• II.O`tgan mavzuni mustahkamlash
  • O`tgan mavzuni mustahkamlash




    Download 2,48 Mb.
    bet57/61
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #143568
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
    Bog'liq
    4-SINF ONA TILI 2-CHORAK 2020-2021 Xojaliyeva

    2

    O`tgan mavzuni mustahkamlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

    10 daqiqa

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    Jami

    45 daqiqa

    I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
    Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
    II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
    166- mashq. She’rni o‘qing. Ularning nima haqida ekanini ayting.
    1. Kim hunarsiz, kim bekor,
    O‘qish, ishdan qilsa or.
    Unga loyiq maqol bor:
    – Bekorchidan el bezor.
    2. Qaynab chiqqan dilimdan,
    Aytay burro tilimdan,
    So‘zing to‘lsin ma‘noga
    Hunarlardan, bilimdan.
    Po‘lat Mo‘min
    Avval aytilishi yozilishiga mos kelgan, keyin aytilishi yozilishiga mos kelmaydigan chiqish kelishigidagi otlarni ko‘chiring.

    Nima uchun ba’zi otlarda -dan qo‘shimchasi -tan tarzida aytiladi?


    167- mashq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib o‘qing. Ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
    Ubaydullo bobo bugun ish.. sal kech qaytdi.
    Malika odatdagidek bobosining quchog‘i.. otildi.
    Jon qizim, senga va’da qilgan narsani olib kelolmadim, – dedi buvasi.
    – Nega, buvajon?
    – Kassir bank.. bora olmabdi.
    – Kassir? Kim u?
    Kassir bankdan pul keltirib, xizmatchilarga maosh tarqatadi.
    – Voy, kecha biz oyim bilan bankalar.. pomidor tuzladik-ku!
    – Banka emas, bank! Bank daromadlar jam bo‘ladigan joy. Pulning uyi desam ham bo‘ladi. (Namoz Sa’dullayev)
    Otlardagi jo‘nalish, chiqish kelishigi qo‘shimchalarining aytilishi bilan yozilishini taqqoslang. Yozilishini bilib oling.

    Download 2,48 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




    Download 2,48 Mb.