Temperatura va issiqlik muvozanati




Download 322.18 Kb.
bet9/10
Sana11.09.2023
Hajmi322.18 Kb.
#81299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
to\'garak konspekt
Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi

Temperatura va issiqlik muvozanati.


Temperatura-moddaning issiqlik holatini miqdor jihatdan aniqlydigan fizik kattalikdir.”Temperatura” lotincha “holat” degan ma`noni bildiradi.
Moddalarda issiqlik almashinishi natijasida ularning temperaturalari tenglashishiga issiqlik muvozanati deyiladi.

Temperaturaning Selsiy va Kelvin shkalalari.
Termometr-temperaturani o`lchash asbobi. Termometrlar suyuqlikli yoki elektron termometrlarga bo`linadi.
Temperatura shkalasi-haroratning o`lchovini ko`rsatuvchi belgili raqamlardan iborat tizim.Temperatura shkalalari Selsiy (1742 yilda shved olimi A.Selsiy tomonidan tavsiya etilgan) va Kelvin (1848 yilda Kelvin tomonidan tavsiya etilgan) shkalalariga bo`linadi.
Temperaturaning o``lchov birligi sifatida 1gradus qabul qilingan.”Gradus” so`zi lotincha “qadam” degan ma`noni bildiradi.Belgilanishi “0C”-ko`rinishda belgilanadi.Masalan,1000C, 350C, 420C, -200C, 00C va hokazo tarzda ifodalanadi.O`qilishi “gradus selsiy” deb o`qiladi.
Kamchiligi Selsiy shkalasigi temperatura “t” faqat suvning qaynashi va muzning erish temperaturalariga nisbatan olingan.Turmushda asosan shu Selsiy shkalasidagi temperatura qo`llaniladi.
Moddalardagi issiqlik hodisalarini o`rganishda absolyut temperatura deb ataladigan va “T” harfi bilan belgilanadigan temperaturadan foydalaniladi.
Absolyut nol temperatura-mumkin bo`lgan eng past temperatura bo`lib,bunday temperaturada modda molekulalarining harakati to`xtaydi.

Kelvin tomonidan 1848-yilda taklif etilgan absolyut temperatura shkalasi Kelvin shkalasi deb ataladi.Kelvin shkalasida T temperatura kelvin (1K) hisobida o`lchanadi.Kelvin shkalasida olingan temperatura birligining qabo`lgan holatda t=273-10=2630C(Ilova bo`yicha).




1.Selsiy va Kelvin shkalalari orasidagi farq?


2.Absolyut temperatura deb nimaga aytladi?


Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish


Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Ichki energiya


Ichki energiya-MKN nuqtai nazaridan molekulalar harakatining kinetic energiyasi va potensial energiyasining yig`indisidan iborat.

U” harfi bilan belgilanadi. U=Ek+Ep Ideal gazda Ep=0 bo`lgani uchun U=N*Ek yoki




U=(3/2)NkT


Termodinamik nuqtai nazardan ichki energiya moddaning ichki holatiga bog`liq bo`lib,temperature\ va hajm orqali aniqlanadi.
Temperatura T va hajm V termodinamik parametrlardir. Modda ichki energiyasining o`zgarishiga olib keladigan ikki turli ta`sir mavjud.Uladan biri-ish bajarish, ikkinchisi-issiqlik uzatish.

Termodinamik sistemasi- issiqlik hodisasida bevosita ishtirok etayotgan jism yoki jismlar sistemasi. Masalan, silindr-porshen mexanizmi olishimiz mumkin.Bu mexanizmda bajariladigan ish asosan issiqlik ta`sirida amalga oshiriladi.


Termodinamik ish deb, termodinamik sistemasida bajarilgan ishlarga aytiladi. U quyidagicha ifodalanadi:

A=F∆h=pS∆h yoki A=p∆V


Ish gazning ichki energiyasi hisobiga bajariladi:
U1=U2+p∆V

Bunda U1, U2- gazning boshlang`ich va oxirgi ichki energiyalari.Bu holatda gaz musbat ish bajarib, uning ichki energiyasi kamayadi (U21)


Gaz kengayganda musbat ish bajaradi va gazning ichki energiyasi kamayadi.


Silindr porsheni tashqi kuch ta`sirida pastga siljishi ham mumkin. Bunda gaz siqiladi, ∆V manfiy qiymatga ega bo`ladi.Bunda U2>U1 bo`ladi, ya`ni gazning ichki energiyasi ortadi.


Gaz siqilganda manfiy ish bajaradi va gazning ichki energiyasi ortadi.





Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

h=2 sm=2*10-2 m
A=1 J
Topish k-k: F-?

A=F∆h
dan
F=A/∆h

F=1 J/4*10-2 m=0,5*102 N=50 N.


Javob: F=50 N.

Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish


Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Issiqlik miqdori


Issiqlik uzatish –issiqlik almashinish da moddalar ichki energiyasining biridan ikkinchisiga o`tishi tufayli o`zgarishi.
Issiqlik moddani tashkil etgan zarralarning tartibsiz (xaotik) harakatini tavsiflaydi.Issiqlikning miqdoriy o`lchovi-issi`lik miqdoridir.
Issiqlik miqdori-Issiqlik uzatishda moddalarda olingan yoki berilgan ichki energiyalarning miqdoriy o`lchovidir.
Q” harfi bilan belgilanadi.
Issiqlik miqdorining asosiy o`lchov birligi shning asosiy birligi bilan br xil, ya`ni joul (1J).Bundan tashqari, issiqlik miqdorini o`lchash uchun maxsus birlik - kaloriya (1 kal) deb ataladigan birlik ham kiritilgan.
1 gramm distillangan suvni 19,50C dan 20,50C gacha isitish uchun kerak bo`ladigan issiqlik miqdori 1 kaloriya deb qabul qilingan.
Bunda kilokaloriya (1kkal) birligi ham qo`llaniladi(1 kkal=1000 kal).


Issiqlik miqdorining joul bilan kaloriya birliklari orasidagi munosabat quyidagicha ifodalanadi:


1J~0,24 kal yoki 1kal~4,2 J.
Moddaning solishtirma issiqlik sig`imi.

Modda temperaturasini 1K ga o`zgartirish uchun unga berilishi zarur bo`ladigan issiqlik miqdoriga shu moddaning issiqlik sig`imi deyiladi va “C” harfi bilan belgilanadi.Ta`rifga ko`ra, issiqlik sig`imi quyidagicha ifodalanadi:


C=Q/(T2-T1)

bunda: Q-moddaga berilgan issiqlik miqdori; T1 va T2 –moddaga Q issiqlik miqdori berilmasdan avvalgi va berilgandan keyingi temperaturalari.


Issiqlik sig`imining asosiy o`lchov birligi: 1 J/K
Yuqoridagi issiqlik sig`imi formulasidan moddaga berilgan issiqlik miqdorini quyidagicha ifodalash mumkin:
Q=C(T2-T1)
1 kg modaning temperaturasini 1 K ga o`zgartirish uchun unga berish zarur bo`lgan issiqlik miqdori shu moddaning solishtirma issiqlik sig`imi deb ataladi va “c” harfi bilan belgilanadi.
Ta`rifga ko`ra,solishtirma issiqlik sig`imi c quyidagicha ifodalanadi:

c=C/m yoki c=Q/(m(T2-T1))


bunda: Q-moddaga berilgan issiqlik miqdori, m-mazkur moddaning masasi, T1 va T2 – moddaning issiqlik almashinishdan oldingi va keyingi temperaturalari.Yuqoridagi formula,ya`ni moddaning solishtirma issiqlik sig`imi formulasidan m massali moddaga berilgan issiqlik miqdorini quyidagicha ifodalash munkin:


Q=cm(T2-T1)

Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

m=500 g=0,5 kg
t1=400C; t2=2000C
c=400 J/kg*K
Topish k-k: Q-?

Q=cm(T2-T1)
Yoki
Q=cm(t2-t1)

Q=0,5*400(200-40) J=32000 J=32 kJ


Javob: Q=32 kJ

Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Linzalar


Linzadan yorug`likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo`nalishini o`zgartirish uchun yoki yorug`lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi Ko`zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko`rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug`likni yaxshi o`tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin.


Linzaning optik kuchi deb linzaning fokus masofasiga teskari bo`lgan kattalikka aytiladi? Optik kuchi D harfi bilan belgilanadi va formulasi quyidagicha:
D=1/F


Optik kuchi birligi qilib [dioptriya (1 dptr)] qabul qilingan. 1 dioptriya- bu fokus masofasi 1 m ga teng bo`lgan linzaning optik kuchidir. Fokus masofasi 1 m dan kichik bo`lgan linzalarning optik kuchi 1 dptr dan katta bo`ladi.


1 Fokus masofasi 40 sm bo’lgan linzaning optik kuchini aniqlang?
a)1.5 b)2.5 c)3.5 d)4.5


2 Quyidagilardan qaysi biri linzaning kattalashtirish formulasiga mos keladi.
a)K=f/d b)K=f∙d c)K=d/f d)K=d+f


3 Linzaning optik kuchi 5 dptr bo’lsa, uning fokus masofasini aniqlang?
a)0.1 b)0.2 c)0.3 d)0.4


4 Linzalar necha xil bo’ladi.
a)1 b)2 c)3 d)4


5 Buyum fokus masofasi 50 sm bo’lgan yig’uvchi linzadan qanday (sm) masofaga joylashtirilganda, 4 marta kattalashgan tasvir hosil qilish mumkin?
a)25 b)31.2 c)50 d)62.5
Uyga vazifa: Masalalarni ishlab kelish, mavzuni o’qib kelish
Sana ____ ______ 20___-yil. Ko’rdim MATIBDO’ ______________


Mavzu: Atom yadro tuzilishi



Download 322.18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 322.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temperatura va issiqlik muvozanati

Download 322.18 Kb.