• BOLALARNING OILADA YASHASH VA TARBIYALANISH HUQUQI
  • Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling




    Download 0,6 Mb.
    bet2/3
    Sana14.12.2023
    Hajmi0,6 Mb.
    #118765
    1   2   3
    Bog'liq
    Oilada bolalarning huquq va majburiyatlari-10 sinf

    Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling,
    zero, axloq qonunning asosidir.
    Pifagor

    Siz bilib olasiz


    Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
    Bola huquqlari va uning kafolatlari.
    Farzandlarning ota-ona oldidagi majburiyatlari.




    BOLALARNING OILADA YASHASH VA TARBIYALANISH HUQUQI

    Farzand dunyoga kelgach, ota-ona oldida juda katta mas’uliyat vujudga keladi. Avvalo, “farzand” va “bola” tushunchalariga e’tibor qaratsak. Farzandni “oilaning chirog‘i, uyanchig‘i, kelajagi” kabi iboralar bilan ta’riflash mumkin. BMTning 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida “bola” tushunchasi huquq Subyekti sifatida tan olingan. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunida “bola” tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Bola – o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs”dir. Demak, 18 yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan shaxslar bola hisoblanar ekan. Farzandlarga tegishli huquqlar “bola huquqi” tushunchasiga taalluqli hisoblanadi.


    O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko‘ra, har bir bola oilada yashash va
    tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Bolani o‘z ota-onasi tarbiyalaydi. Bola o‘z manfaatlarining ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.


    Shuningdek, bola ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish, o‘zini himoya qilish, o‘z fikrini erkin ifoda etish, ism, otaism va familiya olish huquqlariga ham ega. Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o‘zaro kelishuv asosida hal etiladi.


    Mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-sonli farmoniga ko‘ra, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili – Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etildi. Endi bolalar bilan bogʻliq barcha masalalar vakil ishtirokida amalga oshiriladi. Jumladan, bolalar ombudsmani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa


    hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalgam oshirishda ishtirok etadi.
    Bolalar hamda ularning qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, bola– bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishib turish huquqiga, voyaga yetmagan bola ota-onadan ta’minot olish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilada o‘zining manfaatlariga taalluqli masala hal qilinayotganda o‘z fikrini ifoda etish, ism, otaism va familiya olish huquqiga ega. Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi.


    .



    Download 0,6 Mb.
    1   2   3




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling

    Download 0,6 Mb.