|
Sana: 202 yil Ona tili №37 Mavzu: So‘z turkumlarini mustahkamlash. 97-99-mashqlar Maqsad: Ta’limiy
|
bet | 38/61 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #143568 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI 2-CHORAK 2020-2021 XojaliyevaFanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi :yangi bilim beruvchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
139- mashq. Matnni o‘qing. Ajratilgan otlarga so‘roq bering. Ular qaysi kelishikda qo‘llangan?
Kanareyka
Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o‘tirardi. O‘rik tomondan boshqa kanareykaning ovozi eshitildi. Qo‘shnisi chap qo‘lida bo‘sh qafasni ushlagancha u yoqdan bu yoqqa alanglardi. Rashid tezlik bilan qafasini hovliga olib chiqdi. Qo‘liga matrapni oldi. Kanareyka qafasning ustiga qo‘ndi. Rashid matrapni qushning ustiga tashladi. U qushni qo‘liga oldi-da, uyiga qarab chopdi. (Sh. Mamajonov)
Тushum kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Тushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Тushum kelishigi qanday vazifa bajaryapti?
Rashid kanareykasini, boshqa kanareykani, Rashid qafasini, matrapni oldi.
Lug’at ishi:matrap – bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, to’r
matrap – bedana, kaptar tutish uchun ishlatiladigan asbob, to‘r
140- mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida tushum kelishigidagi otlarni aniqlang.
Biz Kamalaktog‘ etaklariga o‘tovlarni tikdik. Bu yerda sayohatga chiqqan bolalarni uchratdik.
Men tunda safarda foydalaniladigan maxsus xalta-to‘shakni to‘shab yotdim. Ertalab nonushtadan so‘ng shifokor yigit bizlarga yigirma xil dorivor giyohlarni ko‘rsatdi. Fotohavaskor o‘qituvchi bu yerda yashaydigan turli hayvonlarning suratlarini olgani haqida so‘zladi. Men esa yon daftarimni bu yerdan olgan taassurotlar bilan to‘ldirdim. (A. Aminov)
Тushum kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma shaklida ko‘chiring. Тushum kelishigi qo‘shimchasini tegishlicha belgilang.
|
| |