• Masqlar
  • V. Uyga vazifa.
  • 2) tarbiyaviy
  • (TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • III. Yangi mavzuni organish.
  • 1–misol.
  • 2–misol .
  • Javob
  • 5-masala.
  • IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar




    Download 132,41 Kb.
    bet2/5
    Sana25.12.2019
    Hajmi132,41 Kb.
    #4813
    1   2   3   4   5

    IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar


    1. Qattiq disklar haqida ma’lumot bering.

    2. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning qanday qurilmalarini bilasiz?

    3. Тashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz?

    4. Egiluvchan magnit disklar haqida ma’lumot bering.

    5. Optik disklarning turi va sig’imi haqida so‘zlab bering.

    6. USB-yig’uvchilar haqida so’zlab bering.

    7. Multimedia texnologiyasini qo’llash uchun qanday vositalar kerak?

    Masqlar

    1. Agar CD-diskning sig’imi 680 Mb bo’lsa, u holda unga Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch iborasidan nechta yozish mumkinligini aniqlang (yo’llanma: 1 ta belgi 1 bayt).

    2. Agar kompyuter 4 Gb sig’imli flash-xotiraga 480 Mb/s tezlikda yozsa, uni to’ldirish uchun qancha vaqt zarurligi hisoblang (yo’llanma: sig’im=tezlik · vaqt).

    V. Uyga vazifa.

    Mavzuni o`rganish(16-21-bet). 1-7-savollar


    SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H

    _______________________________

    Informatika-8. 4-dars



    Mavzu: Mantiqiy amallar

    Maqsad:

    1) ta’limiy: O`quvchilarga mantiqiy amallar: “yoki”-mantiqiy qo`shish, “va”-mantiqiy ko`paytirish, “emas”-mantiqiy inkor amallari haqida, sodda mulohazalar, “rost” yoki “yolg`on” mantiqiy qiymatlar haqida mal’lumot berish;

    2) tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

    3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda mantiqiy amallar bajarish kpo`nikmalarini rivojlantirish.

    Jihoz: 8-sunf darsligi, plakatlar, tarqatmali materiallar
    Kompetensiya:

    (TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

    (FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.

    Darsning borishi

    I. Tashkiliy qism

    1) Salomlashish;

    2) Davomatni aniqlash;

    II. Takrorlash.


    1. Egiluvchan disklarni ishlatish mobaynida unga boshqa axborotlarni yozib borish mumkinmi?

    2. Kompakt disklardagi axborotni o'qish va yozish jarayonini tushuntirib bering.

    3. Zamonaviy kompyuterlarning oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring.

    4. Kompyuterning tovush imkoniyatidan to'liqroq foyda lanish uchun nima qilish kerak?

    5. Kompyuterlar orasida telefon ko'magida aloqa o'rnatib, axborot almashish uchun qanday vositalar zarur bo`ladi?

    6. Kompyuterdagi axborotlarning buzilib qolish ehtimoli bo'lsa nima qilish kerak?

    7. Flash-xotira haqida so'zlab bering.

    III. Yangi mavzuni organish.

    Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.

    Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi.Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir.Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.

    Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.

    Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= “Bugun havo issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolg‘on” mantiqiy qiymatga ega bo‘lishimumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan, “yolg‘on” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.

    A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy kopaytirish amali deb ataladi.

    Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio– bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko‘paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” bog‘lovchisi bilan bog‘laydi hamda “A va B” , “A and B” , “A  B” , “A · B” kabi ko‘rinishda yoziladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:


    A

    B

    A B

    1

    1

    1

    1

    0

    0

    0

    1

    0

    0

    0

    0

    A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo‘lganda rost bo‘ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo‘shish amalideb ataladi.

    Bu amalni dizyunksiya (lot. disjunctio – ajrataman) deb ham atashadi Mantiqiy qo‘shish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni “YOKI” bog‘lovchisi bilan bog‘laydi hamda va “A yoki B”, “A or B” , “A B”, “A + B” kabi ko‘rinishlarda yoziladi.

    Mantiqiy qo‘shish amalining rostlik jadvali quyidagicha:




    A

    B

    A B

    1

    1

    1

    1

    0

    1

    0

    1

    1

    0

    0

    0

    A mulohaza rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.

    Bu amalni inversiya (lot. Inversio – to’ntaraman) deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali “A EMAS” , “not A” , “  A” , “” ko‘rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:


    A

    A

    1

    0

    0

    1

    Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy o‘zgaruvchilar, munosabat­lar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan.

    Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor ( ), mantiqiy ko‘paytirish ( ), mantiqiy qo‘shish ( ).

    Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o‘ngga qarab tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi.Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.



    Mantiqiy amallarga misollar keltiramiz.

    1–misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A EMAS)” mulohazaning qiymatini aniqlang.

    Yechish. A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) yolg‘on qiymatga ega bo‘ladi. U holda rost va yolg‘on qiymatlarning ko‘paytmasidan (“VA” amali) yolg‘on natijaga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, javob “yolg‘on” ekan.

    2–misol.A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A B  A mulohazaning qiymatini aniqlang.

    Yechish.I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli bo‘lganligi uchun A  B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga ko‘ra ikkita rost qiymatni mantiqiy qo‘shishdan rost qiymat hosil bo‘ladi. Javob: rost.

    II usul.1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1.Javob: rost.

    3–misol. (Е > D) A B mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang.

    Yechish.I usul. (–2,4>3,2) munosabat noto‘g‘ri bo‘lganligidan bu mulohaza “yolg‘on” bo‘ladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е> D) A mulohaza qiymati “yolg‘on” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun B mulohaza “yolg‘on” qiymatli bo‘ladi. U holda (Е > D) A B mantiqiy ifoda “yolg‘on” qiymat qabul qiladi. Javob: yolg‘on.

    II usul. (–2,4> 3,2) · 1 · 0 = 0 · 0 = 0. Javob: yolg‘on.

    4-masala. D B A mantiqiy ifodaga mos rostlik jadvalini tuzing.

    Yechish. Avval jadvalning birinchi uch ustuniga A, B, D mulohazaning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarini yozib olamiz (7-sinfdagi ovoz berish natijalari jadvalini eslang). So’ng bajarilish tartibiga asosan amallarni yozib boramiz:

    A

    B

    D

    B

    B A

    D B A

    1

    1

    1

    0

    0

    1

    1

    1

    0

    0

    0

    0

    1

    0

    1

    1

    1

    1

    1

    0

    0

    1

    1

    1

    0

    1

    1

    0

    0

    1

    0

    1

    0

    0

    0

    0

    0

    0

    1

    1

    0

    1

    0

    0

    0

    1

    0

    0

    Mantiqiy amallar mantiq ilmida ham algoritmik tafakkurni rivojlantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, quyidagi masalani qaraylik.

    5-masala. Bir kishi aytdi “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”. U kishi kimligini aniqlang.

    Yechish. Masala shartidagi mulohazalar uchun belgilashlar kiritamiz:

    D= “Men yolg’onchiman yoki qora sochliman”;

    A= “Men yolg’onchiman”; B= “Qora sochliman”

    U holda masala shartidagi murakkab mulohazani shunday yoza olamiz: D=A YOKI B. Bu amal uchun rostlik jadvali quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:



    A

    B

    D=A YOKI B

    rost

    rost

    rost

    rost

    yolg’on

    rost

    yolg’on

    rost

    rost

    yolg’on

    yolg’on

    yolg’on

    Endi masala yechimini topish uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:

    a) agar A mulohaza “rost” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi yolg’onchi bo’ladi va shuning uchun uning hamma gapi yolg’on. Demak, D mulohaza “yolg’on” bo’lishi kerak. Lekin jadvaldan ko’rinadiki, A mulohaza “rost” bo’lganda D mulohaza “yolg’on” bo’la olmaydi.

    b) agar A mulohaza “yolg’on” bo’lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi rostgo’y bo’ladi va, tabiiyki, uning hamma gapi rost. Demak, D mulohaza “rost” bo’lishi kerak. Jadvaldan ko’rinadiki, bunday hol faqat A mulohaza “yolg’on” va B mulohaza “rost” bo’lsagina o’rinli.

    Javob: masala shartidagi da’voni aytgan kishi rostgo’yvaqora sochli ekan.


    Download 132,41 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 132,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. MustahkamlashSavol va topshiriglar

    Download 132,41 Kb.