230
Termopara
- keng tarqalgan termoelektrik o‘zgartkichlardan biri bo‘lib, u
ikki turli moddadan iborat o‘tkazgichlar uchlarini birlashtirib payvandlash orqali
hosil qilinadi. O‘tkazgichlarning ikkinchi uchlari ikkilamchi asbobga ulanadi.
Datchik (ma’lumot beruvchi)-
nazorat qilinadigan
yoki boshqariladigan
kattalikni boshqa turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun
qulay signalga aylantirib beruvchi element.
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar
-
bu datchiklar tizimdagi
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni,
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi.
Reostatli datchik
– harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan
noelektrik
kattalik
х
ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik.
Potensiometrik datchiklar
– reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi.
Tenzometrik datchiklar
– qattiq jismlarning
elastik deformatsiyalarini
о‘lchash uchun ishlatiladigan datchiklar.
Sig‘imli datchiklar
- sig‘imli datchiklar sig‘imi о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik ta’sirida о‘zgaradigan kondensatordan iborat.
Termoelektrik datchiklar
- kirishdagi issiqlik ta’sirini
chiqishda EYUK
signaliga aylantirib beradigan datchiklar bo‘lib, bu datchiklardan amaliyotda eng
kо‘p ishlatiladigani – termoparalardir.
Pezoelektrik datchiklar
- pezoeffektga ega bо‘lgan materiallardan (masalan,
kvars, fosfat ammoniydan) tayyorlangan plastinalar yig‘indisidan tashkil topadi.
Dielektrikning
yuza
qismini
mexanik
deformatsiyalanishidan
(masalan,
plastinalarga F kuch qо‘yilganda) ularning sirtida elektr zaryadlari paydo bо‘ladi
(23-rasm). Bunda zaryadlar yig‘indisi kuch miqdorini, uning belgisi esa kuch
yо‘nalishini bildiradi.
Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar
– bu o‘zgartkichlarning
ishi magnit
oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar
birlamchi
asbob
sezgir
elementining
chiziqli
siljishini
o‘zgarmas
unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
231
Pnevmtik o‘gartkichlar
-
o‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish
signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan
o‘zgartkichlar bo‘lib, ularning ichida kuch kompensatsiyali va siljish
kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng
ishlatiladi.