Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Dinamik о‘lchash 
- о‘lchamlari о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash, ya’ni 
о‘lchanayotgan kattalik vaqt davomida о‘zgarib turadi. 
Bevosita o‘lchash
– o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba
ma’lumotlaridan bevosita topishga asoslangan o‘lchash. 
Bilvosita o‘lchash
- bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan 
kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topishga 
qaratilgan o‘lchash. 
Majmuiy o‘lchash
- bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda 
bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan 
qiymatlarni topishga qaratilgan o‘lchash. 
Birgalikda o‘lchash
- turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi 
munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchash. 
Mutlaq o‘lchash 
- bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita 
o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida 
o‘tkaziladigan o‘lchash. 
Nisbiy o‘lchash
- kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning 
nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning 
o‘zgarishini o‘lchash. 
Kontaktli о‘lchash usuli

asbobning sezgir elementi о‘lchash obyektiga 
(jismga) tegizib о‘lchash usuli. 
Kontaktsiz о‘lchash 
- о‘lchash asbobining sezgir elementi obyektga 
tegizmasdan о‘lchash. 
Kattalik
 
– sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin 
bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir. 
Asosiy kattalik
– tizimga kiradigan va tizimning boshqa kattaliklaridan 
mustaqil deb shartli ravishda qabul qilingan kattalik. 
Hosilaviy kattalik
– tizimga kiradigan va bu tizimning asosiy kattaliklari 
orqali aniqlanadigan kattalik. 
Additiv kattalik
– turli qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish, 
bir-biriga bo‘lish mumkin bo‘lgan kattalikdir. Misol uchun, uzunlik, massa, vaqt, 
kuch, bosim ba boshqalar additiv kattaliklarga kiradi. 


227 
Noadditiv kattalik
– qiymatlarni jamlash, sonli koeffisiyentga ko‘paytirish 
yoki bir-biriga bo‘lish ma’nosiz bo‘lgan kattalikdir. 
Kattalik o‘lchami 
– 
muayyan miqdoriy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga 
tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati
– kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum 
bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash. 
Kattalik birligi
- shartli ravishda 1 ga teng qiymat berilgan va o‘zi bilan bir 
turli kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qo‘llaniladigan, belgilangan 
o‘lchamli kattalik. 
Parametr
– berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan 
kattalik. 
O‘lchash vositasi
– metrologik tavsiflari meyorlangan (MTM), o‘lchami 
(belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul 
qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, 
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita. 
Kattalik o‘lchovi 
– o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va 
zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning 
kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. 
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni)
– kattalikning o‘lchamini 
qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki 
kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va 
belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash 
vositalarining majmui. 

Download 8,92 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish