V. Uyga vazifa
Mavzuni organish.35-39-betlar.
SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H
_______________________________
Informatika-8. 9-dars
Mavzu: Interfeys
Maqsad:
ta’limiy: O`quvchilarga interfeys haqida tushuncha berish;
tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: O`quvchilarning dasturiy ta’minot haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Kompetensiya:
(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
1) Salomlashish;
2) Davomatni aniqlash;
II. Takrorlash.
Foydalanuvchi kim?
Kompyuter ishlashi uchun nimalar kerak?
Kompyuter qanday qismlarning birligidan iborat?
Dasturiy ta'minot qanday turlarga boiinadi?
Sistema dasturlari haqida so'zlab bering.
Uskunaviy dasturlar haqida so'zlab bering.
Amaliy dasturlar haqida so'zlab bering.
Dasturiy ta'minot qanday guruhlarga bo'linadi?
III. Yangi mavzuni organish.
Biz hozirgacha kompyuterlarning tuzilishi, texnik ta’minoti (ichki va tashqi qurilmalari) va kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqdik. Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti o’zaro uzviy aloqada bo’ladi hamda birgalikda foydalanuvchi uchun xizmat qiladi. Vaziyatga qarab foydalanuvchi kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotini boshqaradi, o’zining maqsadidan kelib chiqib bu qismlar bilan aloqada bo’ladi, boshqacha aytganda, o’zaro ta’sirlashadi. Bu o’zaro munosabatni informatikada interfeys atamasi bilan ifodalashadi:
Interfeys (ing. – interface) – bu o’zaro ta’sir, aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirish vositasidir.
Bu atama informatikada keng tushunchalar doirasida ifodalanadi: apparatli interfeys (elektron qismlar darajasida), dasturiy interfeys (dasturiy modullarni tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar majmuasi), dasturlarning qurilmalar bilan o‘zaro munosabati apparatli-dasturiy interfeys va nihoyat, dastur va kompyuterni inson bilan muloqoti va o’zaro ta’sir vositasi sifatidagi foydalanuvchi interfeysi. Hozirgacha foydalanuvchi interfeysi bilan qisman tanishgan edingiz, masalan, Paint yoki MS Word dasrurlarining muloqot oynasi, bu dasturlarning asosiy elementlaridan menyular, ishchi maydoni va uskunalar paneli.
Interfeys vositalarning o‘zaro umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya qilinishini talab etadi. Aks holda bu vositalar o‘zaro bog‘lana olmaydi. Masalan, elektr lampochkani elektr manbaiga ulash uchun quyidagi shartlar (moslik) bajarilishi kerak:
elektr lampochka patronga mos bo‘lishi kerak;
elektr lampochka elektr manbaidagi kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Keltirilgan misolda interfeys protokoli ikkitagina shartdan iborat bo‘lib, ikkalasi ham apparatli interfeysga mansub. Agar bu shartlar bajarilmasa, elektr lampochkani elektr manbaiga ulab bo‘lmaydi. Bu holni lampochkani manbaga ulash interfeysi o‘zgacha protokolga ega, deyish mumkin. Lekin, lampochkani elektr manbaiga ulash bilan kompyuter sistemasini taqqoslab bo‘lmaydi, albatta.
Ma’lumki, kompyuterli tizimda o‘nlab qurilmalar bir-biri bilan bog‘lanishi va minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak.
Kompyuterda apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi. Ular qurilmalarning bir-biri bilan bog‘lanishining (ulanishining) mosligi va bir xil kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradilar. Lekin dasturlar bilan qurilmalarning o‘zaro munosabati (apparatli-dasturiy interfeys) yoki dasturlarning o‘zaro aloqasi (dasturiy interfeys) hech kim tomonidan kuzatilmaydi. Chunki, birinchidan, dasturchilar har bir kompyuterda qanday qurilmalar o‘rnatilganini va qanday dasturlar borligini avvaldan bilishmaydi. Ikkinchidan, kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa bu qurilmalarni qanday dasturlar bilan ishlashiga to‘g‘ri kelishini avvaldan bilishmaydi. Shu sababli dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni maxsus dastur – operatsion sistema o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqoti jarayonida o’zi sezmagan holda kompyuterning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi. Ammo kompyuterda minglab dasturlar mavjud bo‘lib, ularning har biri bilan turlicha muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi dasturlar klaviatura yordamida ishlashga, boshqalari sichqoncha bilan ishlashga, yana birlari joystik yoki boshqa biror boshqarish qurilmalari bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum bir dasturlar ma’lumotlarni ekranga matn shaklida chiqarsa, boshqalari grafik tasvir shaklida, yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan tovush yoki nutq ko’rinishida ma’lumot berishi mumkin.
Dasturlar xilma-xil bo‘lgani kabi ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga ajratilishi mumkin. Agar dastur bilan muloqot qilish juda qulay bo‘lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug`dirmsa, bunday dastur qulay foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo‘lsa, bunday dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Shunday dasturlar ham bo‘ladiki, ular bilan ishlashda ma’lum talab va ko‘rsatmalardan tashqariga chiqib bo‘lmaydi. Bu holda dastur qattiq interfeysga ega deyiladi.
Dasturning ishlash muhitiga (holatiga) qarab, dastur nografik (grafik bo‘lmagan yoki matnli – A rasm) yoki grafik (B rasm) interfeysga ega deyish mumkin.
SANA___________________ Tasdiqlayman O’ISHBDO’. USMONOV.H
_______________________________
Informatika-8. 10-dars
Mavzu: Operatsion sistema tushunchasi
Maqsad:
ta’limiy: O`quvchilarga Operatsion sistema haqida tushuncha berish;
tarbiyaviy: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: O`quvchilarning dasturiy ta’minot haqidagi bilimlarini rivojlantirish
DTS: Operatsion sistema haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Kompetensiya:
(TK6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
(FK2) — O’quvchida axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
1) Salomlashish;
2) Davomatni aniqlash;
II. Takrorlash.
Interfeys va uning turlari haqida so‘zlab bering.
Interfeys protokoli deganda nimani tushunasiz?
Foydalanuvchi interfeysi nima? Misollar keltiring.
Foydalanuvchi interfeysi xususiyatiga ko‘ra qanday bo‘lishi mumkin?
Yumshoq va qattiq interfeyslarni misollar bilan yoriting.
Nografik interfeys deganda nimani tushunasiz?
Grafik interfeys deganda nimani tushunasiz?
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Ko’pincha operatsion sistemaga ikki xil ta’rif berishadi: “kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui” va “kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui”. Lekin, dasturiy ta’minotni asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadigan operatsion sistema tushunchasiga to’liq ta’rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, sistema so‘zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo‘llaniladi va turlicha talqin qilinadi; operatsiya so‘zi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimada “amal” degan ma’noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so‘z bilan aniq tavsiflab bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, operatsion sistema faqatgina kompyuter qurilmalari va dasturlarini boshqaruvchi dasturlar majmui emas, balki unga boshqa talablar ham qo’yilishi mumkin.
U holda foydalanuvchi operatsion sistemani qanday tushunishi kerak?
Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta’minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi.
Odatda, operatsion sistema tashqi xotira – diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi.
Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz.Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko’rmoqchi bo‘lsangiz, quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog‘idan suv olmoqchi bo‘lsangiz esa jo‘mrakni burashingiz yetarli. Odatda, elektr qanday hosil qilindi yoki nima uchun televizordan qo’shiq taralmoqda, toza suv qayerdan va qanday oqib kelmoqda kabi savollar bilan boshingizni qotirib o’tirmaysiz. Agar keng ko‘lamdagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlari majmui, qurilmalari va xizmatchilari bo’lmaganda edi, sizga bu resurslarni (misolimizda suv, elektr toki va televizion texnologiya) olish uchun ko‘pdan-ko‘p ishlarni bajarish lozim bo‘lar edi. Masalan, katta orolda yolg‘iz qolgan kishi suv olishi uchun o‘zi quduq qazishi; o‘tin yoki qurilish uchun lozim bo‘lgan yog‘och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo‘nishi; oziq-ovqat uchun o‘zi bug‘doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo‘ladi.
Dastlabki EHMlar ishlab chiqarilgan davrda oddiy arifmetik amalni bajarish uchun ham katta hajmdagi ishlar bajarilar edi (ifodada ishtirok etgan har bir ma’lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan hamda natija yoziladigan barcha adreslarni ko’rsatish, javobni qanday olishni aniqlashtirish va boshqalar talab etilar edi, chunki ular dasturda ko‘rsatilishi zarur edi-da). Bu kabi ishlarni osonroq hal etish uchun turli xil yordamchi dasturlar ishlab chiqildi, ishlab chiqilgan dasturlarni tartib bilan bajarishni ko’rsatish uchun yana qo’shimcha dasturlar ishlab chiqildi. Keyinchalik turli foydalanuvchiga kerakli turli dasturlarni tanlash va boshqarish uchun yana yordamchi dasturlar ishlab chiqildi. Shu kabi yillar davomida ishlab dasturchilar yagona nom bilan birlashtrilgan, ya’ni operatsion sistema deb atalgan, dasturlar majmuini ishlab chiqishdi.
Shunday savolga javob beraylik: mazkur yordamchi dasturlar majmui bo‘lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo‘lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang‘ich ma’lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko‘rsatish kabi ma’lumotlarni yozib yurishi talab qilinadi. Agar siz EHM ning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni ishlatmoqchi bo‘lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak bo’ladi. Shuningdek, qurilmalar ishlashi bilan bog‘liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo‘lar edi. Demak, yordamchi dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
Ta’kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‘ladi, shunday bo‘lsa-da, ularning vazifasi bir: foydalanuvchi qulay interfeysga ega bo’lishi uchun ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta’minlashdan iborat.
Operatsion sistema foydalanuvchi bilan muloqot o’rnatadi, boshqa dasturlarni bajarishga yo’llaydi, kompyuterning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi joylarni va hokazo) taqsimlaydi. U foydalanuvchiga dasturlarni ishga tushurish, turli ma’lumotlarni ularga yo’llash va ulardan olish, dastur ishini boshqarish, kompyuter va ularga birlashtirilgan qurilma parametrlarini o’zgartirish, resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatini beradi. Sodda qilib aytganda, shaxsiy kompyuterda ishlash – operatsion sistema bilan muloqot demakdir.
Shaxsiy kompyuter, demak-ki, ularning operatsion sistemalaridan butun dunyoda millionlab kishilar foydalanadilar. Hozirgi axborot texnologiyalari davrida kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanishish telefonda qo’ng’iroq qilish va televizorni elektr manbaga ulash ko’nikmasi, ma’lumotnoma va lug’atlardan, pochtadan va bankdan foydalanish ko’nikmalari kabi zarur bo’lmoqda.
Bittagina operatsion sistemaning tavsifi bir nechta kitoblarni to’ldiradi, uni to’liq o’rganish uchun esa yillar zarur bo’ladi. Baxtimizga, operatsion sistemalardan unumli foydalanish uchun juda ham kam narsani, ya’ni uning umumiy ishlash tamoyillari va asosiy amallarini bajarishni bilish kifoya. Chunki, hozirgi operatsion sistemalar juda ko’p amallarni bajarilishida biz bilishimiz shart bo’lmagan vazifalarni, masalan, o’qiydigan kallaklarni aniq bir sektorga qanday o’rnatishni, aniq bir yo’ldan axborotni o’qishni, diskdagi bo’sh joyni topishni va unga fayl yozishni qanday amalga oshirilishini bizdan berkitadi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi operatsion sistema CP/M (Control Programm for Microcompyuters) deb nomlanib, u 1973-yilda Digital Research kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Operatsion sistemalar juda ko’p bo’lib, ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: MS DOS, PRO DOS, OS/2, FreeBSD, MICROSOFT WINDOWS, UNIX, LINUX, MAC OS.
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladilar.Хususan, operatsion sistemani quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:
bir masalali va ko’p masalali;
bir foydalanuvchili va ko’p foydalanuvchili.
Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o’zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, bunday sistemalar odatda bitta dasturni asosiy tartibda va yana bitta qo’shimcha dasturni asosiy dastur tarkibida ishga tushirish imkoniyatini beradi. Masalan, asosiy tartibda matn protsessorini, qo’shimcha sifatida chop etish dasturini ishga tushurish mumkin.
Ko’p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o’zida bir necha dasturni ishga tushurish imkoniyatini beradi.Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar.Masalan, bir dastur odam bilan shaxmat o’ynashi, ikkinchisi - modem orqali boshqa kompyuterlar-dagi axborotlarni tekshirishi, uchinchisi musiqa eshittirishi mumkin.
Bir masalalik operatsion sistemalar sodda, ixcham va kichik resursli kompyuterlarda ishlatilgan, lekin ular ko’p masalalik operatsion sistemalarga ishlash qulayligi nuqtai-nazaridan yutqazdilar va, shuning uchun ham, ular tez amaliyotdan olib tashlandi.
Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishini ishlashiga imkon beradi.Bu holda, albatta, bir necha foydalanuvchi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin.Bu holda barcha axborot barcha foydalanuvchi uchun ochiq bo’ladi.
Ko’p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foydalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o’ziga tegishli bo’lgan shaxsiy axborotlaridan foydalanishi mumkin. Ba’zi ko’p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o’zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi.
Har qanday operatsion sistemadan quyidagi sifatlarni bo’lishi talab etiladi:
1. Ishonchlilik. Sistema o‘zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo‘lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu xatoni tuzatishga harakat qilishi, xech bo‘lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2. Himoyalash.Ixtiyoriy foydalanuvchi o‘z ishiga boshqa foydalanuvchilarning monelik qilishini хohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o‘zgalar xatolari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3. Samaradorlik.Odatda operatsion sistemaning o‘zi EHMning katta resursini egallaydi.Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o‘zi ancha ixcham bo‘lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko‘p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi.Shu bois, mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.
Hozirgi kundagi operatsion sistemalarni quyidagi xarakterli tomonlarini ajratish mumkin:
ma’lumotlarni xotirada saqlashni tashkil etish vositasi – fayl sistemasidan foydalanish;
imkoniyatlari turlicha chegaralangan ko’p foydalanuvchili imkoniyati mavjud;
vaqtni taqsimlash asosidagi ko’pmasalalilik.
Har qanday operatsion sistema, asosan, quyidagi 3 ta vazifani bajaradi:
qurilmalarni (printer, klaviatura, diskyurituvchi va boshqalar) boshqarish;
dasturlarni boshqarish (yuklash, bajarish va boshqalar);
buyruqlar va ko‘rsatmalarni bajarish.
Qiziqarli ma’lumotlar.Birinchi ishlab chiqarilgan operatsion sistemalar har bir kompyuter platformasi uchun alohida yozilar edi. Bir kompyuter uchun yozilgan operatsion sistema kodlarini boshqa kompyuter platformasiga o’tkazish juda ko`p vaqt va mehnat talab qiladigan ish hisoblanardi.
Mana shu kamchilikni bartaraf etish yo’lida 1965 yildan boshlab Bell Telephone Laboratories, General Electric Company va Massachusets texnologiya instituti yuzlab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsata oladigan Multiсs (Multi-user Timesharing Interactive Computing System – ko’p fofdalanuvchili muloqotli hisoblash sistemasi vaqtini tarmoqlash) operatsion sistemasini ishlab chiqishga kirishildi. Lekin 1969 yilda Bell Telephone Laboratories loyihadan chiqib ketgach bu ish amalga oshmadi. Lekin Bell laboratoriyasi xodimlari Denis Ritchi va Ken Tompsonlar ishlashni davom ettirishdi va 1971 yilda kodlari to’liq assemblerda yozilgan, Multiks ga ohangdosh, UNIX (o’qilishi: Yuniks) nomli operatsion sistemasini ishlab chiqishdi.
Dasturlashni osonlashtirish uchun Ken Tompson B tilini ishlab chiqdi, Denis Ritchi esa bu tilni o’zgartirib C tilini ishlab chiqdi. 1974 yilda e’lon qilingan UNIX operatsion sistemasi dunyo dasturchilari tan olgan juda kuchli operatsion sistemalardan biri hisoblanadi. Ko’p foydalanuvchili UNIX operatsion sistemasining o’zagi yuqori darajali C dasturlash tilida yozilgani va faqat 10 foizga yaqini (bir necha sahifasi, deyarli 1000 ta satri) assemblerda yozilgan edi. Shu sababli bir necha oyda uni boshqa kompyuter platformalariga o’tkazish mumkin edi, qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish esa juda osonlashdi. Ta’kidlash mumkinki, UNIX birinchi ko’chirib o’tkazish mumkin bo’lgan operatsion sistema edi.Uning ishlab chiqarilgan barcha naqllariga o’zgartirishlar kiritish oson edi.
UNIX operatsion sistemasining tez tarqalishi va foydalanuvchilar tan olishiga quyidagilar sabab bo’ldi:
operatsion sistema kodlari yuqori darajali C dasturlash tilida yozilganligi dasturni tushunishni osonlashtirar edi;
ko’p foydalanuvchili va ko’p masalali operatsion sistemadir. Bu operatsion sistema o’rnatilgan bitta kuchli server ko’p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko’rsata oladi. Bunda faqat bitta sistema administrator kabi ishlatiladi. Sistema ko’p sonli vazifalarni bajara oladi, masalan, hisoblash serveri, tarmoq serveri, ma’lumotlar ombori serveri va boshqalar;
yagona standartlarning mavjudligi, ya’ni turli naqllarida ham arxitekturasi va interfeysi yagonaligi;
sodda va kuchli modulli foydalanuvchi interfeysining mavjudligi. Maxsus vazifalarni hal eta oladigan utilitlar asosida murakkab tuzilmalar tashkil etish mumkin.
yagona va oson xizmat ko’rsatiladigan fayl sistemasining qo’llanganligi. UNIX fayl sistemasi orqali faqat diskdagi ma’lumotlarni olish emas, balki ishchi stansiyalarga, printerlarga, tarmoqqa kirish imkoni bor.
juda ko’p, shu jumladan erkin ilovalarning mavjudligi. Bunga misol qilib oddiy matn muharrirlaridan tortib juda murakkab ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalarini olish mumkin.
IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar
Operatsion sistema deganda nimani tushunasiz?
Operatsion sistema ishini izohlab bering.
Operatsion sistemalarning sinflarini yoritib bering.
Operatsion sistemaning qanday sifatlari bor?
Operatsion sistemaning ishonchlilik va himoyalash sifatlari deganda nimani tushunasiz?
Operatsion sistemaning samaradorlik va qulaylik sifatlari nima?
Operatsion sistemaning asosiy vazifalarini misollar yordamida so’zlab bering.
V. Uyga vazifa
Mavzuni qayta o`rganish.43-49-betlar. 1-7-savollar
Dastur matnli interfeysga ega deyilishi dastur bilan ishlashda faqat klaviaturadan foydalani-lishi yoki ma’lumotlar ekranda faqat matn ko‘rinishida aks ettirilishi bilan bog’liq. Agar dastur ishlashi jarayonida ekranda grafik tasvirlar aks ettirilsa va uni sichqoncha yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, u holda bunday dasturlarni grafik interfeysga ega deyiladi.
IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar
Interfeys va uning turlari haqida so‘zlab bering.
Interfeys protokoli deganda nimani tushunasiz?
Foydalanuvchi interfeysi nima? Misollar keltiring.
Foydalanuvchi interfeysi xususiyatiga ko‘ra qanday bo‘lishi mumkin?
Yumshoq va qattiq interfeyslarni misollar bilan yoriting.
Nografik interfeys deganda nimani tushunasiz?
Grafik interfeys deganda nimani tushunasiz?
Mashqlar
Quyidagi mashqlarni bajaring.
1. Chap ustunda berilgan xususiyatlarga mos o’zingiz bilgan dastur nomlarini va boshqa ma’lumotlarni bo’sh ustunlarga yozing.
Interfeysi
|
Dastur nomi
|
Boshqarish qurilmasi
|
Axborot ko’rinishi
|
Yumshoq
|
|
|
|
Qattiq
|
|
|
|
Nografik
|
|
|
|
Grafik
|
|
|
|
2. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarining apparatli interfeysiga oid ma’lumot yig’ing (masalan, sichqoncha – ulanish joyi: sistema blokidagi bir nechta teshikchali yumaloq joy; joy rangi; USB porti; va hokazo).
3. Dasturlarning qurilmalar bilan bog’lanishiga oid ma’lumot to’plang (masalan, Word dasturining printerga buyruqlari; va hokazo).
V. Uyga vazifa
Mavzuni o`rganish.1-9-savollar
|