Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Optimetr
- o‘zgartiruvchi elementi pishang-optika mexanizmiga ega, chiziqli 
o‘lchamlarni o‘lchov bilan qiyoslovchi asbob. Bu asbobda bevosita o‘lchovchi 
kallak sifatida optimetr naychasi xizmat qiladi. 
Ultraoptimetr
- bo‘linmalarining qiymati 0,0002 mm, ko‘rsatish ko‘lami esa 
± 0,025 mm ga teng bo‘lgan optimetrlardir, lekin ular kam tarqalgan. Optimetr 


233 
naychalaridan farqli ravishda ultraoptimetrda shkala tasviri chayqaluvchi 
ko‘zgudan ikki marta qaytadi, natijada optik pishangning uzunligi ortadi. 
Optik uzunlik o‘lchagichi
- chiziqli o‘lchamlarni asbob ichiga o‘rnatilgan 
shkala bilan qiyoslash usuli bilan ishlaydigan o‘lchash asbobidir. 
Interferometr
- nurning interferensiyasiga asoslangan asbobdir. Barcha 
interferometrlarning ishlash usuli bir xil va faqat korent nur taramlarini, ya’ni 
fazalarining doimiy ayirmasiga ega bo‘lgan qo‘shiladigan taramlarni hosil qilish 
usullari bilan farqlanadi. 
O‘lchash mikroskoplari
- chiziqli va burchak oichamlari, rezbali kalibrlar 
tashqi rezbasining parametrlari, metchiklar, rezbali frezalar hamda murakkab 
shaklli detallar, shablonlar, shakldor keskichlar va shu kabilarni olchashga 
mo‘ljallangan maxsus optik asboblardir. 
Tarozi 
– jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha 
aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. 
Termometr 
- temperaturani kontaktli usulda о‘lchashga mо‘ljallangan 
о‘lchash vositalasi. 
Pirometr
- kontaktsiz о‘lchashga mо‘ljallangan o‘lchash vositalasi. 
Kengayish termometrlari
– ishlash prinsipi temperatura о‘zgarishi bilan 
suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining yoki chiziqli о‘lchamlarining о‘zgarishiga 
asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Manometrik termometrlar
– ishlash prinsipi moddalar hajmi о‘zgarmas 
bо‘lganda temperatura о‘zgarishi bilan bosimning о‘zgarishiga asoslangan 
temperatura o‘lchash asbobi. 
Termoelektr termometrlar 
– ishlash prinsipi temperatura ta’sirida о‘zgargan 
termoelektr yurituvchi kuchning о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash 
asbobi. 
Qarshilik termometrlari
– ishlash prinsipi о‘tkazgich va yarim 
о‘tkazgichlarning temperatura о‘zgarishi hisobiga elektrik qarshiliklarni 
о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Optik pirometr
– issiq jismning ravshanligini о‘lchash asbobi.


234 
Rangli pirometr
– jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning 
taqsimlanishini о‘lchashga asoslangan asbob.
Radiatsion pirometrlar
– issiq jism nurlanishining quvvatini о‘zgarishiga 
asoslangan asbob. 
Gazli termometrlar
- ishlash prinsipi temperatura ta’sirida gaz hajmining va 
uning bosim kuchining ortishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Kondensatsion manometrik termometrlar
- 25 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladigan, quyi о‘lchash chegarasi -
25 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan 
tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda 
о‘zgarib turadigan temperatura o‘lchash asboblari. 
Suyuqlikli manometrik termometrlar
– -50 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladigan, quyi о‘lchash chegarasi -50 dan 
100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlab 
olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarib 
turadigan temperatura o‘lchash asbobi. 

Download 8,92 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish