri tanlanganligini asoslab bering va o‘z mahsulotingizni tayyorlang.
|
| |