Sodda mulohazani ta’riflang va uning qabul qiladigan qiymatlariga misol keltiring.
Mantiqiy ko‘paytirish amali haqida so’zlab bering.
Mantiqiy qo‘shish deganda nimani tushunasiz?
Rostlik jadvali haqida so’zlab bering.
Mantiqiy inkor deganda nimani tushunasiz va uning rosrlik jadvali qanday?
Ikkilik sanoq sistemasidagi arifmetik amallar bilan mantiqiy amallarni bog‘lay olasizmi?
III. Yangi mavzuni organish.
Kompyuterning har qanday mantiqiy amali asosiy mantiqiy vositalar (elementlar) yordamida bajariladi.Har bir mantiqy element bir yoki bir nechta mantiqiy amalni bajarilishini ta’minlaydi.Elementlarning o‘zi oddiy elektron sxemalardan iboratdir. Bunda sxema kirish qismiga kelgan signallar argument deyilsa, uning chiqishidagi signallar shu argumentlarning funksiyasi bo‘ladi. Sxemaning ma’lum qismida signalning mavjudligi birni, yo‘qligi nolni ifodalaydi.
Eng sodda va keng tarqalgan mantiqiy elementlar bilan tanishamiz.
Mos tushish sxemasi (“VA” elementi). Mantiqiy ko‘paytirishni amalga oshiradigan sxema tuzish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bunday sxema ikki kirish A va B hamda bitta A B chiqishga ega bo‘ladi.
Kiruvchi va chiquvchi (natija) signallar elektr impulslaridan iborat bo‘lishi kerak. Bunda impuls bo‘lishiga 1, bo‘lmasligiga 0 raqami mos kelsin. Faraz qilaylik, tok manbai, lampochka va ikkita ulagichli elektr sxema yig‘ilgan bo‘lsin. Lampochka yonishini 1 va o‘chgan holini 0 deb qabul qilamiz. Bunday sxema mos tushish sxemasi deb ataladi.
Yig‘uvchi sxema (“YOKI” elementi).Bu sxema kirish signaliga kamroq “talab qo‘yadi”. Kirishlardan kamida birida 1 qiymat bo‘lgan holda chiqishda ham 1 hosil bo‘laveradi.
“Yoki” mantiqiy amaliga bo‘ysunuvchi elektr sxema tok manbai, lampochka va parallel ulangan ikkita ulagichdan iborat bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, ulagichlardan birini, masalan, X2 ni ulashimiz bilan chiroq yonadi. Mos tushish sxemasidan farqli, bu yerda kirishlardan ixtiyoriy biriga signal tushishi bilanoq chiqishga o‘tadi. Shuning uchun mantiqiy qo‘shish amalini bajaruvchi sxemalar yig‘uvchi sxema nomini olgan. Bunday sxemalar yordamida bir nuqtaga turli-tuman tarmoqlardan tutashmaydigan qilib kuchlanish uzatish mumkin.
Inventor sxemasi (“EMAS” elementi). Inventor sxemasini «teskari zanjir» deb atasa ham bo‘ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud.
“EMAS” mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbai, chiroq va tugmadan iborat. Tok impulsi kirishda signal bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, tutashtirgich tutashuv joyidan uziladi, ya’ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o‘chadi. Tugma qo‘yib yuborilganda, ya’ni kirishda signal yo‘q bo‘lgan holda chiroq yonib turadi. Demak, chiroq yonishi tugmaning holatiga nisbatan teskari ekan.
1–misol. Quyidagi sxema ishining natijasini aniqlang.
Yechish: Birinchi bosqichda VA elementining kirishida 0 va 1 bo‘lgani uchun chiqishida 1·0=0 bo‘ladi. Bu 0 ikkinchisi bosqich – YOKI elementining kirishiga boradi. Sxemada ko‘rinib turgandek YOKI elementning ikkinchi kirishiga 1 mos keladi. Natijada YOKI elementining chiqishida 1+0=1 hosil bo‘ladi.
Javob_:_1.__2–misol'>Javob: 1.
2–misol. Quyidagi sxema chiqishida 0 hosil bo‘lishi uchun kirishida qanday qiymatlar bo‘lishi kerak?
Yechish: Sxemada uchta bosqich bor. 3-bosqich chiqishda 0 ekanini bilgan holda ortga qarab yuramiz:
a) 3-bosqich (EMAS elementi) chiqishida 0 bo‘lishi uchun kirishida 1 bo‘lishi kerak;
b) 2-bosqich (YOKI elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun birinchi kirishida 0 ekanligini hisobga olgan holda ikkinchi kirishida 1 bo‘lishi kerak;
d) 1-bosqich (VA elementi) chiqishida 1 bo‘lishi uchun ikkala kirishida ham 1 bo‘lishi kerak.
Javob: Ikkala kirishda ham 1 bo‘lishi kerak.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
“VA” elementiga mos sxema qanday tasvirlanadi?
“YОKI” mantiqiy amaliga mos sxemani chizing.
Inventor sxemasi deganda nimani tushunasiz? Uni elektr sxemasida tushuntiring.
AA ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
A B C ifodaga mos mantiqiy sxema chizing.
Mashqlar
1. Quyidagi sxemada YOKI elementini VA hamda EMAS elementlari bilan almashtiring.
(yo’llanma: avvalgi dars mashqlari natijalaridan foydalaning)
V. Uygavazifa
1-3-savollar. 2 - mashq
2. Quyidagimantiqiysxemaningchiqishida 0 hosilbo‘lishiuchunkirishidaqandayqiymatlarbo‘lishikerak? sxemagamosmantiqiyifodayozing.
SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H
_______________________________
Informatika-8. 8 – dars.
Mavzu: Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti
Maqsad:
1) ta’limiy: o`quvchilarga kompyuterlarning dasturiy ta’minoti haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuter haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Kompetensiya:
(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
1) Salomlashish;
2) Davomatni aniqlash;
II. Takrorlash.
“VA” elementiga mos sxema qanday tasvirlanadi?
“YОKI” mantiqiy amaliga mos sxemani chizing.
Inventor sxemasi deganda nimani tushunasiz? Uni elektr sxemasida tushuntiring.
III. Yangi mavzuni organish.
Hozirgacha kompyuterlarning texnik tuzilishi va dasturlar haqida ma’lumotlar oldingiz. Dastur bilan ta’minlanmagan komputerlar quruq “temir”dan boshqa narsa emas. Chunki, biror bir dastursiz kompyuter xech qanday “bilim”ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi hisoblanadi va biror kompyuterning qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to’plamiga uzviy bog’liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya’ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma’lum darajada dasturiy ta’minotga ham bog’liqdir.
Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
texnik vositalar;
dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb atalishi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilininishi sizga ma’lum (ing. hard – qattiq, ware – mahsulot). Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi (ing. soft – yumshoq). Bu so‘z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.
Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain inglizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o‘rganish bilan bog’liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
Sistema dasturlari
Amaliy dasturlar
Uskunaviy dasturlar
sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan:
kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari);
foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini hosil qilish;
kompyuterni ishlash imkoniyatlarini tekshirish;
kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo.
amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;
uskunaviy dasturlar– kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar.
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‘llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o‘tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo‘llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, “elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi xususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul.
Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:
operatsion sistemalar (MS DOS, Windows naqllari, Unix, Linux, Nova, Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiq-dasturlar (Norton Commander, Far manajer, Windows Commander, Total Commander);
dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);
uskunaviy sistemalar (redaktorlar, sozlovchilar, makroassemblerlar);
integrallashgan dasturlar paketi (matn muharrirlari, matn protsessori, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari);
mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muxandislik, o’quv, animatsion, ijodiy);
ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari (FoxPro, Access, Paradox);
amaliy dasturiy ta’minot (buxgalterlik, nashriyot, avtomatik loyixalash sistemalari, elektron jadvallar).
Ko’pincha amaliy dasturlarni ilovalar (rus. приложения) deb ham atashadi. Barcha ilovalar alohida dastur sifatida yoki integrallashgan (birlashtirilgan) sistemalar sifatida qaralishi mumkin. Odatda, ekspert sistemalar, matematik hisoblash, modellashtirish va tajriba natijalarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek ofis sistemalari integrallashgan sistemalardan iborat. Keng tarqalgan va qulay integrallashgan sistemaga misol sifatida Microsoft Office integrallashgan sistemasini olish mumkin. Microsoft Office integrallashgan sistemasi o’z ichiga matn protsessori, elektron jadval, ma’lumotlarni boshqarish sistemasi, taqdimot hosil qilish dasturi, elektron pochta bilan ishlash dasturi va boshqa dasturlarni o’zida mujassamlashtirgan. Bu integrallashgan sistemadagi biror dastur yordamida hosil qilingan ma’lumotlarni sistema ichidagi boshqa dasturlarga osongina bog’lash mumkin.
Sistema dasturlarining bir bo’lagi sifatida yordamchi dasturlar – utilitlar (lotin. – foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi ham mumkin.
Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:
kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi dasturlar;
kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi drayver dasturlar;
axborotni zichroq yozilishini ta’minlovchi arxiviator dasturlar;
kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi va foydalanuvchi ishiga hala beruvchi dasturlardan himoyalovchi antivirus va antispam dasturlar;
kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi kommunikatsiya dasturlari;
kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar;
nompyuternimultimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar va hokazo.
Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:
Software – qiymati 100% to’langanidan keyin o’rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta’minot. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari, Adobe Photoshop va Macromedia Flash naqllari,
Shareware (ing. Share – qisman) – aprobatsiya, ya’ni sinovdan o’tkazish muddatiga ega bo’lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga mo’ljallangan bo’ladi. Ba’zan bunday dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga shunday dastur zarur bo’lsa, u dasturni to’liq naqlini xarid qilib olishi mumkin. Bu kabi dasturlarni Internet tarmog’idan jahonga mashxur Download.com katalogidan, dasturlarni tarqatish bilan shug’ullanuvchi Softpedia agentligidan, rossiyaning Softkey katalogidan topish mumkin.
Freeware(ing. Free – erkin) – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. Bu dasturlardan tekin foydalanish mumkin, lekin dasturni o’zgartirib bo’lmaydi. Chunki, dasturning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi.
Free and Open Source Software (ing. erkin va birlamchi kodi ochiq) – mutlaqo bepul va birlamchi kodi ochiq dasturiy ta’minot. Foydalanuvchi bu kabi dasturlarni tekin ishlatish bilan birga o’z imkoniyatlari va ehtiyojiga moslab o’zgartirishi mumkin.
Kompyuterga dasturiy ta’minotni o’rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, uni o’chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta’minotni o’rnatishdan oldin dasturning sistemaga bo’lgan talablarini, ya’ni kompyuter qurilmalariga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfiguratsiyasi (ya’ni, kompyuter qismlarining imkoniyati) dasturning talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto’g’ri ishlaydi.
Ba’zi dasturlar installatsiya qilinishi shart emas. Ularni faqatgina nusxalab olish kifoya. Bunday dasturlar, odatda, biror bir yo’nalishdagi ishni bajarishga mo’ljallangan bo’ladi.
Shuni unutmangki, kompyuter “virusi” ham dasturdir. Lekin bu dastur boshqa dasturlarga birikib olib yoki mustaqil ravishda ishlaydi hamda foydalanuvchi ishiga yordam berish o‘rniga uning ishlariga zarar yetkazadi: ma’lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, kompyuter qismlari ishini o’zgartiradi, tezkor xotirani to’ldirib kompyuter ishlashini sekinlashtiradi va hokazo.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Foydalanuvchi kim?
Kompyuter ishlashi uchun nimalar kerak?
Dasturiy ta’minot qanday turlarga bo’linadi?
Sistema dasturlari haqida so‘zlab bering.
Uskunaviy dasturlar haqida so‘zlab bering.
Amaliy dasturlar haqida so‘zlab bering.
O’zingiz ishlatgan amaliy dasturlar haqida so’zlab bering.
Dasturiy ta’minot qanday guruhlarga bo’linadi?
Kompyuter virusi nima?
1-mashq. Chap ustunda berilgan dastur vazifasiga ko’ra o’ng ustunga o’zingiz bilgan dasturlarning nomini yozing.
Rasm chizish, saqlash, o’qish, qayta ishlash, chop etish
|
Paint
|
Foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot qilishda qulaylik berish
|
Windows, MS DOS
|
Matn yozish, saqlash, o’qish, qayta ishlash, chop etish
|
Word
|
Internetdagi sahifalarni xotiraga yuklash, ko’rish, saqlash
|
Internet Explorer
|
Arifmetik amallar bajarish
|
Kalkulyator
|
|